3-ilova. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomidagi o’zgarishlar quyidagicha:
Nizomdagi qator bandlarida “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilgan;
“tipdagi” va “O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari tegishlicha “turdagi” va “O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari bilan almashtirilgan;
“mudir”, “tipdagi” so‘zlari tegishlicha “direktor”, “turdagi” so‘zlari bilan almashtirilgan.
4-ilova. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizomidagi o’zgarishlar quyidagicha:
4-ilova (Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risida nizom)da:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom”
Nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi komissiya to‘g‘risidagi nizomga ILOVA “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro’yhati” qo’shimcha qilingan
5-ilova. Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi nizomidagi o’zgarishlar quyidagicha:
Bu ilova nizomga qo’shimcha qilingan:
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 5-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |