Amaliy mashg‘ulot: Mehnat (“Bekbekey”, “Shirildan”, “Op-mayda”), marosim (“yig‘i-qo‘shuq“, “okuruu”, “to‘y-qo‘shuq“, “jar-jar”), “jaramazon”, bolalar, lirik qo‘shiq janrlari bilan tanishish va amaliy o‘rganish.. Xalq musiqa ijodi bilan tanishish va namunalar tinglash. Qirg‘iz xalqi milliy musiqasi bilan tanishish
Mustaqil ish
1. Qirg‘iz ustozona musiqasi va ijrochilari
2. Qirg‘iz xalq musiqa ijodi
6-mavzu: Uyg‘ur xalqi an’anaviy musiqasi. Uyg‘ur xalqining tarixiy ildizlari, e’tiqodi, urf-odatlari, xo‘jaligi. Musiqa an’analarining qadimiyligi, Markaziy Osiyo an’analari bilan tutashligi. “Iliy” muqom turkumiga oid ma’lumotlar, uning 12-ta mustaqil muqomlardan iboratligi, musiqaviy hususiyatlari, o‘zbek maqomlari bilan tutash joylari. Musiqa namunalarini tinglash, tahlil etish va xalq musiqasiga doir ayrimlarini o‘zlashtirish. Uyg‘ur musiqa cholg‘ulari, ularning rang-barangligi, o‘zbek cholg‘ulariga yaqinligi. O‘zbekistonda RTV qoshida tashkil etilgan (1967) Uyg‘ur milliy ansambli (badiiy rahbar g‘anijon Toshmatov) haqida ma’lumot. Uyg‘ur san’atining O‘zbekistondagi yetakchi bastakor va ijrochilari.
Uyg‘ur xalqi va o‘zbek xalqi ananaviy musiqasining o‘rtasidagi uxshashlik va ular o‘rtasidagi fark
Musiqa san’atiga xos jilosi, musiqaviy (lad, ritm, shakl, qochirmalari) hususiyatlari bilan tanishish.
Amaliy mashg‘ulot: Xalq musiqa ijodida o‘rin olgan janrlar (ommabop, mehnat, marosim, lirik)dan namunalar tinglash. Ustozona musiqasiga mansub asosiy janrlar: muqom, sanam doston. Muqomlarning “Do‘lan”, “qashqar”, “Xo‘tan”, “Iliy” kabi turlaridan naьmunalar tinglash.
Mustaqil ish
1. Ustozona musiqasiga mansub asosiy janrlar.
2.Uyg‘ur sanatining O‘zbekistondagi yetakchi bastakorlari.
7-mavzu: Yaqin va O‘rta Sharq: Ozarbayjon xalqining an’anaviy musiqasi. Ozarbayjon-Sharqning yirik madaniy markazlaridan biri. Geografiyasi, xo‘jaligi, e’tiqodi, urf-odatlari. Madaniy tarixining Turkiya, Eron va Markaziy Osiyo bilan o‘zviy bog‘langanligi. Adabiyot (Nizomiy Ganjaviy, Fo‘zuliy), musiqa san’atidagi (janr, cholg‘ular) bog‘lanishlar. Xalq musiqa ijodiga mansub ommabop, bolalar, lirik, mehnat, marosim janrlari, musiqaviy hususiyatlari (ohang, lad, ritm, shakl.). Ustozona musiqa ijodiga mansub janrlar (doston, mug‘om va b.). Ozarbayjon milliy san’atining yirik namoyandalari-Sattar, Sado‘xjan, Jabbar qaryag‘di o‘g‘li, Byul-Byul, Xan Shushinskiy va b. Zamonaviy musiqasining mashhur namoyandasi O‘zeir Xojibekov haqida qisqacha ma’lumot. Musiqa namunalarini tinglash, amaliy o‘zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |