O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
B) Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiyning
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirzo Ulug‘bek
- Alisher Navoiy
B) Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiyning
ma'rifatparvarlik g‘oyalari. Bahovuddin Naqshband (1318-1390) - buyuk mutafakkir, faylasuf, islom dini nazariyotchisi, o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog o‘z ta'limotida inson olamni bilishi va ahloqiy mukamallikka erishishi, gunohlardan holi bo‘lishiga intilishi kerak deb ta'qidlab o‘tgan. Olim fikricha yaxshi va yomonga, katta-yu kichikka yaxshilik qilish, barcha xaloiqqa nisbatan o‘zini kamtar tutish, barchaga xizmat xuzurida bo‘lish Ollohimizning so‘zini bajo keltirishdir. Hatto farzand, xodim yoki o‘quvchingiz gapingizni qaytarsa, odobsizlik qilsa, ularga yumshoq va chuchuk til bilan nasihat qilish odobga mansub. Faylasufning quyidagi hikmatli so‘zlari butun jahon hamma qomuslarda keltirilgan: “Qalbim - xudoda, qo‘llarim - ishda”. O‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk davlat arbobi, sarkarda, faylasuf va pedagog Amir Temur (1336-1405) ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. Sarkarda hind, xitoy, turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha chuqur o‘zlashtirgani taqidlanadi. Shuningdek, o‘zining “Temur tuzuklari”da jamiyatga, 17 ijtimoy-siyosiy hayotga qarashi, inson axloqiy qoidalari, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi haqida gap boradi. Davlat va har bir inson ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida olib borilganligini bir necha bor taqidlanadi. Amir Temur ilm-fan, ma'naviyat-madaniyat ahliga e'tibor, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, ibn Arabshoh yozganidek: “Temur olimlarga mehribon, sayiddu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu-ikromini unga izhor qilardi”. O‘z saroylarida ko‘plab ilm- ma'rifat allomalarini to‘plab va davlat uchun ishlatib, Sohibqiron ilm-fan riyoziyot, handasa, me'morchilik, turli kasb-hunarlar, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e'tibor berdi. Uning fikricha, yosh avlod yorqin hislatlarga ega, xotirasi o‘tkir, shijoatli va qat'iyatli, birso‘zli, zo‘r qudrat egasi, salobat ison sifatida o‘sishi uchun har ikki tomonda barcha ashroitlarni yaratish darkor. Buyuk qomusiy aqli, ulug‘ o‘zbek olimi, mutafakkir, jahon ilm-fan va madaniyatning namoyondasi, hozirgi zamonaviy astronomiya fanining asoschilardan (Kopernik va Galiley bilan) biri, o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) o‘zining pedagogikaga bag‘ishlangan fikr va g‘oyalarida mehnat va ahloq ta'lim-tarbiyasida alohida e'tibor berib, jamiyat ichidagi o‘zaro munosabat, do‘stlik, yoru-birodarlik tarbiyada alohida kasb etishi kerakligini ta'qidlaydi. Kasbi va xulq-atvori yaxshi hamma hurmat qiladigan, xushfe'l kishi bilan do‘stlashish lozim. Har bir kishi do‘stona xamkorlik bilan katta hayotiy muammolarni hal etishi mumkin, agar yolg‘iz bo‘lsa hech narsa qila olmaydi. Ta'lim jarayonida o‘quvchilarni uch pog‘onaga bo‘lib qo‘yib, past pog‘onaliklarni faqat savodxonlik, jismoniy tarbiya, arifmetika, o‘y ishlari, xusnixat va albatta bitta hunarga, o‘rta pog‘onaliklarni shularga va qo‘shimcha savdo-sotiq ishlar, tabiatshunoslik, tarih, geografiya va musiqa she'riyat bilan, yuqori pog‘onaliklarni shu oldin aytilgan fanlarni o‘qitib oliy matematika, fizika, ximiya, astronomiya biriga keng va chuqur o‘rgatib shu fanga olim bo‘lish yo‘lida tadqiqot usullarni ko‘rsatib berish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishi darkor. Hozirgi davrda uning xizmatlari jahon afkor ommasi tomonidan e'tirof etilgan. U o‘z asarlari, ixtirolari bilan nafaqat o‘zbek Vatanimizni, balki butun ahli inson ilmiy yutug‘i, o‘z davri madaniyatining yuksak natijalarini butun dunyoda barcha asrlarga mashhur etdi. Buyuk qomusiy olim, ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi, jahon adabiyot va madaniyatning namoyondasi, hozirgi zamonaviy o‘zbek adabiy tilining asoschisi, o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog Alisher Navoiy (1441-1501) fikricha ta'lim-tarbiyaning maqsadi - yosh avlodni birinchidan bilimli va aqli, kuchli, ikkinchidan eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Lekin buning uchun bolani voyaga yetishigacha ko‘p fanlarga o‘rgatib uning aqliy salohiyati va boshqa qobiliyatlarni ochib rivojlantirish kerak. Kamol topishida ta'lim-tarbiya kuch-qudratiga, bola yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ulug‘ shoir 18 ishonadi. Biror salbiy ta'sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga tushib ketishining oldini olish uchun bolani kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq darkor. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling