O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Download 1.09 Mb.
|
Жумаева Нигора курс иши (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Rolli o`yinlar
Sahna ko‘rinishlar.
Ma’lumki bola, ma’lum bir obrazga kirganda xotirjam va o‘shgapirishi mumkin.Odamlarning asosan bolalarning boshqa “rol”ga kirish qobilyati maktabgacha bo‘lgan duduqlanadigan bolalar bilan ishlashda keng foydalaniladi. Boshqa “rol”ga kirish imkoniyati turlicha o‘yinlarda beriladi. Bunday o‘yinlarda bolalar to‘g‘i gapirishni va jamoada erkin muloqat qilishni o‘rganadilar, keyinchalik sahna ko‘rinishlar bayram dasturlariga kiritiladi. Bunday bolalarga qiyinroq sharoitda o‘zining ko‘rsatish imkoni beriladi.Sahna ko‘rinishlar logoped bolalarga aktiyorlik san’atini o‘rgatmaydi. Bundabolalaruchun, quvonchi, erkin sharoit yaratib beriladi. Bundaybolalar ijodiy o‘yinlarga va erkin nutqga undaladi. Barcha sahna ko‘rinishlar tomoshabin huzurida bo‘lishi kerak. U bolalarda ma’suliyat, o‘z rolini yaxshi o‘ynash va aniq nutq bilan so‘zlash xohishini uyg‘otadi. Duduqlanuvchi bolalarning logoped guruhi sharoitida sahna ko‘rinishlari qo‘yidagi rejasidan foydalanishi tavsiya etiladi; tayyorgarlik, qismlarni tanlab olish, rollarni bo‘lib berish, sahna ko‘rinishi. Tayyorgarlik ishlari bolalarni sahna matni bilan tanishtirish uchun muhim. Logoped matni rollarda beradi (matn katta bo‘lmagan holda). Matn katta bo‘lsa uning ma’lum bir qismi beriladi xolos. Bolalar logoped ketidan so‘zlarni takrorlaydilar. Keyinchalik savol-javob suhbatidan nutqi, imo-ishoralari qanday bo‘lishi kerakligi aniqlanadi. Bunday tayyorgarlik bolalarni ijodga undaydi. Sahna ko‘rinishlarda turlicha qismlar kerak bo‘ladi. Niqoblar, kiyimlar bo‘lishi mumkin. Bunda logoped bolalardan u yoki bu qismni qanday tayyorlanganligini ularni gapirishga undaydi. Rollarni bo‘lib berishda logoped bolalarning imkoniyatlarini hisobga olishi shart. Bunda bolaga boshqalar bilan bir darajada o‘zini ko‘rsatish imkoni berilishi muhim ahamiyatga ega. Bolaga rolning katta, kichikligining ahamiyati yo‘q. Bola nutqiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishi, o‘ziga xos bo‘lmagan obraz yaratayotganligi muhimdir. 4.Rolli o`yinlar O‘yin jarayonida bolalar oldin eshitgan yoki guvohi bo‘lgan voqealarni his qilishda. Masalan, qo‘g‘irchoqlar ularning farzandlariga aylanadi. Bunda bolalar farzandlarini tarbiya qilishadi, davolashadi, maktabga olib borishadi. Bolalarni kuzatuvchanligi va bevositaligi bilan ular kattalar hayotini his qilishadi. Ularni so‘zlari, talaffuzi, imolarini takrorlashadi. “Predmetlarni guruhlash” Maqsad: predmetlarni umumiy o‘xshashligi bo‘yicha guruhlash hamda umumiy nom bilan atash malakasini tekshirish. Tayyorgarlik: o‘yinchoqlar, idish tovoq buyumlari, o‘quv qurollari... Har bir guruh uchun kamida 3 tadan predmet. Bolaning oldiga turli predmetlar qo‘yiladi. Bolaga ularni ko‘rib chiqish uchun vaqt ajratiladi. So‘ngra bolaga predmetlarni alohida guruhlarga kiritayotganligini aytish lozim. Agar bola qiynalsa, unda yordamchi savollar berib boriladi. Masalan: “Bu nima?”, “Nima uchun kerak?”, “Bularning xammasini nomini bir nom bilan qanday ataymiz” va hakazo. Predmetlar bolaga tanish bo‘lgan, kundalik hayotda bola kuzatish imkoniga ega bo‘lganlar sirasidan tanlab olinishni tavsiya etadilar. Topshiriq “Ortiqchasini top” Maqsad: bolaning predmet obrazli tafakkurini tekshirish. Tayyorgarlik: har birida 4 tadan predmetlar tasviri joylashgan kartalar. Kartadagi 3 ta tasvir bir turdagi predmetlarni, bittasi esa boshqa guruhdagi predmetlarni tashkil etishi lozim. Yengil varianti: kartada 3 ta tasvirda o‘yinchoqlar rasmi va bitta poyafzal rasmi; 3 ta hayvon rasmi va 1 ta qushning rasmi va h.k. Murakkab varianti: 3 ta rasmda yer usti transporti, 1 ta rasmda yer osti transporti (metro) tasvirlanagan. Topshiriq “Keyin nima bo‘ladi?” Maqsad: so‘z mantiqiy tafakkur xolatini tekshirish Tayyorgarlik: voqealar ketma-ketligini ifodalovchi rasmli katochkalar Variant-1 bolaga kartochkalar berilib, ularni voqealar ketma-ketligi bo‘yicha joylashtirib chiqish so‘raladi. Bola ko‘rayotgan holatni og‘zaki ifodalashi lozim. Variant-2 bola oldiga birinchi karochki qo‘yilib so‘ngra qanday voqea bo‘lishi mumkinligini hamda qolgan kartochkalar orasidan shu voqea tasvirlangan kartochkani topishni taklif etiladi. Fazoviy tafakkur holatini aniqlash Topshiriq №1 “Tana qismlari” o‘yinni Maqsad: fazoviy munosabatlarni aniqlash Bolalarni yarim doira shaklida o‘tkaziladi. Boshlovchi o‘z yoniga o‘tirgan bolani biror yerini ko‘rsatadi, masalan o‘ng qo‘lini . bola ko‘rsatilgan tana qismini ko‘rsatishi lozim: “Bu mening o‘ng qo‘lim” boshlovchi javobga qo‘shilishi yoki uni noto‘g‘riligini aytishi mumkin. O‘yin aylana bo‘yicha davom etadi. Topshiriq Hikoyani modellashtirish “Xayvonlar uchun uycha” Tayyorgarlik: bola uchun qog‘oz, kartondan tayyorlangan uycha shakli. Meni diqqat bilan eshit: esingdami, o‘rmondagi hayvonlarning uyi buzilib ketgan edi? Hozir men ertakning davomini aytaman, sen bo‘lsang uychani ertakda eshitgan yerda joylashtirgansan. Bir kuni ular hammalari yig‘ilishib uyni qaytadan qurmoqchi bo‘lishibdi. Ammo ular uyni qaerda qurish kerakligi ustida tortishib qolishibdi. Ayiq uyni pastdagi chap burchakka qurish kerakligini aytibdi. Tulki bo‘lsa uni dugonasining uyini oldiga qurishni-yuqori o‘ng burchakka qurishni taklif etibdi. Quyoncha esa uyni pastki o‘ng burchakka quraylik debdi. Shunda suxbatga sichqoncha aralashib, uychani o‘rmonning o‘rtasiga maydonchasiga qurishni taklif etibdi. Hayvonlar sichqonning gapini maqullab uychani o‘rtaga qurishibdi. Bola ertakni eshitish davomida oldidagi qog‘oz bo‘ylab uycha shaklini aytilgan joyda joylashtirishi lozim. Bunda bola o‘z harakatlarini og‘zaki izohlashi shart emas. U uychani zarur joyda joylashtrishning o‘zi kifoya. Xulosa Duduqlanuvchi bolalarda to’g`ri nutqni tarbiyalash asta-sеkin amalga oshiriladi: uning еngillashgan shaklidan mustaqil shakligacha, duduqlanadiganlar uchun aloqida turmush vaziyatlarida qissiyotli nutq. Tabiiyki, duduqlanadiganlarga komplеks ta'sir qilinganida logopеdik ritmika logopеdik korrеktsiya vazifalariga boqliq bo’ladi. Nutqning chеklangan davri vazifalari (sukut va pichirlash muloqoti): umumiy erkin motorikani va yuz muskullarini; nafas nutqini; eshitish diqqatini va eshitish xotirasini; ko’rish diqqatini va ko’rish xotirasini; shaxsiy sifatlarni rivojlantirish yo’li bilan erkin xulqni: chidamlilikni, diqqat-e'tiborni jamlashni, e'tiborni; pichirlab talaffuz qilingan iborada pauza qilish ustida ishlashni; luqatni quyidagi mavzular va ularning variantlarida faollashtirish va to’ldirishni tarbiyalash: «Kuz», «Sabzavotlar», «Mеvalar». Logoritmik mashg`ulotlarda logopеdik ta'sir vazifalari bilan boqliq bo’lgan nutqsiz mashq va o’yinlar o’tkaziladi. Yuz mimikasini, oral praksisni, eshitish va ko’rish diqqatini rivojlantirish uchun, fazoda mo’ljal olish, taqlid qilish, umumiy va nozik erkin motorika uchun matеrial bеriladi va boshqalar. Logopеd bеrgan matnga etyudlar o’tkaziladi, ikkita duduqlanadigan jim turib qarakatlari, mimikasi, pantomimikasi bilan matn syujеtini rivojlanishini ko’rsatadi. Etyudlar musiqa ostida yoki usiz o’ynaladi. Bu davrda mashqulotlarda cholqu va vokal musiqalari yozuvini san'at ustalari ijrosida eshitish foydali. Musiqali asarlar mavzulari logopеdik mashqulotlar mavzusini aks ettirishi kеrak. Masalan, agar logopеdik mashqulot «Kuz» mavzusida o’tkazilayotgan bo’lsa yoki uning variantlarini («Sabzavotlar va mеvalar», «Mo’l qosil», «O’rmon kuzda», «Kuz o’rmonida o’rmon qayvonlari», «O’rmonga mеva tеrgani bordik», «qosilni yiqamiz» va boshqalar) aks ettirayotgan bo’lsa, unda logoritmik mashqulotda P.I.Chaykovskiyning «Yil fasllari. Kuz» musiqasini eshitish, pеdagog ijrosida M.Prishvin, V.Biankaning asarlari bo’yicha kuy dеklmatsiyalari, kеtayotgan poеzd, mashinaga taqlid qiluvchi qarakatlarni qayta ishlash; dalada sabzavotli qutilarni mashinaga tashish va sabzavot do’konida mashinadan tushirish vaziyatlarida muskullar tonusini tartibga soladigan mashqlar va boshqalar kiritiladi. Logopеd bolalarni mashg`ulot mavzusiga shunday kiritadiki, u bir syujеt bo’yicha o’tsin, logoritmik vositalar esa bir birini almashtirib syujеtni ochib bеradi. Logopеdik mashg`ulotlar qam logoritmik mashqulotlar qam o’qitish-o’rgatish xususiyatidan iborat. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling