O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Komenskiyning tarbiya metodlari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iogann Fridrix Gerbart
- Iogann Pestalotssi
- Adolf Disterveg
Komenskiyning tarbiya metodlari:
22 Mutafakkir “Intizomsiz maktab bamisoli suvsiz tegirmon” maqolini keltirib, kaltak vositasiga mutlaqo qarshi chiqadi va bolalalarga insoniy muomalada bo‘lishni tavsiya qiladi. Agar o‘qituvchi bolani sevsa, uning yaxshi bo‘lishini istasa, darsi mazmunli va qiziqarli o‘tsa, mavzuni tushuntira bilsa intizomlik o‘zi-o‘zidan vujudga keladi. Iste'dodsiz, ma'lumotsiz o‘qituvchi maktabda ishlamasligini taqidlab, Komenskiy o‘qituvchilik “yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” deb hisoblaydi. O‘qituvchi jamiyatida muhim vazifani bajaralayotganini, o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi bilan u sof vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘zini va ota-onaday bolalarni sevishi, ularda bilimga havas tug‘dirishi, ergashtirishi darkor. Nemis pedagogi Iogann Fridrix Gerbart (1746-1841) o‘zining “Umumiy pedagogika” asarida fanning didaktik vositalarini aniqlab oldi. Buyuk olim tarbiyalanuvchi o‘qitish nazariyasini tasniflab berdi, “ta'lim berish”, “o‘qitish” va “o‘qish”ni muhimligini aniqlab oldi, o‘quv jarayonning imkoniyatlarini ochdi, o‘qitish metodlar tizimini (tahlil qilish, tasvirlash, bayon qilish, ifoda qilish, isbotlab berish, umulashtirish) belgilab berdi. Ulug‘ shveysar olimi Iogann Pestalotssi (1746-1827) yangi tizimli maktabning ta'lim-tarbiya dasturini tuzib amaliyotda tekshirib oldi, o‘quv materialni muvafaqiyatli o‘zlashtirish psixologik manbalarni aniqladi. Buyuk pedagog o‘quv ma'lumotni tushunish va qayta ishlash mashqlar tizimi orqali bolaning psixofiziologik imkoniyatlarni va uning qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ta'lim metodikasini yaratdi. Pedagogik jarayonda o‘qituvchi yoshidagi va hususiy psixologiyaga tayanishini aytib o‘tdi. Nemis pedagogi F.Frebel (1782-1852) o‘zining “Inson tarbiyasi” kitobida odamga ta'sir ko‘rsatuvchi psixologik-pedagogik me'yor va qoidalarga tayanib, individual va yoshidagi hususiyatlardan kelib chiqib, tarbiya qonunlarini ta'riflab berdi. Buyuk pedagog o‘qituvchining maqsadi yoshlarning ijobiy qobiliyatlarini aniqlashi va ularni rivojlantirishiga qaratdi. Nemis pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) buyuk pedagog-olim. U “yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib o‘tadi, yaxshi o‘qituvchi esa uni topishga o‘qitadi” deb muammoli pedagogika tizimini yaratishiga katta xissa qo‘shdi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling