O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
B) Komenskiy. Gerbart. Pestalotssi. Frebel. Distervegning ta'limdagi yangi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
B) Komenskiy. Gerbart. Pestalotssi. Frebel. Distervegning ta'limdagi yangi
kashfiyotlari. Ulug‘ chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592) o‘zining pedagogik nazariyasida ta'lim-tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishini aytib o‘tgan bo‘lib “Buyuk didaktika” asarida “o‘qitish tabiat talabiga bo‘ysinishi kerak”deb yozadi. Bolaning aqliy va jismoniy o‘sish jarayoni tabiatdagi o‘sish jarayoniga o‘xshagan bo‘ladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq ham bo‘lib, ijtimoiy qonun ta'sirida ham o‘sadi. Komenskiy fikri bo‘yicha insonning rivojlanishi to‘rt davrga bo‘linadi: Go’daklik-0-6 yoshgacha Bolalik-6-12 yoshgacha O’smirlik-12-18 yoshgacha Yetuklik-18-24 yoshgacha Bular to‘rtta ta'lim jarayonini talab qiladi: Maktabgacha tarbiya Boshlang’ich ta’lim O’rta ta’lim Oily ta’lim va quyidagi maktablarda o‘qitiladi: Ona maktabi Halq maktabi Gimnaziya Unverstitet, akademiya Maktablarning vazifalari: Sez ish organlarni o‘stirish, atrofdagi Dunyo bilan tanishtirish, mehnat, haqqoniylik, to‘g‘rilikka o‘rgatish Xotirasini kuchaytirish, to‘g‘ri so‘zlash va yozishga arifmetika, geometriya, geografiya, tabiiyot fanlarga o‘rgatish Klassik tillar, tabiiyot, ilohiy fanlarga o‘qitish, tafakkur va boshqa qobiliyatlarini o‘stirish, axloqiy tarbiya berish Tanlangan kasbga ega qilish, irodasini, Shaxsini bir butun o‘stirish Komenskiy barchalarning o‘qishga jalb etilishini va o‘z ona tilida boshlang‘ich ta'lim olishini uqtiradi. Ulug‘ pedagog ta'lim-tarbiyaning maqsadi kishini mangulik 21 dun'yosiga tayyorlash ekanligi, buni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirishi mumkin deb aytib o‘tadi. Uning qarashicha o‘quvchi o‘ylashiga, harakatlanishiga, masalalarni yecha bilishiga, o‘z fikrini to‘g‘ri ifoda qilishiga o‘rgatmog‘i lozim: “Faqat mehnat odamni ulug‘laydi, unga yoshlikdan o‘rgatish darkor”. Olim o‘qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi: Komenskiy darslik qanday bo‘lishni aytib, o‘z zamonasi uchun bir necha namunali darslik va qo‘llanmalar tuzdi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling