O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet76/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib harakatlanishni, umumiy natijaga erishishni tarbiyalash.
Til va nutq markazi
«Rasmlarni mazmuniga ko`ra qo`yib chiq»
Maqsad: suhbatlashishga oid nutqi rivojlantirish, buyumlarning alomatlariga asoslanib, mazmunli liniyalarni yarata olishga o`rgatish.
Kerakli Jihoz va materiallar: syujetli rasmlar, rasm syujeti bo`yicha turli buyumlar tasvirlangan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Syujetli rasmlarni tomosha qilish.

  2. Mazumniga ko`ra rasm syujetiga mos bo`lgan kartochkalarni tanlash.

  3. Kartochkalarni almashtirish, 3 tadan kartochka olish.

  4. Rasmda tasvirlangan so`zlardan foydalanib, gap tuzish.

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga jamoa bo`lib, 3-5 kartochka asosida hikoya yoki ertak tuzishni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: ko`rgazmali-obrazli va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
San`at markazi
«Qog`ozdan Yangi yil archasini yasash»
Maqsad: buyumni (archani) shaklini kesib chiqish va tuzishni mashq qilish, qo`llar motorikasini rivojlantirish, tasavvurdan foydalanish.
Kerakli Jihoz va materiallar: yashil rangli qog`ozlar, tayanch uchun qalin qog`oz, yelim, qaychi, salfetkalar, tayyor namuna, ish bosqichlari ko`rsatilgan xarita.
Faoliyatning borishi:
1. Archaning tayyor namunasini tomosha qilish.
2. Ish bosqichlari bilan tanishish.

  1. Bolalarning ishlari.

Qo`shimcha qism: bolalarga archani qor uchqunlari va yaltiroq qog`ozlar bilan bezashni taklif qilish.
E`tiborga molik jihati: turli materiallardan o`yinchoq yasashga o`rgatish; markazda o`z ortidan yig`ishtirishni o`rgatish.
Sa`nat markazi
Loy mashg`uloti «Qorbobo va qorqiz «
Maqsad: Bir bo`lak loydan odam tana a`zolarini to`g`ri yasashmalakalarnini shakllantirish.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling