O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
A) Yosh avlodni hayot va kasbga puxta tayyorlash. Sokrat. Platon. Aristotel
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
A) Yosh avlodni hayot va kasbga puxta tayyorlash. Sokrat. Platon. Aristotel.
Demokritning xizmatlari. Chet el pedagogika ilmining eng ko‘zga ko‘ringan namoyondalari insonparvar, gumanistik ta'lim-tarbiyani ma'qullab yosh avlodni hayot va kasbga puxta tayyorlash va shu uchun bolani odobli, axloqli, vijdonli, mehnatsevar qilib o‘stirish, unga har tomonlama bilim berish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish, uning faolligi, mustaqil fikrlashi va ijodkorligiga katta e'tibor qaratish kerak deb aytib o‘tgan. Buyuk qadimgi yunon faylasufi Sokratning (e.a. 469-399) fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad narsa va xodisalarni, tabiatni o‘rganish bo‘lmay, balki kishining o‘z- o‘zini bilib olishi, axloqan kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim. Fikr qo‘zg‘uvchi savollar bilan suhbat o‘tkazish, o‘zlari fikr yuritib to‘g‘ri yechimini topishga undaydi kishini. Didaktikada buni birinchi ishlatgani uchun “Sokrat metodi” deb e'tirof etilgan. Atoqli qadimgi yunon faylasufi Platonning (e.a. 427-347) fikricha bolalar 3 dan 6 yoshgacha turli jismoniy va aqliy o‘yinlar bilan shug‘unaladilar, shuningdek bolalalarga hikoya qilib beriladigan bilimlarni to‘g‘ri tanlash kerakligini uqtirib o‘tadi. U bolalarga ta'lim-tarbiya berish faqat jamoada bo‘lishini va uni ijtimoiy tarbiyaga chaqiradi. Buyuk qadimgi yunon faylasufi Aristotelning (e.a. 384-322) fikricha tabiat odamzot jonining uch hilini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab qo‘ygan, biz ham 20 tarbiyada tabiat belgilab bergan yo‘ldan borib, bolaning tarbiyasiga uch tomondan qarashimiz darkor. Bular - jismoniy, aqliy va ahloqiy tarbiyadir. Uning aytishicha har bir davlat xukumatning faqat bitta maqsadi bo‘lishi darkor, bu esa hamma fuqarolar uchun ta'lim-tarbiya berishni ta'minlashdir. Oila va ijtimoiy tarbiyaning o‘zaro bog‘likligiga uqtirishga haarkat qiladi. Tarihda birinchi bo‘lib, mutafakkir yosh avlod davrlarini aniqlashga urinib ko‘rdi va uch davrga bo‘ldi: 7 yoshgacha - go‘daklik va bolalik; 7 yoshdan - 14 yoshgacha - o‘smirlik; 14 yoshdan - 21 yoshgacha - balog‘at davri. Birinchi davrda bola kuzatish, takrorlash va o‘yin orqali ta'lim-tarbiya oladi, ikkinchi davrda o‘smir astoydil o‘qiydi, ko‘p fanlarni o‘zlashtiradi, mustaqil fikrlay boshlaydi, xayotning yaxshi va yomon tomonlarini bilib oladi, jismoniy, aqliy va ahloqiy tarbiya oladi. Uchinchi davrda balog‘atga yetgan kishi mayllarini aniqlaydi, qobiliyatlariga yaqin bor ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradi, o‘ziga hunar tanlab oladi, kasbga ega bo‘lish uchun harakat qiladi. Atoqli qadimgi yunon faylasufi Demokrit (e.a. 460-370) tabiat bilan tarbiya bir- biriga o‘xshaydi deb ta'lim-tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini ilgari surdi. U ta'lim-tarbiya ishida mehnatning o‘rni katta ekanligini ta'qidlab, ta'lim mehnat asosidagina go‘zal narsalarni hosil qiladi deb e'tiborimizni qaratadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling