O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Tayanch so‘zlar: allomalar, insoniyat kamoloti, ta'lim-tarbiya mazmun-mohiyati, 
axloqiy va salbiy sifatlar.  
 
 
A) Ma'naviy kamolot yo‘lida. al-Xorazmiy, al-Buhoriy, Farobiy, Beruniy, ibn 
Sino. 
Xalqi uchun, uning ma'naviy kamoloti yo‘lida riyozat chekkan Muso Muxammad 
al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Abu Rayxon Beruniy, Abu 
Ali  Ibn  Sino,  Umar  Xayyom,  Najmiddin  Kubro,  Bahovuddin  Naqshband, 
Abduraxmon  Jomiy,  Lutfiy,  Amir  Temur,  Alisher  Navoiy,  Mirzo  Ulug‘bek,  Bobur, 
Lutfiy, So‘fi Ollayor, Binoiy, Koshifiy, Ogahiy, Avaz O‘tar, Uvaysiy, Nodira, Furqat, 
Ahmad  Donish,  Xamza,  Munavvarqori  Abdurashidxon,  Behbudiy,  Abdulla  Qodiriy, 
Abdulla  Avloniy,  CHo‘lpon,  Abdurauf  Fitrat,  Fayzulla  Xo‘jayev,  Akmal  Ikromov, 
Xamid  Olimjon,  Zulfiya,  Oybek,  G‘ofur  G‘ulom,  Sharof  Rashidov,  Ibrohim 
Mo‘minov,  Abdulla  Oripov,  Erkin  Vohidov  kabi  allomalarimiz  insoniyat 
kamolotining  yo‘lchi  yulduzlari  bo‘lganliklari  uchun,  biz  bilan  yonma-yon 
yashayotgandek  ishimizga,  o‘ylarimizga,  orzularimizga  hamkor,  hamnafas,  ruhi-
poklari  xotiramizda  abadiydir.  Ular  o‘z  asarlarida  dono  fikrlari,  go‘zal  va  betakror 
satrlari bilan ma'naviyat, ma'rifat va madaniyat, yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga alohida 
e'tibor  beradilar.  Ularning  ta'lim-tarbiya  mazmun-mohiyati  va  usullari  haqidagi 
qarashlari  bilan  pedagogika  nazariya  va  amaliyotida  o‘ziga  xos  buyuk  hayot 
maktabini  yaratdi.  Ular  komil  insonni  shakllantirishga  oid  bu  fikrlari  faqat  o‘z 


14 
 
zamonasi  uchun  emas,  hozirgi  davr  ta'lim-tarbiya  ishlarini  takomillashtirishga  ham 
katta ahamiyatga ega.   
Buyuk  olim,  butun  jahon  oliy  matematikaning  asoschisi,  astronom,  geograf, 
o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti Muso Muhammad al-Xorazmiy  (783-850) 
(olimning  “al-Xorazmiy”  nomi  “algoritm”  shaklida  jahon  fanida  abadiy  o‘rnashib 
qoldi,  “Algebra”  so‘zining  o‘zi  esa  uning  “Al-kitob  al-jabr”  nomli  risolasidan  
olingan) nafaqat taniqli olim, balki murabbiy hamdir. Uning shogirdlari matematika, 
mexanika,  astronomiya,  geometriya  va  boshqa  ilmlarda  mashhur  olim  va  ilm 
homiylari bo‘lib yetishadi.  Olim - ustozning asosiy o‘qitish usullari - bu o‘quvchini 
evristik  vaziyatga  qo‘yish  (savolni  shunday  qo‘yish  kerakki  xulosa  va  natijaga 
tinglovchi  o‘zi  yetsin),  muammolik  metodi  (o‘rtaga  tashlagan  muammoni  o‘quvchi 
oldingi  bilimlarini  ishga  solingan  holda  yechishidan  iborat),  suhbat  metodi  (savol  - 
javob orqali mavzuni aytib berishi bilan hal qilinadi), tadqiqot metodi (o‘quvchining 
mustaqil  ravishda  ishlashi  bilan  nazariya  amaliyotda  ko‘riladi  va  tajriba  orqali 
yechiladi)  Hozirgi davrda donishmandning xizmatlari jahon afkor ommasi tomonidan 
e'tirof etilgan. U o‘z asarlari, ixtirolari bilan nafaqat o‘zbek Vatanimizni, balki butun 
aqli inson ilmiy yutug‘i, o‘z davri madaniyatining yuksak natijalarini butun dunyo va 
barcha asrlarga mashhur etdi.  
Musulmon xalqlari ma'naviyat va ma'rifati rivojiga benazir hissa qo‘shgan o‘zbek 
halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti Imom Ismoil al-Buhoriy (810-875) Payg‘ambarimiz 
(MRSAV)  hadislarni  topib  va  to‘plab    7275  hadisdan  iborat  “Al-Jomi  as-sahih” 
(“Ishonarli  to‘plam”)  nomli  asarni  yaratdi.  Bunda  har  bir  kishining  halol,  odobli, 
ozoda, xushmuomala bo‘lish, hulq-atvorini to‘g‘irlash, mehnatga loiq va mehnatsevar 
bo‘lishi  bilan  oilasini  hursand  va  ota-onasini  rozi  qilishga  chaqiradi  va  
Payg‘ambarimiz  (MRSAV)  hayotidan,  ish  va  so‘zlaridan,  xatti-harakatlaridan 
misollar keltiradi. Bu asar hozirgacha ham o‘qigan odamga katta ta'surot qoldirmoqda 
va  muallimlar  tomonidan  yoshlar  ta'lim-tarbiya  ishlariga  keng  foydalanilmoqda. 
mazkur  kitobdan  bir  rivoyatni  misol  tariqasida  keltiramiz:  “Sohibi  Amir  aytganlar: 
Uchta  xislatni  o‘ziga  mujassam  qilgan  kishining  iymoni  mukkamal  bo‘lg‘aydur: 
insofli va odobli bo‘lmoq; barchaga salom bermoq; kambag‘alligida ham sadaqa berib 
turmoq”.  Bir  kishi  so‘radi:  “Islomda  eng  yaxshi  xislatlar  qaysilar?  ”.  Dedilar:  “Ilm 
egallang. Ochlarga taom bering. Tanigan va tanimaganlarga salom bering”.      
O‘zbek  halqining  o‘g‘loni  va  ulug‘  zoti,  buyuk  faylasuf  va  pedagog  Abu  Nasr 
Farobiyning  (873-950)  ta'lim-tarbiya  haqidagi  qarashlarida  insonparvarlik  g‘oyalari 
alohida  o‘rin  tutadi.  Buyuk  donishmand  inson  tafakkuri  va  nutqining  rivojlanishini 
ta'lim-tarbiyaning  asosini  tashkil  etuvchi  muhim  jarayon  deb  xisoblaydi.  U  o‘z 
asarlarida  insonga  yoshligidan  ta'lim-tarbiya  berish  zarurligini  aytadi  va  har  bir 
odamning  asosan  ikki  tomoniga, ya'ni  aql  va  axloqiga  e'tibor beradi. Shuning  uchun 
ta'lim  va  tarbiya  insonni  aqliy  va  axloqiy  tomondan  yetuk,  mukammal  qilib 
yetishtirishga  qaratilishi  lozim.  Olim  ta'lim  va  tarbiya  berish  farqini  ko‘rsatadi. 


15 
 
Ta'limga  muallim  oldin bilim  nazariyasini  ko‘rsatib  keyin  uni  amaliyot  mashqlarida 
mustahkamlashib  o‘rgatadi.  Tarbiya  esa  yosh  bolaga  amaliy  faoliyatda  namoyon 
bo‘ladi,  ota-ona,  muallim  gapini  bajo  keltirish  bilan,  ish-xarakat  orqali  singdiriladi. 
Lekin  tarbiya  nafaqat  bolaning  ish-harakati  paytida  bilinadi,  balki  ta'lim  jarayonida, 
ya'ni ma'lum hunarni egallash uchun  tarbiyalangan hulq-atvor, intilish va iroda kuchi 
zarur bo‘ladi.  Faylasuf yoshlar ta'limotining asosida barkamol avlodni shakllantirish 
va o‘stirib berishni ta'kidlaydi. Buning uchun bola balog‘atga yetishi bilan aqlli, ruhiy 
va jismoniy sog‘lom, bir-ikkita hunarga ega, hulq-atvori fazilatli bo‘lishi shart. 
O‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog Abu Rayhon 
Beruniy  (973-1048)  ijodida  inson  va  uning  ta'lim-tarbiyasi,  kamoloti,  baxt-saodati  
asosiy  masala  bo‘lgan.  U  yosh  avlodning  rivojlanishi  va  o‘sishi  asosan  oila  ichida 
bo‘ladi  deb  qayd  qilgan.  Bolalarning  yosh  hususiyatlarini  hisobga  olish  zarurligini 
uqtiradi.  O‘qitish  payti  faqat  tushunib  o‘rganish  to‘g‘ri:  “Tushunish  yodlashdan 
afzaldir,  kuzatishning  ko‘pligi  ko‘rilgan  narsalar  eslab  qolish  qobiliyatini  yaratadi”.  
Olim  fikricha  eng  muhim  qoida  -  bilimni  puxta  va  mustahkam  egallash.  “Biliming 
shunday  bo‘lishi  kerakki,  u  har  qanday  sharoitda  ham  o‘zingda  qolsin”.  Ilm 
egallashda  bolaning  intilish  va  qiziqish  muhitini  takidlaydi.  Barcha  illatlar  sababi  - 
ilmsizlik,  -  deb  biladi  ustoz.  Yomonlik  illatini  yuqotishning  yo‘li  uning  ildizlarni 
topish va kesib tashlashdir. Yomonlikning asosi uch narsa  - ta'ma, azob va ilmsizlik. 
Bu  asoslarning  negizi  -  ishtaha  va  azobdir.  Ishtaha  insonga  kuchli  va  halokatli 
dushman  bo‘lib,  insonni  nayza  (granata)  ovqatlarini  tanovul  qilish  lazzati  va  o‘ch 
olish zavqi bilan aldaydi. Bu illatlar ranj va gunohga olib keladi va ularning ta'siriga 
berilgan insonlik qiyofasini yuqotadi. Olim jamiyatning ravnaqi ma'rifatning rivojiga 
bog‘lik  degan  g‘oyani ilgari  suradi.  Har bir kishida  komillikning  muhim  mezoni va 
asosiy  sifati  yuksak  axloqiylikdir.  Bu  xislat  oila,  maktab  va  jamoa  nufuzi  bilan 
ijtimoiy  muhit  orqali  tarkib  topadi.  Pedagog  bolaning  tarbiyasiga  islom  dini 
talablaridan  kelib  chiqqan  holda  ta'rif  beradi.  Inson  kamolotini  olg‘a  yoki  orqa 
tortadigan  uchta  ta'sir  -  bular  irsiyat,  muhit  va  tarbiyadir.  Faylasuf  nazarida  inson 
kamolga yetishining muhim omillari - bu ilm-ma'rifatli va yuksak axloqli bo‘lishdir. 
Buyuk  qomusiy  aqli,  olim,  mutafakkir,  jahon  ilm-fan  va  madaniyatning 
namoyondasi,  hozirgi  zamonaviy  tibbiyot  fani  va  amaliyotining  asoschisi,  o‘zbek 
halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog Abu Ali ibn Sino (980-
1037)  (olimning  “Abu  Ali  ibn  Sino  -  Avitsenna”  nomi  “meditsina”  shaklida  jahon 
fanida  abadiy  o‘rnashib  qoldi)  kamolotga  erishish  uchun  ilmu-ma'rifatni  egallashga 
chaqiradi. Bola tug‘ilganidan boshlab ma'lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim.  Bu 
tartib o‘z vaqtida yuvinish va cho‘milish, jismoniy va aqliy mashqlar qilish, mehnat 
qilish  va  dam  olish,  uy-ro‘zg‘or  ishlarida  faol  qatnashish,  ovqatlanishlarni  ma'lum 
qoidalar asosida amalga oshirishi bilan to‘g‘ri ta'sir qiladi.  Bolalarning o‘spirinlikka 
o‘tish davri tarbiyasi payti ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulqini mo‘tadillikda 
saqlashga u yoshlikdan boshlab yaxshi hulqda o‘sishi va keyinchalik ko‘p mashqlar 


16 
 
orqali bu unga malaka bo‘lib qolishi darkor. Kishi bilimga ega bo‘lishi kerak, lekin 
har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmaydi. Bilim haqiqiyligini bilish uchun kishi 
har  bir  ishiga  aqlini,  xotira  va  irodasini,  mantiqiy  tafakkurini,  shaxsiy  tajribasini  va 
odob-ahloqiy fikrlarini ishga solish kerak va har mahal o‘ziga savollar berishi kerak: 
Nima uchun bu ishga qo‘l urayapman? Menga shu kerakmi? Atrofdagilarimga - chi? 
Maqsadim  nima?  Shu  ishim  bilan  yaxshilik  olib  kelayapmanmi,  yomonlikmi?. 
Olimning  ta'limotida  suhbat  va  tushuntirish,  mashq  qildirish,  mantiqiy  fikrlash 
qobiliyatlarini  rivojlantirish,  mustaqil  ishlarni  tashkil  qilish,  olgan  bilimlarni 
amaliyotda  tadbiq  eta  olishiga  tarkib  toptirish  bilan  o‘quvchiga  keng  o‘quv 
imkoniyatlarni  berish    kabi  vazifalar  qo‘yilgan.  Insonning  kamolga  yetishiga  uning 
axloqiy tarbiyasi muhimligini ta'kidlaydi. Odamning ijobiy axloqiy sifatlarga saxiylik, 
kamtarlik,  aqllik,  qat'iyatchilik  va  b.q.,  salbiy  sifatlarga  esa  nodonlik,  takabburlik, 
nafrat va b.q. kiradi. Axloqiy tarbiya ko‘proq yaxshi axloqiy xislatlarni suhbat orqali, 
oilaviy  ta'sir,  mashq  qildirish,  odatlantirish  orqali  amalga  oshishi  haqida  fikr-
mulohazalar keltirgan. Inson rivoji va kamoliga birinchi javobgar oila, ota-ona, keyin 
-  muallim,  ustoz.  Ta'lim-tarbiya  jarayoniga  jismoniy  tarbiya  orqali  olib  borish  ayni 
muddao,  chunki  sog‘lom  tanda  sog‘lom  fikr  bo‘ladi.  Shuning  bilan  insonga,  uning 
kamolotiga eng kerakligi aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiyadir. Shularni ta'lim-tarbiya 
jarayonida  yaxshi  o‘zlashtirib  olib  bola  o‘z  xayotiga  ega  bo‘ladi,  o‘zini  va 
atrofdagilarni  baxtli  qilishga  undaydi.  Hozirgi  davrda  uning  xizmatlari  jahon  afkor 
ommasi tomonidan e'tirof etilgan. U o‘z asarlari, ixtirolari bilan nafaqat Vatanimizni, 
balki  butun  aqli  inson  ilmiy  yutug‘i,  o‘z  davri  madaniyatining  yuksak  natijalarini 
butun dunyo va barcha asrlarga mashhur etdi.  

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling