O’zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi namangan viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o`rgatish milliy markazi


Download 106.5 Kb.
bet2/6
Sana24.02.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1226260
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.1модул ишчи дастур

Kursning maqsadi va vazifalari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining malaka oshirish kursining maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini yangilash va mustahkamlash, mustaqil amaliy faoliyatda qo‘llash, malaka talablari asosida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini o‘rgatish;
– maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini o‘qitishda ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va xorijiy tajribalarga tayanish;
– maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini kognitiv va kreativ fikrlash, intellektual va pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish;
– maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik, intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy rivojlanishlarini ta’minlash;
– maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga samarali tayyorlash usul va vositalarini tanlash, amaliyotda qo‘llash, takomillashtirish asosida variativ dasturlar ishlab chiqishga amaliy tayyorlash;
– ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda integratsion yondashuv faoliyatini amalga oshirish;
– maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini innovatsion yondashuvlar asosida uzluksiz rivojlantirish.
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:
“Kasbiy rivojlanish bloki”, “Mutaxassislik fanlar bloki” va “Tanlov fanlar” o‘quv bloklari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Malaka oshirish kursi 144 soatni tashkil etadi. O‘quv yuklamasi haftasiga 36 soat etib belgilangan. Malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan va Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.


Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling