O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Nutq haqida ma’lumot, eshitishda nuqsoni bolgan bolalar nutqini va talaffuzini rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 68.78 Kb.
|
Mohinur K ishi
1.2. Nutq haqida ma’lumot, eshitishda nuqsoni bolgan bolalar nutqini va talaffuzini rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Nutq kishilarning til vositasi orqali o‘zaro muloqot va aloqa qilish jarayonining tarixiy tarkib topgan shaklidir. Og‘zaki nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida, nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo‘ladi . Nutq tug‘ma qobiliyat emas, bu imkoniyat shaklida har insonda mavjud bo‘lib, u bolaning ontogenezida jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir davrda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o‘rganish uchun bolalar nutqining ma’lum meyorda rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi obektiv va subektiv sharoitni, shuning bilan birga bolalar nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilishimiz zarur. Rivojlanayotgan nutq dastlab muomala, belgilash vositasi sifatida chiqadi, keyinchalik fikrlash va fikrlarni bayon etish quroliga aylanadi, insonning xulq-atvori va faoliyatini tashkil etadi. Bola nutq bilan birga taqlid va sintezning yuqori ruhiy shakllariga, borliqni umumlashtirgan tarzda aks ettirish, o‘z niyatlari va harakatlarini anglash va boshqarish qobiliyatlariga ega bo‘ladi.S.A.Zikov fikricha, nutq bola ruhiyati shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘lib, rivojlanishida nuqsoni bor bolaning rivojlanish qonuniyatlarini tushunish va unga maxsus ta’sir etish usullarini aniqlash uchun uning ahamiyati yanada oshadi. Nutq to‘g‘risidagi hozirgi tasavvurlar uni miya qobig‘ining har biri nutq jarayonining u yoki bu tomonini ta’minlaydigan qator zonalarining birgalikdagi ishiga tayanadigan murakkab funksional tizim sifatida qarash imkonini beradi. R.M. Boskis, Y.G.Rechiskaya ilmiy-tadqiqotlarida nutqni harakatlantiruvchi va akustik analizatorlarning birgalikdagi ishi nutqning psixofiziologik asosini tashkil etadi. Nutqning psixologik strukturasiga kelganda esa, shuni aytish mumkinki, nutq ikki darajada — so‘zning moddiy asosini taminlab beruvchi sensomotor darajada va so‘z hamda gaplarning ma’nosi va mohiyati darajasida amalga oshiriladi. Har ikkala daraja ham, har bir darajaning barcha bo‘g‘inlari ham o‘zaro yaqin aloqada bo‘ladi degan fikrlar e’tirof etiladi. Nutqning bizning hayotimizdagi ahamiyatini baholash juda qiyin. Muloqot vositasi sifatidagi nutq bir vaqtning o‘zida biz uchun fikrlashning muhim quroli bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, nutq insonning muhim ruhiy funksiyasi hisoblanadi. Nutqiy muloqot faqat insongagina xos bo’lgan odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqa usullarini yaratadi va shu tufayli bilish faoliyatining oliy shakllari rivojlanadi. Nutqning meyorida va nuqsonli rivojlanish muammosi umumiy va maxsus pedagogikada o‘rganib chiqilgan. R.M. Boskis ta’kidlashicha, bola ijtimoiy va biologik omillar asosida nutqni egallaydi, ulardan birining buzilishi yoki yetishmasligi nutq patologiyasiga olib keladi. U yoki bu nutq buzilishi bor bola atrofdagilarning nutqini tushuna olmaydi va o‘zi ham gapira olmaydi. Maxsus korreksion-pedagogik ta’sirsiz bolaning har tomonlama ma’naviy, jismoniy, nutqiy rivojlanishini va maktabga tayyorlashni ta’minlab bo‘lmaydi Defektolog-olimlarning tadqiqotlarida A.S.Vigotskiyning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan anomal bolalar ruhiyatining rivojlanishi normal bola rivojlanishida kuzatiladigan asosiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi degan qoidasi katta ro’l o‘ynaydi. L.S.Vigotskiyning ilmiy-metodologik konsepsiyasi anomal bolalarni, xususan nutqida buzilishlari bor bolalarni maxsus o‘qitish va tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishga yordam berdi. L.S.Vigotskiy defektologiya muammolariga nuqtai nazarining umumiy tizimida quyidagilarni yetakchi sifatida ko’rsatish mumkin: anomal bolalarni ruhiy rivojlantirishning muhim imkoniyatlari g‘oyasi; anomal bolalar rivojlanishiga ijtimoiy ta’sirlarning, xususan pedagogik ta’sirlarning hal qiluvchi ro’li to‘g‘risidagi qoida; patologik rivojlanayotgan bola shaxsining shakllanishida jamoa faoliyatining (o‘quv, o‘yin, mehnat) yetakchi ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa. Bola ruhiyatining shakllanishiga nutqdagi kamchiliklarning ta’siri to‘g‘risidagi fikr qo‘llab-quvvatlandi va rivojlantirildi. Bundan tashqari, tadqiqotlarda u yoki bu nutq buzilishlari bolada ijtimoiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarish to‘g‘risidagi fikr ham o‘z aksini topdi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish yoki oldini olish bolaning tengdoshlari bilan muloqotini yòlga qo‘yish, uni jamoa faoliyatiga qo‘shilishiga yordam beradi. Ilmiy g‘oyalar nutq patologiyasining turli shakllarini o‘rganishda muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Nutqni normal egallashning individual xususiyatlari va umumiy qonuniyatlari nutq buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘qitish metodikasi va dasturlarini oqilona tuzishda juda muhimdir. Bu shu bilan tushuntiriladiki, buzilgan analizator funksiyasini ushbu funksiyaning normal rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olmay turib tiklab bo‘lmaydi. L.M.Bikova, Y.Y.Vishnevskaya kabi tadqiqotchilar nutqni eshitish deganda bolaning ayrim tovushlarni va ularning so‘zdagi ketma-ketligini eshitish qobiliyatini, yani so‘zni tovush yaxlitligida qabul qilish va nutq mazmunini tushunish qobiliyatini tushunadilar. F.A.Rau, F.F.Rau kabi surdopedogog-tadqiqotchilar esa nutqni eshitishni insonning maxsus psixolingvistik qobiliyati deb qaraydilar, bunda nafaqat uning qabul qilish (o‘zlashtirish), balki qayta ifodalash (eslash) funksiyasiga alohida ahamiyat beradilar. Nutqni eshitish nutq qobiliyatining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, har qanday qobiliyat kabi u ham rivojlanadi, takomillashadi va oxir-oqibatda tilning fonologik vositalarini va umuman nutq madaniyatini o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Eshitish buzilishlari his-tuyg‘u (emotsiya) va iroda sohasining buzilishiga olib keladi, nutq rivojlanishiga halaqit beradi, maktabda o‘qishga tayyorlashga ta’sir ko‘rsatadi, savodxonlikni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi. Shu munosabat bilan zaif eshituvchi va zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.Barcha nutq buzilishlari korreksiyaga muhtoj, uni imkon qadar erta boshlash zarur. I.P.Pavlov qayd qilib o‘tganidek, “hech narsa bir joyda qotib, ta’sirlarga berilmay qolmaydi, har doim yaxshi tomonga o’zgarishi mumkin, faqat tegishli shart-sharoitlar amalga oshirilsa bo’lgani”. Eshitishdagi patologiya sababli nutq buzilishi bo’lgan bolalarning nutqi ko‘pincha normal rivojlanishdan ortda qoladi, bu uning intellektual qobiliyatlari va his-tuyg‘ulari takomillashmasligiga olib keladi, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlanishiga to‘sqinlik qiladi. Yuqorida qayd qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, bolalarning nutqi rivojlanishi va uni to‘g‘irlashga bolalar bog‘chalaridayoq alohida ahamiyat berish zarur. Bu ko‘proq maktabgacha yoshdagi katta bolalarga taalluqlidir, chunki, birinchidan, ularni maktabda o‘qishga imkon qadar jiddiy tayyorlash zarur, chunki nutqning rivojlanganligi — bolalarning maktabda o‘qishga tayyorligining muhim mezonidir; ikkinchidan, maktabgacha yoshdagi katta bolalar o‘z nutqlaridagi kamchiliklarni tushuna boshlaydilar, bu esa ularning ruhiy va his-tuyg’ulari holatiga salbiy ta’sir etadi va aksariyat hollarda tengdoshlari va kattalar bilan muomalada mushkulliklarga olib keladi.Demak, nutqning asosiy funksiyalaridan biri — kommunikativlik buziladi, bu nutqning rivojlanishiga yanada ko’proq to‘sqinlik qiladi. Eshitish buzilishini va tallaffuz malakalarini erta korreksiyalash muammosining ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish va shu bilan birga maktab yoshdagi bolalarning barcha toifalari uchun tabaqalashtirilgan maxsus maktab muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab o‘qitish va tarbiyalashning korreksion tizimlarini yaratish maqsadlarida kompleks eksperimental tadqiqotlarni tashkil etish — bu defektologiyaning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, Eshitishida nuqsoni bòlgan bolalar rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini izlash jarayonida qonuniy tarzda shakllandi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun korreksiya ishlari dasturi u yoki bu malakalarni va bilimlarnigina emas, balki bolaga zarur va u uchun yangi bo‘lgan anglash, funksiyaning zararliligini kamaytirish, anomaliya rivojlanishini to‘g‘irlash vositalarini shakllantirishga, ikkilamchi buzilishlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam berishi zarur. Korreksiya ishlari kelajakda to‘laqonli shaxsni shakllantirish, uni jamiyatda mehnat qilishga tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak . Talaffuz malakalarini buzilishi —zaif eshituvchi bolalardagi nutq nuqsonining eng ko‘p uchraydigan shakllaridan biridir, Eshitishning buzulishida analizatorlar yoki intellektning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lmagan butun nutq tizimining shakllanishi buziladi.Talaffuz malakalarini nuqsonlarini bartaraf etishda maktabgacha tarbiya muhim rol o‘ynaydi, chunki bola hayotining bu davri psixologik rivojlanishning ko‘plab tomonlari, sensor va motor sohasining shakllanishi uchun sinteziv hisoblanadi. Bu davrda barcha ruhiy funksiyalar o‘zining optimal rivojlanish yo’lini otadi, o‘zaro aloqalarda ham umuman ongda murakkab tabaqalanish yuz beradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tabaqalashtirilgan tarzda tarbiyalash va o‘qitish tizimining ilmiy asoslarini yaratish turli nutq nuqsonlarini har tomonlama chuqur o‘rganishni talab etadi. G.A.Gursov,Ya.T.Speshnov,I.Ya.Seleznov eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni nutqining nuqsonlarni erta korreksiyalash muammosini ishlab chiqish va shu munosabat bilan maktab yoshdagi barcha toifadagi eshitishda nuqsoni bòlgan bolalar uchun tarbiyalash va o’qitishning korreksion tizimini yaratish maqsadida kompleks eksperimental tadqiqotlar olib borishni tashkil etish — defektologiyaning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishning yo‘llarini izlash jarayonida shakllandi. Bu yo‘nalish eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ish olib borishning taxminiy dasturini taklif etadi, bunda ishlab chiqiladigan dastur faqat u yoki bu malaka va bilimlarni shakllantirishgina emas, balki bola uchun zarur bo’lgan yangi bilish, funksiya buzilishdan yetadigan zararni kamaytirish, rivojlanishdagi umumiy anomaliyani korreksiyalash vositalarini shakllantirish, ikkilamchi nutq buzilishlarining oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashishi zarur. Barcha korreksiya ishlari kelajakda to‘laqonli shaxsni shakllantirish, uni jamiyatda mehnat faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bog‘langan nutqni rivojlantirishni o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u boshidanoq nutqiy faoliyatning spesifik shakli sifatida rivojlana boshlaydi.Kar o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan barcha talablar bog‘langan nutqga ham aloqador shuningdek bu talablarni amalga oshirish uchun ish turlari zarurdir. Ularning bari maktab dasturida bayon etilgan. Kar o‘quvchilarni bog‘langan nutqga o‘rgatishning barcha bosqichlari asosiy maqsadga bo‘ysunadi: ularda mustaqil, ijodiy mantiqan qurilgan fikrlashni va shu asosida aniq ifodali bog‘langan nutqni rivojlantirish (og‘zaki va yozma). Bunday katta va murakkab maqsadga erishish yo‘lida o‘qituvchi bog‘langan nutqni rivojlantirish bo‘yicha butun ish tizimini chuqur va oldindan o‘ylab olish lozim, uni rejalashtirishi talab etiladi (yarim yilga yoki bir yilga) Tizim o’z ichiga bolalarni yosh xususiyatlariga ega bo‘lgan barcha ish turlarini olishi lozim Download 68.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling