O’zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 184.64 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi184.64 Kb.
#1643235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
48 Mamatqulova G Kurs ishi (2)

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro`y berayotgan tub o`zgarishlar davlatimizning oldiga ta’lim tizimini rivojlantirish bilan bog`liq muhim masalani qo`ydi. Ijtimoiy hayot tubdan o`zgargan bir sharoitda ta’limning yangi texnologiyalari va usullarini qo`llash asosida bu tizimni jadal rivojlantirish talab etiladi. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim tizimini tubdan isloh qilish uni rivojlantirishning strategik yo`nalishlarini belgilab bergan. Shundan kelib chiqib xujjatda shaxskadrlar tayyorlash tizimining asosiy sub’ektiv va ob’ektiv sifatida qaraladi, demak, Respublikada amalga oshiralayotgan o`zgarishlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi – inson, uning barkamol rivojlanishi hisoblanadi. Bizning asosiy maqsadimiz ta’lim jarayonini shaxsning hayotiy qiziqishlarini qondirishga, umumiy madaniyatini shakllantirishga, uning jamiyat hayotiga moslashuvi, ta’lim va kasbiy dasturlarni ongli ravishda tanlay olishi hamda o`zlashtira olishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun shaxsni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashga shakl va metodlarni ishlab chiqish, ma’rifiy ishlarni rivojlantirish, uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari, xususan boshlang`ich ta’lim sifati, ularning madaniy va ma’naviy-axloqiy darajalariga talabni oshirish o`quv-tarbiya jarayonini eng yangi o`quv-metodik to`plamlar, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan to`la ta’minlash zarur.
Respublikamizda maktabgacha ta`lim tizimida ham tub islohatlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, bolalar ta’lim-tarbiyasining takomillashtirish, ularning mazmuni, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi xujjatlar pedagogika texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bormoqda. O`tmish davriga xos iqtisodiy murakkabliklarga qaramay, ta’limning moddiy negizi mustahkamlanib bormoqda.
Respublika Prezidenti va hukumatining ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko`nikmalar berish, ularni ona-Vatanga, milliy isiqlol g`oyalariga sadoqat ruxida tarbiyalash borasida ko`rsatilgan doimiy g`amxo`rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o`zgardi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan og`zaki adabiyotlarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish , zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta ahamiyat berildi.
Ta’lim-tarbiya berish jarayonida xalq og`zaki ijodidan foydalanish ham juda samarali o`rin egallaydi. Shunday ekan, xalq og`zaki ijodini o`rganish boshqa ijtimoiy fanlar kabi pedagogika tarixini o`rganish uchun ham g`oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki “Xalq pedagogikasi asta-sekin xalq ommasi ichida tarkib topa boradi va xalq ijodining topishmoq, matal, maqol, ertak, doston va qo`shiq kabi yodgorliklarida aks ettiriladi”. Xalq ommasining turmush faoliyat jarayonida to`plangan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlar yig`indisi xalq pedagogikasining mazmunini ifodalaydi. Ya’ni xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining hamon yoshlarni kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib yetishtiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo`lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirsh bobida qo`llanib kelingan usul vosita, ko`nikma va malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida to`plangan bilim va ma’lumotlar yig`indisidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og`zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o`tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlar – pedagogik ijodlari yig`indisidir. Biroq bu pedagogik ijodlar yig`indisi pedagogika Fani uchun ilmiy pedagogika bo`la olmaydi. U pedagogika fanining predmeti, muhim tekshirish ob’ektidir. Ma`naviyatni o’sib kelayotgan yosh avlod ongida shakllantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz vositasida har tomonlama tarbiyalab borish O’zbekistonning har bir fuqarosining mas`uliyatli burchi va vazifasi hisoblanadi.
Tarbiya oldindan ma`lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, bolaning ulg`ayishida muhim ahamiyatga egadir. Jamiyatdagi tajribani o’zlashtirishda hal qiluvchi holat bolaning o’ziga, uning faolligi, tashqi muhit bilan o’zaro munosabat doirasiga bog`liq.

Download 184.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling