O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 2.99 Mb.
bet41/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Oila bilan muloqot


Bolalar yuzasidan oilalar bilan muloqot yuritish – pedagogik jamoa vazifalarining eng muhim qismi. Har bir oila bolalarning kamol topishi, ularning yaxshi va bajonidil o’qishidan manfaatdordir. Ehtimol, MTM – bu bolalarning oldindan tashqaridagi ilk tajribasi bo’lgani uchun oila a’zolari uning yutuqlaridan boxabar bo’lishni istaydi. Pedagoglar bola haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish va yanada samarali faoliyat yuritish uchun ota-onalar bilan bolaning uydagi va maktabdagi mashg’ulotlari, uning kuchli va zaif tomonlari, tashvishlantirayotgan jihatlari haqida bajonidil muhokama etishlari zarur.
Аlbatta, muloqot ochiq-oshkora va ishonchli bo’lishi uchun vaqt talab etiladi. Shuning uchun boshidanoq ota-onalar bilan suhbatlashish, oiladan taqdim etilayotgan ma’lumotlar naqadar muhim ekanini tushuntirishlari kerak. Diqqat bilan tinglay olish – ochiq muloqotning muhim negizidir. Muloqot chog’ida pedagoglar ota-onalar uchun tushunarli, aniq tilda so’zlashishi, savollar berish uchun ularga imkon qoldirishi darkor.


    1. Oila bilan muloqot


Tarbiyachi va ota-onalarning hamkorligi sheriklarning teng huquqli pozisiyasini, o’zaro ta'sir qiluvchi tomonlarning individual imkoniyatlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda hurmat qilishni anglatadi va tarbiyachilar, ota-onalar va jamiyat o’rtasidagi hamkorlikni amalga oshirishning eng muhim usuli bu o’zaro munosabatdir, bunda ota-onalar passiv kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchilar bo’lib, o’quv jarayoni, bolalarni parvarish qilish sifatini oshirish va rivojlantirish bilan bog’liq muammolarni hal qilishda jamoaning to’liq a'zolari sanaladi. Bularning barchasi biz ota-onalar va jamoatchilik bilan ishlashni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etish va pedagogik faoliyatining muhim sharti sifatida ko’rib chiqishga imkon beradi.


Oila va yosh bolalarni parvarishlashning maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ta'siri prinsipial ravishda pedagoglar, jamoat tashkilotlari va oilalarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi, bunda tarbiya bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari birgalikda harakat qilishlari, kelishilgan talablarni bir-birlariga ko’rsatishi, bir-birlariga yordam berishi, pedagogik ta'sirni to’ldirish va kuchaytirishi kerak. Agar bunday birdamlik va sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishga erishilmasa, unda muvaffaqiyatga erishish qiyin.

    1. Download 2.99 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling