O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Islom dinining ta'lim-tarbiya usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- V) Halq pedagogikasining rivojlanish bosqichlari
Islom dinining ta'lim-tarbiya usullari
Amaliyotda o’rgatish Ota-ona, muallim, Ust namunalari Diniy e’tiqod Munosabatlarning uyg‘unligi va ustoz mahorati Rag’bat- lantirish Ogohlantirish va jazolash V) Halq pedagogikasining rivojlanish bosqichlari Amir Temur davrida O‘rta Osiyoda islom dini va shu bilan birga ta'lim-tarbiya rivojlanishi yuksak bo‘ldi. Ko‘p madrasa va masjidlar qurildi va ularda yosh avlod o‘qib bir necha fanlarni o‘zlashtirishga muvoffaq bo‘ldi. Bu davrlarda Sharq mamlakatlari Eron, Ozarbayjon, Turkiya, Afg‘oniston, Hindiston bilan bo‘lgan iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlantirildi. Uzoq va yaqin joylardan bilimli va uddabron bolalarni yangi hunarlarga o‘rgatish uchun mahoratli muallim va ustozlar taklif qilindi. XVIII asrda Markaziy Osiyoda Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklar hukum surdi. Ular davrida ichki hayot, iqtisod, savdo, xunarmandchilik, me'morchilik, madaniyat va musiqa va she'riyat san'ati ancha rivojlanib bordi. Bu barcha ishlarga yosh mutaxassislar kerakligini bilgan hukumron doiralar yoshlarni oldin madrasa va masjidlarda keyin har bir bolani xoxishi va intilishi bo‘yicha u tanlangan ustoz qo‘liga o‘qitish va hunarga o‘rgatish uchun yubordi. Ustoz oilasida esa shu kasb-hunar avloddan avlodga o‘tib turish an'anasi davom ettirildi. Xonliklarda Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Afg‘oniston bilan savdo-sotiq ishlari yo‘lga qo‘yildi. Buyuk Ipak yo‘li o‘n asrdan ortiq davr mobaynida Xitoydan Yevropaga va Yevropadan Xitoyga borayotgan karvonlar o‘tishini ta'minladi. Karvonlar nafaqat mol keltirar, balki yangi axborot, yangi sanoat va madaniyat bilan tanishtirardi. Aqliy salohiyati kuchli bo‘lgan xalqimiz tez orada porx, qog‘oz, ipak va boshqa matolar, dehqonchilik va harbiy qurol, shisha, chinni-farfor, paxta maxsulotlari, yangi taomlar ishlab chiqarish, yetishtirish va tayyorlashini o‘zlashtirib oldi va bu albatta yangi sanoatlarni tashkillash va yosh avlodning ta'lim-tarbiyasiga oid yangi xunarlar 11 o‘rgatishiga turtki bo‘ldi. Shu bilan birga xokim va boy fuqarolarning farzandlari chet elga tahsil olish, yangi kasb va xorijiy tillarni o‘rganish uchun yuborardi. Har bir shunaqa o‘qishga borib kelgan yosh yigit o‘zi bilan siyosat, iqtisodiyot, ma'rifat va madaniyatga oid yangi tasavvur, progressiv demokratik fikr va g‘oyalarni o‘zlashtirib o‘zbek xalqining turmush tarzini yengillashtirish va rivojlantirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘yar edi va zo‘ravonliksiz bajarishga harakat qilar edi. XVIII asrda Rossiya chor qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Markaziy Osiyoda tarixiy-siyosiy vaziyat yuzaga keldi, milliy zulm kuchaydi, Yevropa turmush tarzi o‘zbek halqi hayotiga kelib kira boshladi. Ilm-fan, sanoat, madaniyat va ta'lim-tarbiya G‘arbcha rivojlana boshlandi. O‘lkamizda mustamlakachilar zavod, fabrika, ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llar qurilishini, shu jumlada shaharlarda maktab va gimnaziyalarni tashkil qildi. Maktablarda Yevropacha o‘qitish o‘z rivojini topdi. Ya.A.Komenskiy va F.Gerbart metodikasi, ya'ni “sinf-dars” tizimi paydo bo‘la boshladi. Bu rus-tuzem maktab va gimnaziyalarda o‘qigan xalqimiz ko‘pchiligi ta'lim- tarbiya sohasidagi ilg‘or g‘oya, usullar va tajribalarni o‘zlashtirib, yangi o‘zbek intelligensiya vakillariga aylandi. Bular uzoq va yaqin hududlarga ilm-fan, ta'lim- tarbiya, madaniyat va san'at olib kirishga harakat qildi. Bu ilg‘or ma'rifatparvarlar o‘zlarini jadidlar deb nomlab o‘zbek halq pedagogikasiga ilm-fan sohasidagi yangi umuminsoniy o‘zgarishlarni kiritish, ta'lim-tarbiyani qayta isloh qilish, mamlakatimizda bironta savodsiz odam qoldirmaslik, erkak va ayolga teng huquq berish va milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab qolishni nazarda tutadigan buyuk vatanparvar kishilar edi. Jadidchilar harakatini Markaziy Osiyoda rivojlanishni Rossiya davlatining o‘lkamizda mavqyei oshishi bilan belgilandi. XX asr boshida Sovet xukumati vujudga kelishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sovet ittifoqi tarkibiga kiritildi. O‘lkamizda ilmu-fan, og‘ir va yengil, oziq-ovqat sanoati rivojlandi, yangi o‘rta, o‘rta mahsus va oliy o‘quv yurtlarda yoshlar tahsil olib, har bir inson o‘zi tanlagan kasbni egalay boshladi. O‘g‘il va qizlarni bir sinfda o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yili. Bu o‘z o‘rnida ta'lim va tarbiya samaradorligini yanada oshirdi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir o‘smir o‘rta maktabni tugatishiga majburiy edi. Xalqimiz turli sohalarda faoliyat ko‘rsatib zavod va fabrika boshliqlari, hukumat rahbarlari, ilmu-fan, madaniyat va san'at arboblari bo‘ldilar. Ammo osmonimiz hamma vaqt musafo emas edi. Qizil terror payti minglab yurtdoshlarimiz vaxshiylarcha o‘ldirildi. Sovet hukumati bilardiki millat uchta narsa bilan mavjuddir. Bu - yashayotgan hudud, uning oni tili va diniy va milliy urf-odatlar, qadriyatlar. Shuning uchun qadriyatlarimiz, dinimiz va ona tilimizni unutishimiz uchun ko‘p o‘rinayotgan va ko‘rinmayotgan harakatlar bo‘ldi. Natijada ancha-muncha vatandoshlarimiz ona tilimizni unutib, faqat rusiyzabon bo‘lib, din farzlarini bajarmay qo‘ydi, urf-odatlarimizni unutdi. 12 Respublikamiz mustaqillikka erishgach yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim tug‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida shakllangan uzluksiz ta'lim tizimining asosiy maqsadi komil inson, barkamol avlodni tarbiyalash kabi yangi yo‘nalishlarga ega bo‘ldi. XXI asrda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida munosib o‘rin olgan mustaqil O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma'naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi muammosi dolzarb masalaga aylandi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling