O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
A) O‘zbek milliy pedagogikasining paydo bo‘lishi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
A) O‘zbek milliy pedagogikasining paydo bo‘lishi
Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish mazmun-mohiyati davrlar o‘tishi bilan rivojlanishga qarab taraqqiy etib kelganligini nazarda tutmasdan turib, o‘qitish reja va dasturini tuzib bo‘lmaydi. Ta'lim-tarbiya bu birinchi navbatda hayotiy tajribani bir avloddan keyingi avlodga taqdim etishdir. O‘zbek xalqining bu sohadagi tajribasi juda boy. Hozirgi zamon pedagogika fani ta'lim-tarbiyaga oid ota-bobolarimizning fikr va g‘oyalarni o‘zlashtirishga, xalq pedagogikasi manbalarni, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni o‘rganishga hamalohida etibor bermoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, o‘zbek xalqining nihoyatda boy madaniy-ma'naviy merosi o‘sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasida buzilmas poydevor vazifasini o‘taydi. Ta'lim-tarbiyani o‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida u bilan shug‘ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Bu jarayonda ajdodlarimiz tarbiyaviy ta'sirining samarali usullari va manbalarini qidirib hayot davomida yosh avlodga qoldirmoqda. Buning natijasida tarbiya haqidagi g‘oyalar, nazariya va amaliy bilimlar paydo bo‘la boshlagan. Bu esa pedagogika fanining paydo bo‘lishiga olib kelgan. O‘sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi, uning qanday shakllanishi jamiyatimiz taraqqiyotining muhim omilidir. Buning ijtimoiy funksiyasi avloddan avlodga oilaviy, mexnat, ijtimoiy va siyosiy tajribani o‘tkazishi bilan yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu tajriba insonning madaniyati, san'at, ilmi, tili, ma'rifat va odob-axloq qoidalari bilan ifodalab beriladi. Har bir davlat tizimi, ijtimoiy munosabatlar, 7 insoniyat istiqboli, uning hayot va turmush darajasi san'at va madaniy taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Ta'lim-tarbiya inson jamiyati paydo bo‘lishi bilan boshlandi va rivojlanib bordi. Ko‘p asrlar ilgari O‘zbekiston xozirgi hududida ibtidoiy jamoa-urug‘chilik tuzumi davrdagi bolaning ta'lim-tarbiyasi asosan oilada (qiz-bolalar ayollarning, o‘g‘il- bolalar voyaga yetishlari bilan erkaklar davrasida), jamoa, mehnat va ov maskanlarida bo‘lib o‘tar edi. Yosh bola tug‘ulishi bilanoq ota-ona parvarishi orqali atrof-muhit, odamlar bilan munosabat va muloqot, mehnat bilan tanishadi. Turmush va mehnat faoliyati boshlanishi bilan halol mehnat bilan oziq-ovqat topishi, ishlab chiqarish tajribasi kabi ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. Shu jarayonda bolada aqliy, ruhiy va jismoniy kamolot, ma'naviyat va madaniyat, odob va axloqiy qarashlar shakllanadi va rivojlanadi. Mehnatda bola dehqonchilik, chorvachilik, uy, mehnat va ov uchun qurollarni ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirib oladi. Yoshlarga o‘rgatilgan mehnat ko‘nikma va malakalari ularni tabiat fojialaridan o‘zini va oila a'zolarini saqlash, yerdan yaxshi hosil olish, chorvachilikni ko‘paytirish, ovda kuchli, chaqqon va epchil bo‘lish, jamoasi bilan birgalikda qiyinchiliklarni yengish, ya'ni yaxshi yashash uchun bor kuchi va aqlini ishga solish kerak bo‘lsa,hayot davomida kurashishga tayyor bo‘lish, aql-idroqli, qobiliyatli, xushmuomala va odobli bo‘lib o‘sishlariga xizmat qilardi. O‘zbek xalqi hayot va mehnat jarayonida, borliqdagi narsalar va vaziyat- xodisalarga munosabatlari asosida o‘z dunyoqarashi, qadriyatlari va aqidalariga tayanib, falsafa va pedagogik fikr va g‘oyalarini xalq og‘zaki ijodidan o‘rgangan. Bu fikrlar “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustam-doston”, “Barchinoy”, “Farxod” mifologik dostonlarda ifodalangan. Xalq ijodi bo‘lmish bu dostonlar xalq pedagogikasidan o‘zbek millatining yosh avlodni hayotga tayyorlash va tarbiyalash vosita va usullari sifatida qo‘lanilgan.Shu jihatdan, bu dostonlar yoshlarni davr talablariga muvofiq komil inson bo‘lib yetishishda, ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishda qo‘llanilgan. O‘zbek xalq pedagogikasi hali maktab va maqsadli o‘qitish bo‘lmagan, pedagogika fan sifatida shakllanmagan davrdayoq oila va atrofdagi jamiyat orqali yosh bolalarda aql-idroq, odob-axloq, mehnatsevarlik, udda-buronlik, iste'dodlik, jismoniy va ruhiy salomatlikka tayanish, jangovarlik, insonparvarlik, mehr- murvatlilik, do‘stlik xislatlarini shakllantirish va kuchaytirish usullari hayotiy tajribadan kelib chiqib paydo bo‘ldi va rivojlandi. Odamlar o‘sha paytda ham bilganki insoniyat bu dunyoda yashash uchun vaxshiylik, qonho‘rlik, o‘g‘rilik, urush va mojaro, odamizotni qiynash bilan mutlaqo maqsadga erishib bo‘lmaydi, balki shuning uchun tinchlik, vijdoniylik, insonparvarlik, halol mehnat kerak. Xalq pedagogikasidan kelib chiqqan milliy urf-odat va an'analarimiz jamoa ahlining o‘z-o‘zini anglashiga, ijtimoiy burchini bajarishiga, har bir aqli inson shaxs bo‘lishiga intilgan. Xalqimiz hayot kechirishi, tinchlikni saqlash va sog‘lom, kasbga ega, mexnatsevar avlodni 8 o‘stirishiga xatti-xarakatlari yo‘l-yo‘riqlarimizni bilib olishlaramizga asosiy omil bo‘ladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling