O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Maktabacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar
Download 1.09 Mb.
|
Жумаева Нигора курс иши (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Nutqiy nafas olish ustida ishlash.
- 2.Qo‘g‘irchoqlar
2.3. Maktabacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar
Maktabacha bo‘lgan duduqlanuvchi bolalarning talaffuzini shakllantirish bo‘yicha ishlar bolalarning bog‘chadagi butun davrini qamrab olish kerak, logoped, tarbiyachi, musiqa raxbarining va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida amalga oshirilishi kerak. 1.Nutqiy nafas olish ustida ishlash. To‘g‘ri nutqning eng muhim shartlaridan biri bu yumshoq va uzoq nafaschiqarish va yumshoq artikulyatsiya. To‘g‘ri nafas olish va aniq artikulyatsiya jarangdor ovoz uchun asos bo‘ladi. Nafas olish ovoz shaklanishi va artikulyatsiya bir butun jarayon bo‘lganligi sababli ularni ustidan ishlash bir vaqtda olib boriladi. Mashqlar asta-sekinlik bilan qiyinlashib boradi; nafas ustida ishlashdan oldin alohida tavsiyalar, so‘ngra so‘zlar keyin qisqa jumlalar va she’rlar ustida ishlanadi. Har bir mashqda bolalar e’tibori xotirjam va yumshoq nafas chiqarishga aytilayotgan tovushlar balandligi va uzoq muddatligiga qaratiladi. Nutq nafasini va artikulyatsiya yaxshilashda boshlang‘ich paytlarda “so‘zsiz sahna”lar yordam beradi. Bunda logoped bolalarda xotirjam va boy nutq misollarini ko‘rsatadi.Shuning uchun boshlang‘ich paytlarda ko‘proq o‘zi gapiradi. “So‘zsiz sahna”larda elementlari qatnashmaydi. Nutq materiali esa minimallashtirilgan bunda bolalarga nutq texnikasi asoslari beriladi va noto‘g‘ri nutqdan chegaralanadi.Bunday saxnalarda faqat ovoz o‘xshatishlar alohida so‘zlar (ismlar), keyinchalik qisqa gaplardan foydalaniladi. Asta sekinlik bilan nutqiy material murakkablashadi. Qisqa yoki uzun ritmli jumlalar paydo bo‘ladi. Bunda tarbiyalanuvchilarni e’tibori so‘zlarni qanday talaffuz qilinishiga, qanday imo-ishoralardan foydalanishga qaratiladi.Ish jarayonida bolalarning tasavvur qilish, yangi imo-ishoralardan foydlanish qobilyatlari rag‘batlantiriladi. 2.Qo‘g‘irchoqlar Bolalarning faol nutqi barmoqlarining mayda harakatlari rivojlanishi bilan bog‘liq. Duduqlanuvchi bolaning nutqiy matorikasi tartibliligini qo‘l barmoqlarini xir xil mayda harakatlari yordam beradi.Qo‘g‘irchoq bilan ishlaganda uning uchun gapirganda bolalar o‘z nutqiga boshqacha qarashadi. O‘yinchoq butunlay bolaga bo‘ysunadi. Lekin shu vaqtning o‘zida bolani ma’lum bir holdagi gapirishga va faolyatga undaydi. Qo‘g‘irchoqlar logopedga bildirmay bolalarning nutqiy buzilishlarini to‘g‘rilash imkonini beradi. Chunki tanbeh bevosita bolaga emas, uning qo‘g‘richog‘iga beriladi. Masalan; “Lolaxon sen juda tez gapirding, biz xech nimani tushunmadik. Guli, unga xotirjam va tushunarli qilib gapirishni o‘rgatib qo‘y”. Bundan keyin bola tezligini pasaytirishga majbur bo‘ladi. Bundan bilvosita murojat bolalarni to‘g‘ri gapirishga undaydi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling