O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
B) Zardushtiylik ta'limoti. Islom dini ta'limoti
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
B) Zardushtiylik ta'limoti. Islom dini ta'limoti
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, ta'lim-tarbiya haqidagi g‘oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta'limoti, buyuk pedagogik fikrlar o‘zbek xalkimiz uchun muqaddas bo‘lgan “Avesto” kitobida ham o‘z ifodasini topgan va qimmatli fikrlar talqin etilgan. Islom dini kelmasdan oldingi davrlarda O‘rta Osiyo xududida zardushtiylik dinining xalqimizga nisbatan ta'siri kuchli edi. Zardushtiylik dini o‘sha davrdagi O‘rta Osiyo davlatlar ijtimoiy-siyosiy tuzumi, xalq madaniyati, jamiyat urf-odat va qadriyatlari, inson ma'naviyati va ta'lim-tarbiyasi masalalarini aks ettirdi, yosh avlod turmush tarzi va fe'l-atvorining muhim yo‘nalishlarini belgiladi. Zardushtiylik otashparvar dinining “Avesto” muqaddas kitobi qadimgi Xorazm vohasida paydo bo‘lgan. “Avesto”da “yaxshi” va “yomon” xodisa, vaziyat, xarakat va yurish-turishlar haqida gap boradi. Zardushtiylik xudo Axura-Mazda odamzotni poklik, yaxshilik, halol mehnat, osoyishtalikka chaqiradi va shularni qilish uchun har bir xoxlagan insonga vaziyat va imkon yaratadi va yordam beradi. Zardushtiylik ikkinchi xudosi Axra-Manyu esa aksincha yomonlikka chaqiradi va odalarning yaramas ishlari va xarakatlariga asos soladi. Ikki xudo va shular bilan yaxshilik va yomonlik, haqiqat va yolg‘on, hayot va mamot, poklik va nopoklik, halollik va ifloslik, rahm-shavqat va bag‘ritoshlik orasida abadul-abad kurash umribod o‘tadi. “Zardushtiylik diniga sig‘inganlarni “Avesto” yer va ekinlarni parvarish qilish va hosilni ko‘paytirish, suv va shudgor joylarni asrab-avaylash, uy-joy qurish, uyni, olovni, bola-chaqa, mexnat qurollari, uy hayvonlari, , idish-tovoq bilan to‘ldirish, atrofni gul, o‘simlik va meva daraxtlar bilan obodon qilishga chaqiradi. “Avesto” faqat odam emas, balki bir xovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik havo ham muqaddas deb xisoblaydi. “Avesto”da ona yerimizning daryolaru-bog‘lar, tog‘laru- buloqlar, ko‘lu-sahrolar, butun hayvonot va o‘simlik dunyosi xudomizdan odamizotga buzish va tor-mor qilish uchun emas, balki ularni saqlash, ezozlash va dunyoni yanada go‘zal bunyod qilishga chorlaydi” . Har bir inson jamoa ichida o‘zining tutgan ijobiy o‘rni va hayotida tutilgan yo‘li bo‘lishi darkor. O‘zining kayfiyati va salomatligi bo‘yicha esa ularni saqlash amaliy choralarni ko‘rish, ozodalik va jismoniy tarbiyaga rioya qilish, kiyim, uy va ish joyini tozalikda tutish, nopok joylarga bormaslik va nopok narsalarga tegmaslik, buzilgan ovqatlarni yemaslikka hamma vaqt xabardor bo‘lishi kerak. Zardushtiylik har narsa, vaziyat, xodisada odam o‘zining bunyodkorlik, insonparvarlik, rahm-shavqatlik va xushmuomalaligini ko‘rsatishiga chaqiradi. “Avesto”da dunyoning yaratilishi, 9 insonning kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurashi, erkinlik va ijodkorlik yo‘lidagi orzulari o‘z ifodasini topgan. “Avesto” avloddan-avlodga meros qoldirgan ma'naviy qadriyatlarimizning nodir namunasidir. Unda o‘tgan ajdodlarimizning hayot va mehnat, insonning ahloq-odobi, baxt va go‘zallik, hurmat va adolat to‘g‘risidagi falsafiy va pedagogik mushohadalari o‘z ifodasini topgan. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling