O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi “Musiqashunoslik va fortepiano” kafedrasining
Fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi
Download 32.02 Kb.
|
SHARQ XALQLARI MUSIQASI FANIDAN DASTUR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish 1. Sharq xalqlari musiqasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari 2.Xududiy va mintakaviy tushunchalar 2-mavzu
- Amaliy mashg‘ulot
Fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi
Kursning mazmuni 1-mavzu: Kirish. Sharq musiqasining ayrim hususiyatlari . “Sharq xalqlari musiqasi” fanining asosiy maqsadi va vazifalari. Sharqning mintaqalari (Markaziy Osiyo, Yaqin, O‘rta va O‘zoq Sharq) haqida geosiyosiy ma’lumotlar. “An’anaviy musiqa” tushunchasining yoritilishi, uning xalq va kasbiy ustozona qatlamlarga bo‘linishi va o‘zaro bog‘liqligi. Sharq xalqlari musiqa san’atiga xos bo‘lgan umumiy jihatlari (og‘zaki an’anadagi monodik san’at, ustoz-shogird munosabatlari). Sharq xalqlarininng musiqasi va O‘zbekiston xalqi musiqasini uxshash tomonlari va ular o‘rtasidagi fark. Ananaviy musiqa tushunchasining yeritilishi xakida suxbatlashish Mustaqil ish 1. Sharq xalqlari musiqasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari 2.Xududiy va mintakaviy tushunchalar 2-mavzu: Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy musiqasi. Tojik xalqi an’anaviy musiqasi. Tojik xalqining tarixi., urf-odatlari, e’tiqodlari, madaniyati. Tojik va o‘zbek xalqlarining o‘zviy bog‘liqligi (umumiy tarixi, e’tiqodi, dunyoqarashi, madaniyati va ayniqsa musiqa va she’riyatining uyg‘unligi). Tojik musiqasining shartli ravishda shimoliy (Xo‘jand), markaziy (Ko‘lob, Garm), Pomir (Tog‘li Badahshon) mahalliy uslublariga bo‘linishi, har birining musiqa an’analari haqida qisqacha ma’lumorlar (musiqaviy janrlar, cholg‘ular). Musiqa namunalarini tinglash, o‘zlashtirish. Tojik musiqa san’atining mashhur namoyandalari. Amaliy mashg‘ulot: Tojik xalqining ananaviy musiqasidan naьmunalar tinglash . Amaliy mashg‘ulot: Tojik xalqi madaniyati, sheriyati va musiqasining uygunligini o‘rganish Mustaqil ish: 1.Tojik musiqa san’atining mashxur namoyandalari. 2.Tojik musiqasining maxaliy uslublari 3-mavzu: Qozoq xalqi an’anaviy musiqasi. Qozoq xalqining tarixiy ildizlari, hayot tarzida ko‘chmanchi chorvador qabila guruhlariga mansubligi, e’tiqodi, urf-odatlari, xo‘jaligi. Musiqa an’analarining qadimiyligi va uning amallarining hozirgi musiqa madaniyatida saqlanib kelishi. qozoq musiqa madaniyatida kasbkor ustozlar-aqin, jirov, jirshi, kuyshi, anshi-o‘lenshi va sal-serelarning tutgan o‘rni. Mashhur namoyandalar-Abay Kunanbayev, qurmong‘ozi Sag‘irboyev, Dauletkerey xaqida qisqacha ma’lumotlar. Ustozona musiqada asosiy o‘rin olgan jir (doston), kuy (hikoyaviy cholg‘u asar) haqida ma’lumotlar. Amaliy mashg‘ulot: Xalq musiqa ijodi bilan tanishish. Marosim, ommabop va lirik qo‘shiqchiligini o‘rganish va namunalar tinglash. Amaliy mashg‘ulot: Xalq musiqa namunalarini tinglash va amaliy o‘zlashtirish. Qozoq musiqa cholg‘ulari bilan tanishish. Mustaqil ish 1. Qozoq musiqa cholg‘ulari. 2. Qozoq xalq musiqa nomoyandalari 4. Turkman xalqi an’anaviy musiqasi. Turkman xalqining tarixiy ildizlari, e’tiqodi, xo‘jaligi, urf-odatlari. Musiqa san’ati ildizlarining qadimiyligi va xalqchilligi. Musiqa san’atining xalq va ustozona musiqa qatlamlariga bo‘linishi va o‘zaro bog‘liqligi. Xalq musiqa ijodida bosh o‘rin ayollar va bolalar ijrosiga qaratilishi. Janrlari orasida mehnat, oilaviy-ommabop, yil fasllari, marosim va turli o‘yinlar bilan bog‘liq janrlarning katta o‘rin tutishi. Baxshilar ijodida doston va termalarning bosh o‘rinda turishi. Mashhur dostonlar -”Gyoro‘g‘li”, “Shasenem va Garib”, “Seyat va Hemra”. Atoqli namoyandalar - Jebbar baxshi Doulat Durdi, Ali baxshi, qurbon baxshi, Janmamat g‘ijjakchi va b. Turkman cholg‘ulari (dutor, g‘ijjak, gargo‘-tuyduk, dilli-tuyduk) ichida dutorning bosh o‘rinda turishi. Amaliy mashg‘ulot: . Musiqaviy namunalarni tinglash, tahlil qilish (lad, shakl, ritm) va amaliy o‘zlashtirish. Amaliy mashg‘ulot: Ustozona musiqada baxshi (bagsho‘-qo‘shiqchi va dostonchi) va sozanda (sazanda)-larning tutgan o‘rni va ashula bilan tanishish Mustaqil ish 1.Turkman xalqi ustozona musiqa ijodi 2.Turkman cholg‘ulari 5-mavzu: Qirg‘iz xalqi an’anaviy musiqasi. qirg‘iz xalqining an’anaviy ildizlari, ko‘chmanchi-chorvador qabilalar guruhiga mansubligi, geografiyasi, e’tiqodi, urf-odatlari, xo‘jaligi. qirg‘iz musiqasiga xos ohang (ko‘proq kvarta-kvinta diapazoni doirasida, tepadan pastga qarab yo‘nalishdagi sakpamalarning katta o‘rni), ritm (o‘lchovlarning tez-tez almashinib turishi), lad (diatonika) hususiyatlari. Ustozona musiqada aqinlar ijrosidagi doston janrining o‘rni. Shuningdek, aqinlar ijodida “terme”, “aytish”, “alo‘m-sabaq“ janolarining ahamiyati. “Manas” janrining an’analari. Qirg‘iz musiqa cholg‘ulari va ular ichida asosiy o‘rinni qomo‘z egallashi. Musiqa namunalarini tinglash va amaliy o‘zlashtirish. Mashhur aqin To‘qto‘gul Satilganov va manaschilar Sato‘mbay va Sayakbay haqida ma’lumotlar. Qirg‘iz xalqi va o‘zbek xalqi ananaviy musiqasi o‘rtasidagi uxshashliklar va farkli hususiyatlari. Download 32.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling