O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish


Download 2.01 Mb.
bet127/133
Sana28.10.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1731773
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133
Bog'liq
Faoliyat ishlanma

Qurish-yasash va matematika markazi

"Uyimiz uchun mebel"


Maqsad:turli hajmli geometirik figuralardan (kub, silindr, g'isht, plastina, piramida) uy qura oladi, ular nomlarini va belgilarini biladi. Predmetlarni ma'lum bir xususiyatlarini jamlab konstruksiyani tera oladi,fazodagi qoidalarga rioya eta oladi.


Kerakli jihoz va materiallar:mebel tasvirlangan suratlar, kubiklardan mebel sxema-rasm. Kurilish materiallari, plastilin, yirik geometrik figuralar.


Faoliyatning borishi:


mebel tasvirlangan suratlarni ko'rish, uning qismlarini aytib o'tish, taxlil qilish. Sxemani ko'rib chiqish.


Bolalarning g'oyasiga qarab qurilish ashyolari bilan ishlash.


Qo'shimcha qism: bolalarga o'zining g'ayrioddiy mebelini yasash taklifini berish.


E'tiborga molik jihati: bolalarda konsruktivlayoqatlarining shakllanishi, ijodiy tasavvurining rivojlanishi




Qurish-yasash va matematika markazi
"Uyimiz uchun mebel"

Maqsad:turli hajmli legolardan mebel qura oladi, ular nomlarini va belgilarini biladi. Predmetlarni ma'lum bir xususiyatlarini jamlab konstruksiyani tera oladi,fazodagi qoidalarga rioya eta oladi.


Kerakli jihoz va materiallar:mebel tasvirlangan suratlar, legodan mebel sxema-rasm.


Faoliyatning borishi:

mebel tasvirlangan suratlarni ko'rish, uning qismlarini aytib o'tish, taxlil qilish. Sxemani ko'rib chiqish.


Bolalarning g'oyasiga qarab qurilish ashyolari bilan ishlash.


Qo'shimcha qism: bolalarga o'zining g'ayrioddiy mebelini yasash taklifini berish.


E'tiborga molik jihati: bolalarda konsruktiv layoqatlarining shakllanishi, ijodiy tasavvurining rivojlanishi


«Mebel do'koni”syujetli-rollio'yin


Maqsad: mebel do'koni sotuvchilarining mexnatini ijodiy tasvirlash, o'ylab topilgan syujet uchun mustaqil sharoit yarata oladi, atributlarni joyida ishlata oladi, ular bo'lmagan taqdirda mos ravishda o'rnini almashtira oladi,xayrixoxlik xislatlarini namoyon etadi, jamoada o'ynaydi,tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.


Kerakli jihoz va materiallar:«Mebel do'koni», rasmi, o'yin uchun vыveska, rasta, kassa apparati, qo'g'irchoq uchun mebel, qog'oz pullar.


Faoliyatning borishi:


Rollarni taqsimlash.


Syujetni o'ynash.Tarbiyachi shuningdek o'zi birinchi xaridor rolini o'ynashi mumkin.


Qo'shimcha qism: suxbat«Jamoat joylarida o'zini tutish qoidalari»,




suxbat«O'zaro xushmuomala bo'lish odobi».

E'tiborga molik jihati: Bolalar jamoada do'stona o'ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o'ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.


Syujetli-rolli o'yinlar va drammatizasiyalash markazi «bogcha oshxonasi» Syujetli-rolli o'yin

Maqsad: oshxona ishchisining mexnatini ijodiy tasvirlash, o'ylangan syujetga mustaqil ravishda mos vaziyat vujudga keltira oladi, o'yinda layoqat bildiradi. Jamoada o'ynashni biladi, tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.


Kerakli jihoz va materiallar, bolalar idish-tovoqlar jamlanmasi (oshxona, ovqat uchun, choy uchun), stol va stulchalar. gazplita


Faoliyatning borishi:


Rollarni taqsimlash. O'yin.


Bolalar rollarni almashishlari mumkin.
Qo'shimcha qism: umumiy ovqatlanish joylarida o'zini tutish odobi qoidalari, stol atrofida o'zini tutish qoidasi, xushmuomala bilan yondoshish to'g'risida.


«Nutq va savodxonlik» markazi

Mebel xaqida nimalarni bilamiz?


Maqsad:xafta mavzusiga doir lug'at boyligini to'ldirish.


Kerakli jihoz va materiallar:mavzuli rasmlar, didaktik o'yin «Mebelni tasniflash»


Faoliyatning borishi:


Bolalar «Mebel» rasmlarni tomosha qilishadi. Mebelni nomlarini aytishadi, so'ngra o'zlarini tekshirishadi (to'g'ri javob rasmning orqa tomonida)


mebel to'g'risida topishmoqlar aytish.


Didaktik o'yin. Mebel tasvirlangan rasmlar jamlanmasi. Bolalar ularni ishlatilishiga qarab tasniflashi kerak: oshxona mebeli, maktab uchun mebel, yotoqxona uchun mebel.


Qo'shimcha qism: bolalar rsamlarda ko'rsatilmagan mebel nomlarini aytishadi.


E'tiborga molik jihati: bilish jarayonining shakllanishi.





Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling