Nomzodning hujjatlarini rasmiylashtirish va xizmatga qabul qilish
Dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psixologik o‘rganishdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Milliy gvardiya tomonidan belgilanadigan maxsus tekshiruvdan o‘tkaziladi.Maxsus tekshiruv talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi. Maxsus tekshiruv natijalariga ko‘ra, xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlarga yozma ravishda xabarnoma yuboriladi. Saralash natijalariga ko‘ra xizmatga kiruvchilar uchun belgilangan talablarga muvofiq deb topilgan nomzodga Milliy gvardiya bo‘linmalari kadr organlari tomonidan shaxsiy yig‘majild rasmiylashtiriladi. Saralashdan o‘tgan nomzodning shaxsiy yig‘majildi xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qilish uchun bo‘ysunuv bo‘yicha tegishli rahbariyatiga taqdim qilinadi. Bunda tibbiy ko‘rik xulosasining amal qilish muddati inobatga olinishi lozim. Saralash yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar bo‘sh lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda xizmatga qabul qilinadi.
Maxsus antropometrik parametrlar tatbiq etilmaydigan mutaxassisliklar
RO‘YXATI
I. Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar:
1. Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat.
2. San’at yo‘nalishida: aktyorlik san’ati, vokal san’ati, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya.
3. Kino-teleoperatorlik.
4. Psixologiya.
5. Jurnalistika.
6. Moliya.
7. Yurisprudensiya.
8. Portlatish ishi.
9. Kompyuter texnologiyalari va informatika.
10. Arxitektura va qurilish.
11. Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari.
12. Veterinariya.
13. Davolash ishi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya.
II. Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlar:
1. San’at yo‘nalishida: vokal san’ati, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya.
2. Veterinariya.
Do'stlaringiz bilan baham: |