O’zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi namangan viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o`rgatish milliy markazi
Download 106.5 Kb.
|
2.1модул ишчи дастур
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAKTABGACHA, BOSHLANG`ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI KAFEDRASI “Maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlar”
- Tuzuvchi : R.Aliyeva - Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchi: N.Karimova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA`LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYAT PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O`RGATISH MILLIY MARKAZI “TASDIQLAYMAN” PYAMO`MM o’quv va metodik ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari __________X.Eraliyev “___” ________ 2023-yil MAKTABGACHA, BOSHLANG`ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI KAFEDRASI “Maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlar” moduli bo`yicha ishchi o`quv dasturi Malaka toifa yo`nalishi: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari Tinglovchilar kontingenti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari Namangan-2023 Mazkur ishchi o‘quv dastur Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 19-iyuldagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining tayanch o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 236-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari malakasini oshirish kursining tayanch o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqildi. Tuzuvchi: R.Aliyeva - Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchi: N.Karimova- NamDU.Pedagogika nazariyasi va tarixi kafedrasi katta o`qituvchisi,PhD Namangan viloyat PYAMO`MM Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri v.b: ___________ G.Karimova O`quv jarayonini tashkil etish bo`limi boshlig`i: ___________ Z.Xolmirzayeva Kursning mazkur ishchi o‘quv dasturi Milliy markaz Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasining 2023-yil -yanvardagi navbatdagii ___-son yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan va markaz Ilmiy-metodik Kengashining 2023-yil -yanvardagi navbatdagi ___-son yig‘ilishi qarori bilan foydalanishga tavsiya etilgan. Kirish Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son, “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF–6108-son Farmonlari shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ–3955-son, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash mexanizmlarini nazarda tutadi. Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosati, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari, pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik yondashuv, o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish, Maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlar, Maktabgacha ta’limni tashkil etishning zamonaviy usullari va vositalarini o‘z ichiga oladi va ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Dastur doirasida berilayotgan mavzular maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari va o‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini ta’limning zamonaviy va innovatsion texnologiyalaridan xabardor qilish, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etishga tayyorlash va kasbiy kompetensiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi. Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling