Qaror bilan
1-ilova. Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari to'g'risidagi nizom
2-ilova. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom
3-ilova. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom
4-ilova. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom
5-ilova. Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi nizom
Tasdiql
andi
1-ilova. Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari to'g'risidagi nizomidagi o’zgarishlar quyidagicha:
Nizomda quyidagi bandlariga o’zgartirishlar kiritilgan: 1,4,27,28,29,34,35,37,38,39, 41,43,47,53, 56,57,58,59,61,63
Bundan tashqari “Maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etish” 71-bobi qo’shilgan;
12-bob quyidagi tahrirda bayon etilgan:
12-bob. “Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi”
2-ilova. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizomidagi o’zgarishlar quyidagicha:
4-banddagi “muassasalarida” so‘zi “tashkilotlarida” so‘zi bilan almashtirilsin;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
rivojlantirish guruhi;
inklyuziv guruh;
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik ko‘maklashish, o‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega bo‘lmagan bolalar bilan birga o‘qishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh ko‘pi bilan 15 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin”;
29-banddagi “bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |