O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


«Kulgili o`zga sayyoraliklar» syujetli-rolli o`yini


Download 0.49 Mb.
bet150/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

«Kulgili o`zga sayyoraliklar» syujetli-rolli o`yini
Maqsad: shaxsiy hissiy-irodaviy sifatlarga ega, jamoada ijobiy muhitni yarata oladi.
Kerakli jihozlar va materiallar: niqoblar, belgilar, atributlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. «O`zga sayyoraliklar» rasmini tomosha qilish;

  2. Bolalar o`rtasida rollarni taqsimlanishi;

  3. O`yinning o`ynalish jarayoni;

  4. Bolvalar faoliyatini bo`yicha suhbat va ularning rag`batlantirilishi.

Qo`shimcha qism:
Tarbiyachi bolalarga AKTdan foydalanishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Bolalarning o`yin jarayoniga qo`shilishini kuzatish;

  2. Hissiy tasavvurni rivojlantirish;

  3. Irodaviy-hissiy holatiga e`tibor qaratish;

  4. Hayot havfsizligi saboqlariga rioya etish.

Til va nutq markazi
«Sahrli tayoqcha» koptok bilan o`ynaladigan didaktik o`yin
Maqsad: yetarli darajada lug`at boyligiga ega, do`stlarining hikoyalarini tinglaydi, mavzu bo`yicha o`zining hikoyalari bilan qo`shimchalar kiritishi mumkin.
Kerakli jihozlar va materiallar: syujetli rasmlar, koptok, AKT qurilmalari va materiallari, predmetli rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. «Sehrli tayoqcha» nomli rasmni tomosha qilish;

  2. Rasmlar asosida hikoyalar tuzadilar;

  3. O`yin muhiti yaratiladi;

  4. Bolalar faoliyati bo`yicha suhbat va ularni rag`batlantirish

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga M. Murodovning «Ikki niyat» nomli asarini taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Bolalarning lug`at boyligiga;

  2. Tayoqchalardan shakllar yasay olish ko`nikmasining shakllanganligiga

Til va nutq markazi:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling