Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi


Mavzuning ishlanish darajasi


Download 414.85 Kb.
bet3/13
Sana03.12.2023
Hajmi414.85 Kb.
#1797002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
shahlo bmi oxirgi variant (2)

Mavzuning ishlanish darajasi. Abdulla Avloniy ijodiy faoliyati, xususan uning sahna asarlari haqidagi dastlabki malumotni rus teatrshunosi B.O.Pestovskiyning “ Ozbek teatri” tarixi nomli maqolasida uchratamiz. Mazkur maqolada Avloniyning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Portugaliya inqilobi” kabi asarlari haqida qisqacha axborot berilgan. 20-30-yillarda Qayum Ramazonning “Sahna adabiyoti” nomli maqolasida, M.B.Solihovning “Ozbek teatri tarixi uchun materiallar” nomli kitobida ham Avloniy dramalari xususida muxtasar toxtab otiladi2.
Aytish mumkinki, faqat 60-yillardan boshlab Avloniy ijodini sistemali organishga kirishildi. Chunonchi, 60-yillarda A.Boboxonov, M.Maxsumov, M.Rahmonovlarning; 70-80-yillarda B.Qosimov, A.Jalolov, A.Abdurazzoqovlarning; 90-yillarda R.Barakayev, Sh. Rizayevlarning bazi asarlari avloniy ijodiy faoliyati keng tadqiq etildi va malum manoda sahna asarlari xususida ham fikr yuritildi3.
Ozining tarbiyaviy qimmati nuqtai nazaridan adibning sheriy, nasriy va pedagogik asarlari ham muhim ahamiyatga ega. Shu sabali uning bunday asarlarini ommalashtirish, nashr ettirish masalasida ham samarali ishlar amalga oshirildi4. Yuqoridagilardan malum bolyaptiki, Avloniy ijodi hech bir davrda adabiyotshunosligimiz etiboridan chetda qolmagan. Uning axloq-odob, marifat va dunyoviy taraqqiyot haqidagi sherlari davrining ogriqli muammolarini ozida aks ettirgan publitsistik asarlari malum darajada tadqiq etilgan. Jumladan, drama asarlari ham qisman organilgan. Ammo Avloniy dramalari ozining bor kolami, badiiy-estetik, ijtimoiy-goyaviy qimmati nuqtai nazaridan maxsus tadqiqotlarni talab etadi. Afsuski, bugungi kungacha Avloniy dramaturgiyasi monografik planda organilmagan. Mazkur tadqiqot ozbek adabiyotshunosligida mavjud ana shu boshliqni toldirishni oz oldiga maqsad qilib qoydi.
Tadqiqotning maqsadi, vazifalari. Tadqiqotdan kozlangan maqsad Avloniy dramatic asarlarining badiiy xususiyatlarini organish, ijtimoiy-marifiy, ruhiy-manaviy mohiyatini keng yoritihdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga oshirsh uchun tadqiqot oldidagi vazifalarni quyidagicha belgiladik:
-jadid dramaturgiyasining organilish tarixi, uni baholash tamoyillari, jadid dramaturgiyasiga xos janr, mavzu va goyaviy xususiyatlarni aniqlash bositasida Avloniy ijodkor sifatida shakllangan adabiy muhit haqida fikr yuritish;
-Avloniy dramalarining yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, adabiy-estetik, manaviy ruhiy omillarga diqat qaratish;
- adibning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak” kabi asarlari taxlili misolida uning milliy komediya yaratish tajribalarini organish;
-Avloniyning “Biz va siz” asaridagi goyaviy, badiiy va janr xususiyatlarini belgilash;
-dramaturg ijodida tarixiy-siyosiy mavzu masalasi ustida kuzatishlar olib borish;
- ozbek milliy dramaturgiyasining shakllanishida Avloniy dramalarining orni va ahamiyatini belgilash.

Download 414.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling