“Reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risida” nizom
Nizom 13 bob va 82 band dan iborat
tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomning 9-band quyidagi o’zgarishlar:
Qaror bilan
“9. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan quyidagilarning lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi:
davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari;
qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan pedagog va tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;
reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari, hamda tarbiyachi yordamchilari”
tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro’yhatidagi o’zgarishlar:
Qaror bilan
551-pozitsiyasidagi “muassasalarini” va “muassasalari” so‘zlari tegishli ravishda “tashkilotlarini” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilgan
tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi 991-son qaroridagi o’zgarishlar:
Qaror bilan
2-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar to‘lab berilsin”;
Do'stlaringiz bilan baham: |