Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`simliklarni parvarishlash qoidalari haqida gapirib beradi va ekilgan ko`chatlarga parvarishlash bo`yicha navbatchilarni belgilaydi.
E`tiborga molik jihati:
Tajribani o`tkazish va sog`liqni saqlash qoidalariga rioya qilish.
Hayot xavfsizligi saboqlari.
San`at markazi
Tabiat materiallaridan applikasiya: transport turlari
Maqsad: mayta qo`l motorikasini, tasavvurini rivojlantirish, estetik bezatish, applikasiyada tabiat materiallarini uyg`unlashtirishni biladi. O`zining ijodini chiroyli bezatadi.
Jihoz va materiallar: tabiat materiallari, rangli kartonlar, qog`oz, yelim, stepler, ramkalar.
Faoliyatning olib borilishi:
«Transport» mavzusida rasmlarni ko`zdan kechirish.
Tasviriy san`at faoliyati noan`anaviy texnikasi bilan tanishish.
Rasm va tabiat materiallarini tanlash.
Bolalar bilan mavzu asosida applikasiya ishini bajarish.
Bolalar tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga applikasiyani bezatish, mavzuga oid she`r yoki qo`shiq kuylashni taklif qilishi, ko`rgazma tashkil etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o`rgatish.
Tasavvuri va mayda qo`l motorikasini rivojlantirish.
Hayot xavfsizligi saboqlari.
Qurilish markazi
«Garaj quramiz»
Maqsad: Garajni kubiklar, qurilish bloklari, legodan qurish, hajmga ega bo`lgan shakllarni nomini bilish va undan foydalangan holda qurish, rang va shakllarni bilish.
Jihoz va materiallar: kubiklar, geometrik shakllar, lego, garaj elementlari. Faoliyatning olib borilishi:
«Mashina uchun garaj» mavzusidagi rasmni ko`zdan kechirish.
Bolalar tomonidan maydoncha qurilishini rejalashtirish.
Bolalar tomonidan maydonchani qurish.
Bolalar ishini muhokama qilish va rag`batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |