O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet49/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`z ishlarini mayda o`yinchoqlar bilan to`ldirishni taklif qilishi mumkin. (mashinalar, asboblar, daraxtlar va boshqalar) E`tiborga molik jihati:

  1. Bolalarni jamoada ishlashga o`rgatish.

  2. Tasavvurini rivojlantirish

  3. Hayot xavfsizligi saboqlari.

Syujetli-rolli o`yin va Dramatizasiya markazi
«Samolyotda uchamiz»
Maqsad: Aeroport, aeroport xodimlari mehnati haqida tasavvurga ega bo`lish, bolalarda uchuvchi va yo`lovchilarning o`zaro munosabatlari haqida tushuncha hosil bo`ladi, uchish vaqtida qoidalarga amal qilishni biladi. Kattalarga va aeroport xizmatchilariga nisbatan hurmat hissi tarbiyalanadi.
Jihoz va materiallar: uchuvchi va styuardessa kiyimi, unga mos aksessuarlar, chemodan, kreslo.
Faoliyatning olib borilishi:

  1. Bolalar o`rtasida rollarni taqsimlash

  2. Aeroport xizmatchilari bilan uchrashuv va yo`nalishni rejalashtirish.

  3. «Samolyotda uchamiz» o`yinini o`ynash.

  4. O`ynalgan o`yin bo`yicha suhbat.

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga trapni konstruksiyalash, chiptalarni chizib tayyorlash, musiqiy bezatishni taklif etish mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Bolalarning aeroport xizmatchilari bilan muloqot qilish ko`nikmasini

shakllanishi;

2.
3.
Logik tafakkurni rivojlantirish;
Hayot havfsizligi saboqlari.
NOYaBR 2 HAFTASI
EHTIYOTKOR PIYODA HAFTASI
Qurilish markazi
«Piyoda yo`lkasi»
Maqsad: geometrik shakllarni farqlashni mustahkamlash, piyoda yo`lakchasining nima uchun keraklini aytib bera oladi. Yo`lakchani geometrik shakllaridan qurishda qancha shakl ketganligini hisobini olishga o`rgatish.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling