O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga xizmatga nomzodlarni qabul qilish tartibi


Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari


Download 28.37 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi28.37 Kb.
#1575765
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Milliy Gvardiya

Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari
1. Nomzod suhbatga kirish uchun Nomzodni dastlabki o‘rganish komissiyasiga og‘zaki shaklda murojaat qiladi. Bunda nomzod suhbat boshlanishidan oldin komissiyaning mas’ul a’zolariga o‘zini tanishtirishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni komissiya kotibiga ko‘rsatishi lozim.
2. Suhbatni boshlashdan avval nomzodga xodimning huquq va majburiyatlari, xizmatni o‘tash bilan bog‘liq shartlar va imtiyozlar tushuntirilishi hamda nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor yoki yo‘qligi aniqlanishi lozim. Nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor bo‘lgan taqdirda suhbat o‘tkazilishi kerak.
3. Har bir nomzod bilan suhbat yakka tartibda o‘tkaziladi.
4. Nomzodni dastlabki o‘rganish komissiyasi a’zolari suhbatga kirgan har bir nomzodga uning ma’lumotidan kelib chiqqan holda 10 ta savol beradi.
5. Nomzodga berilgan savollarga javob berishi uchun o‘n daqiqagacha umumiy vaqt taqdim etiladi.
6. Nomzodga savol bergan O‘rganish komissiyaning har bir a’zosi nomzodni uning javoblariga ko‘ra umumiy baholaydi.
7. Agar nomzod to‘g‘ri, ishonch bilan 50 foiz va undan yuqori ma’lumotlar hajmini keltirib javob bersa, ijobiy baholanadi. Agar u noto‘g‘ri, ishonchsiz, 50 foizdan kam hajmdagi ma’lumotlar hajmini keltirib javob bersa, salbiy baholanadi.
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish metodikasi
1. Nomzodlarning Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
2. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod komissiyaning mas’ul a’zolariga o‘zini tanishtiradi, bunda nomzod o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishi lozim.
3. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari komissiya a’zolari tomonidan tushuntiriladi.
4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablar erkak
va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
5. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
6. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga bo‘linadi:
a) erkak jinsidagi nomzodlar:
1-guruh: 30 yoshgacha bo‘lganlar;
2-guruh: 30 yoshdan – 35 yoshgacha bo‘lganlar;
3-guruh: 35 yoshdan – 40 yoshgacha bo‘lganlar;
b) ayol jinsidagi nomzodlar:
1-guruh: 25 yoshgacha bo‘lganlar;
2-guruh: 25 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lganlar;
3-guruh: 30 yoshdan – 35 yoshgacha bo‘lganlar;
4-guruh: 35 yoshdan – 40 yoshgacha bo‘lganlar.
7. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
to‘sinda (turnikda) tortilish yoki tiralib yotgan holda qo‘lni bukish
va rostlash (vazni 90 kilogrammdan kam bo‘lgan nomzodlar turnikda tortilish mashqini bajaradi. Vazni 90 kilogramm va undan ortiq bo‘lgan nomzodlarga tiralib yotgan holda qo‘lni bukish va rostlash mashqini bajarishga ruxsat beriladi.)
100 metrga yugurish;
3 kilometrga yugurish.
8. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1 kilometrga yugurish.
9. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.
10. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishi “qoniqarsiz” baho bilan baholangan nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik mashqlarini shu kunning o‘zida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan biri qoniqarsiz baholanganda, nomzodga navbatdagi mashqlarni bajarishga ruxsat berilmaydi. Qoniqarsiz baholangan nomzod, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Quyidagilar to‘sinda (turnikda) tortilish mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak to‘sin (turnik) poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° ga ko‘tarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
12. Quyidagilar tiralib yotgan holda qo‘lni bukish va rostlash mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
tiralib yotish (oyoqlar birga, tana to‘g‘ri holatda);
ko‘krak yerga tiralguncha qo‘llarni bukish, qo‘llarni rostlash, tiralib yotish holatiga qaytish;
mashqni to‘xtovsiz amalga oshirish.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
13. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yo‘lakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Start” komandasi bo‘yicha start olish chizig‘iga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi bo‘yicha tananing og‘irligini oldinda turgan oyoqqa o‘tkazish, gavda va boshni oldinga egish, qo‘llarni tirsakka bukish;
“Marsh” komandasi bo‘yicha yugurishni boshlash.
14. 3 va 1 kilometrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga o‘tgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.
15. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi. Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi. Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi;
qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qo‘llar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel
va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
16. Nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
“a’lo” – uchta mashqdan “a’lo” baholangan yoki ikkita mashqdan “a’lo” qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan bo‘lsa;
“yaxshi” – uchta mashqdan “yaxshi” bahodan past bo‘lmagan yoki ikkita mashqdan “yaxshi”, qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan bo‘lsa;
“qoniqarli” – agar baholarning ikkitasi “qoniqarli” bo‘lib, qoniqarsiz baho bo‘lmasa;
“qoniqarsiz” – agar baholardan biri “qoniqarsiz” bo‘lsa yoki nomzod, jismoniy tayyorgarlik mashqlarning bittasini bajarishdan voz kechgan bo‘lsa.
17. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. 
18. Mazkur metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq bo‘yicha “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi.

Download 28.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling