2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad –bo‘lajak o‘qituvchilarida elektr maydoni va dielektriklar magnitizm va elektomagnitizm, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok qonunlarini va ularga mos turli masalalarning yechimlariga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakillantirishdir.
Fanning vazifasi - elektr toki, elektr kuchlanish, elektr quvvat, elektr energiyasi, elektr maydoni va dielektriklar magnitizm va elektomagnitizm, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok qonunlarini amalda qo‘llash xaqida talabalarga bilim berishdir.
II. Nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-Kirish. “Elektrotexnika”ning fan va texnikaning
rivojlanishidagi roli. O‘zgarmas tok qonunlari.
O‘zgaruvchan tok, uni xosil qilish, uzatish va taqsimlash. O‘zgaruvchan tokning effektiv va o‘rtacha qiymatlari. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv, induktiv va sig‘im qarshiliklar. Vektor diagrammalar. O‘zgaruvchan tok zanjirlari uchun Om qonunlari. Ketma-ket va parallel ulangan elementlar uchun qarshiliklar va quvvatlar uchburchaklari. Tok va kuchlanishlar rezonansi. Ketma-ket va parallel rezonans ularga tegishli ifodalar. Elektromagnit to‘lqinlarining qabul qilishdagi rezonans hodisasining axamiyati. Quvvat koeffitsenti va uning ahamiyati.
2-mavzu. Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlari.
Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlari. Sinusoidal elektr yurituvchi kuch hosil qilish.Sinusoidal o‘zgaruvchan tok haqida asosiy tushunchalar: amplituda, davr, chastota, faza. Magnit maydondagi o‘tkazgich. Elekromagnit induksiya qonuni. O‘zgaruvchan tokning effektiv va o‘rtacha qiymatlari. Tok, kuchlanish va EYuKning effektiv qiymatlarini ifodalarini keltirib chiqarish va grafiklarini taqqoslash.
3-mavzu. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida Sinusoidal elektr yurituvchi kuch hosil qilish. R.L.C elementlari.
O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik. Aktiv iste’molchi bo‘lgan ideal o‘zgaruvchan tok zanjiri sxemasi va vektor diagrammasi. Zanjir uchun oniy tok, kuchlanish va quvvat. Zanjirdagi tokning o‘rtacha aktiv va to‘la quvvatlparining formulalari va grafiklari. Om qonuni.
O‘zgaruvchan tok zanjirida induktiv qarshilik. Induktiv qarshilikli idel zanjir. Sinusondal o‘zgaruvchan magnit maydoni, induktivlik kaltagida induksiya EYuKni hosil qilish. Zanjir uchun oniy tok, kuchlanishi va quvvat ifodalari, ularning grafiklari va vektor diagramma. Om qonuni
Sigim qarshilikli o‘zgaruvchan tok ideal zanjir uchun oniy tok, kuchlanish va quvvat, ularning grafiklari va vektor diagrammalari. Om qonuni.
O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv va sigim qarshiliklar. R va C bo‘lgan ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjir, vektorlar diagrammasi. Kuchlanishlar va qarshiliklar uchburchagi. Zanjir uchun Om qonunining ifodasi.
O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv va induktiv qarshiliklar. R,L Bo‘lgan ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjir, vektorlar diagrammasi. Kuchlanishlar va qarshiliklar uchburchagi.Zanjir uchun Om qonunining ifodasi.
Tarmoqlangan va tarmoqlanmagan o‘zgaruvchan tok zanjirlari. Parallel ulash sxemasi. Tarmoqlangan va tarmoqlanmagan zanjirning aktiv reaktiv va to‘la quvatlarining ifodalari. Om qonunining ifodasi.
O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv, reaktiv va sig‘im qarshiliklar. R,L va S bo‘lgan ketmii-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri, vektorlar diagrammasi,kuchlanishlar,
Qarshiliklar va quvvatlar uchburchaklari. Tok va kuchlanishlar rezonasi. Ketma-ket va parllel rezonans ularga tegishli ifodalar. Elektromagnit to‘lqinlarining qabul qilishdagi rezonans xodisasining axamiyati.
|