O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining


Download 218 Kb.
bet1/8
Sana27.10.2023
Hajmi218 Kb.
#1725826
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 илова намунавий Устав лотин 25 08



O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
2023-yil “ 18 “ - avgustdagi
250 - sonli buyrug‘iga
1-ILOVA




TASDIQLAYMAN”
Yangi Namangan tuman hokimi

_________ J.Abdullayev


2023-yil “28” - avgust

O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Namangan viloyati , Yangi Namangan tumani
73 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining


N A M U N A V I Y U S T A V I

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Ustav 73-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining (keyingi o‘rinlarda – maktab) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Maktab o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik)ning buyruq, topshiriq va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
3. Maktab uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib,
u o‘quvchilarga I-XI sinflar hajmida davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida umumiy o‘rta ta’lim beruvchi majburiy ta’lim muassasasidir.
Maktabda ta’lim jarayoni kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
4. Maktab yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z Ustaviga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga (O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
5. Maktabning rasmiy nomi:
a) davlat (o‘zbek) tilida:
to‘liq nomi – 73-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, qisqartmasi –
73- sonli maktab;
b) rus tilida:
to‘liq nomi – Srednyaya obщeobrazovatelnaya shkola № 73 , qisqartmasi – shkola №73.
6. Maktabning ustavi muassis tomonidan tasdiqlanadi va tegishincha tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
7. Davlat maktablarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.
8. Maktabda ta’lim olish tilini tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Maktab Vazirlik tizimiga kiritilgan Yangi Namangan tuman maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi , Yangi Namangan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi davlat muassasasi hisoblanadi.
10. Maktab Namang viloyati, Yangi Namangan tuman, Sohil mahallasi, Ziyoli ko‘chasi, 1 -uyda joylashgan. Indeks raqami 206865156.



Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling