O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi
PQ-3808-son qaroriga ilova
Muqaddima.
I. Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
II. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish.
III. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish.
IV. Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash.
V. Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish.
VI. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar.
III. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish.
1. Oilaning reproduktiv salomatligiga va demografik rivojlanishiga doir masalalarni, oilalarning farovonlik va xotirjamlik darajasini kompleks tadqiq etish hamda muammolarni omilli asosda tahlil qilish.
2. Nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish tizimini takomillashtirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning, tug‘ma nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish.
3. YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha yagona yondashuvni ishlab chiqish va o‘quv dasturlarini tizimlashtirish, oilaning oqilona reproduktiv axloqini va oilani rejalashtirishni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish.
4. Oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, voyaga etmagan farzandlarni, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalarni, shuningdek, yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish.
5. Oila a’zolarini tadbirkorlik asoslariga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni, kasanachilikni, hunarmandchilikni, yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish. Voyaga etmagan farzandlarni, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalarga o‘zlariga tegishli er uchastkalaridan samarali foydalanishida ko‘maklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |