O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga xizmatga nomzodlarni qabul qilish tartibi


Download 28.37 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi28.37 Kb.
#1575765
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Milliy Gvardiya


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga 
xizmatga nomzodlarni qabul qilish tartibi
Nomzodlarni Milliy gvardiya bo‘linmalariga xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi.
Nomzodlarni xizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi, suhbat);
b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
v) psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
g) tibbiy ko‘rik;
d) maxsus tekshiruv.
Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar
Saralashda O‘zbekiston Respublikasining o‘rta yoki o‘rta maxsus (kasb-hunar) yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Bunda, erkak jinsidagi nomzod O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (o‘tayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qishni tugatgan bo‘lishi, shuningdek harbiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi kerak.
Xizmatga qabul qilishda nomzod bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
erkak jinsidagi nomzodlar uchun – 175 santimetrdan past bo‘lmasligi;
ayol jinsidagi nomzodlar uchun – 170 santimetrdan past bo‘lmasligi.
Ushbu belgilangan talablar tor doiradagi mutaxassisliklarga ega shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Quyidagi hollarda, saralashning istalgan bosqichida nomzodni xizmatga qabul qilish rad etilishi mumkin:
belgilangan talablarga javob bermasa;
nomzodga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, unga nisbatan dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ish sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa (bunday holatlarda nomzodning xizmatga qabul qilinishi masalasini qayta ko‘rib chiqish jinoiy ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi);
jazo chorasidan va amnistiya qo‘llanilganidan qat’iy nazar nomzod sodir etgan jinoyati uchun ayblov hukmi mavjud bo‘lsa;
nomzod muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy xizmatchining nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganligi sababli xizmatdan bo‘shatilgan bo‘lsa;
nomzod o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilgani aniqlanganda;
nomzod belgilangan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganda.

Download 28.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling