O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Maqsad: diqqatni, xotirani rivojlantirish, lug`at boyligini boyitish. Jihoz va materiallar


Download 0.49 Mb.
bet47/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Maqsad: diqqatni, xotirani rivojlantirish, lug`at boyligini boyitish.
Jihoz va materiallar: ikki kategoriyadagi turli so`zlar tasvirlangan rasmlar: svetafor(slovar: uchta ko`z, ko`chada turibdi,choraha, havo rang, bir oyoq, sariq rang, qizil rang, yo`ldan o`tish, piyodaning yordamchisi, yashil rang, uyda turibdi), yo`lovchi.
(lug`at: avtobus, marshrut, bekat, yo`l, o`qish, uyqu, chipta, chiptachi, samolyotda uchish, piyoda, o`rindiq, salon, krovat)
Faoliyatning olib borilishi:

  1. Bolalar orasidan olib boruvchini belgilash.

  2. Tarbiyachi tomonidan o`yin qoidasini tushuntirish: boshlovchi rasmli kartochkani ko`rsatadi, bolalar esa svetaforga oid so`z bo`lsa bir marta, agar «yo`lovchi»ga oid so`z bo`lsa ikki marta chapak chaladilar.

  3. Har bir so`z tanlanishini tushuntiriladi.

  4. So`zlar ishtirokida hikoya tuzish: ertalab, nonushta, bolalar bog`chasiga yo`l, piyodalar yo`lakchsi, non do`koni, dorixona, choraha, yer osti o`tish yo`li, svetafor, bolalar bog`chasi.

Qo`shimcha qism: tarbiyachi mavzuga oid so`zlar talafuzini mustahkamlash bilan birga bolalarni jamoat joylarida o`zini tutish madaniyatiga rioya qilishni o`rgatadi: transportda yo`l haqqini to`lash, kattalar turganda o`tirish mumkin emasligi va boshqalar.
E`tiborga molik jihati:

  1. So`zlarni to`g`ri talaffuz etish.

  2. Tasavvurni rivojlantirish.

  3. Hayot xavfsizligi saboqlariga amal qilish.

Fan va tabiat markazi
«Gulxan havoni ifloslantiradi» (ekologik tarbiya)
Maqsad: Havo hususiyatlari bilan tanishish, xaltaga havoni to`ldirish. Havo is gazlari, olovdan ifloslanadi, ammo ifloslangan havoni o`simliklar yordamidamida tozalash mumkin.
Jihoz va materiallar: har bir bolaga xalta(paket), gogurt, mavzuga oid rasm, «Tabiat havoni tozalaydi» mavzusida slayd.
Faoliyatning olib borilishi:

  1. Xaltani havoga to`ldirish va uni kuzatish.

  2. «Havoning ifloslanishi va uni tozalanishi» mavzusida rasmlarni ko`zdan kechirish.

  3. Havoning ifloslanishi bo`yicha tajriba o`tkazish.

  4. Shag`amni yoqish va olov ustida oyna yoki chinni piyolani tutib turish( bir oz vaqt o`tgach bolalar predmet qorayishini va qorakuya bilan qoplanishini ko`radilar)

  5. O`tkazilgan tajriba muhokamasi( yana nima havoni ifloslantiradi? -

avtomobillarda chiqadigan is gazlari, sigaretlar, yong`inlar, zavodlardan chiqadigan tutunlar, axlat uyumlari va boshqalar)

  1. Bolalar xulosasi: havoni muhim tozalash vositasi va kislorod yetkazib beruvchi

o`simliklar hisoblanadi.

  1. Bog` maydonchasidadaraxt ko`chatini ekish.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling