O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


Download 493.41 Kb.
bet2/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

SO‘Z BOSHI


Ushbu “Harbiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlari, shartnoma asosidagi ofitser va serjantlar tarkibi, bo‘linmalar komandirlari hamda ularning harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun mo‘ljallangan. Harbiy xizmatchilarni tarbiyalash o‘ziga xos og‘ir, mas’uliyatli jarayon hisoblanib kelingan. Ofitserlarning faoliyati serqirra. Ushbu serqirralikda asosiy e’tibor shaxsiy tarkibni o‘qitishga va tarbiyalashga yo‘naltirilganligidir. Ofitserlar har doim harbiy xizmatchilarni o‘qitishda, tarbiyalashda asosiy bosh subyekt hisoblanib kelingan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Har bir harbiy xizmatchi ofitser darajasiga yetibdi, ofitser bo‘lib shakllanibdi, demak albatta ularda pedagogik mahorat shakllanadi. Ofitser kursantlarni, umuman olganda, harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda bosh subyekt sifatida doimo o‘zlari ham tarbiyalanib, shakllanib borishadi. Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi. Shuning uchun kursantlarni o‘qitish va tarbiyalash ofitserlar kasbiy faoliyatining asosini tashkil etadi.
“Harbiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi hali takomillashishi va qo‘llanma darajasidan darslik darajasida yozilishi lozim deb hisoblaymiz. Bizningcha, har bir ofitser, harbiy xizmatchi ushbu o‘quv qo‘llanmani o‘qish orqali o‘zlariga zarur bo‘lgan pedagogik bilimlarni olishi mumkin.


J.Boybutayev,
O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi Harbiy-texnik instituti
Axborot-tahliliy faoliyat kafedrasi
boshlig‘i, harbiy fanlar bo‘yicha
falsafa doktori

KIRISH


Harbiy pedagogika umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi bo‘lib, eng avvalo, harbiy xizmatchilarni, ofitserlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Harbiy pedagogika XX asrning boshlaridan harbiy ta’lim muassasalarida fan sifatida rasman o‘qitila boshlandi. Fanning maqsadi, vazifasi, tamoyillari, usul va uslublari yuzaga keldi. Harbiy pedagogikaning obyekti, predmetining o‘ziga xosligi ushbu fanning mohiyatini ochib beradi.
Harbiy pedagogika harbiy xizmatchilarni o‘qitish jarayonida tarbiyalab boradi, ularni tarbiyalash jarayonida bilvosita o‘qitib ham boradi. Harbiy pedagogikani fan sifatida diapozoni juda ham kengdir. Harbiy pedagogika flotdagilarga, quruqlikdagilarga, fazo bilan bog‘liq xizmat olib boradigan harbiy xizmatchilarga ham bevosita o‘qitiladi.
Harbiy pedagogikani nafaqat nazariy, shu jumladan amaliy jihatdan bilish har bir komandirga, tarbiyachilarga, yoshlar ittifoqi yetakchilariga kerak. Harbiy pedagogikani o‘qitish harbiy xizmatchilar orasida differensial yondashishni talab etadi. Ayniqsa, mansabi, harbiy unvoni, qo‘shinlar turi va ularning o‘ziga xosligi ham bunda katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu fan Harbiy-texnik institut ofitserlari va kursantlari uchun mo‘ljallangan. “Harbiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi har bir ofitserning, harbiy xizmatchining stoli ustida foydalanadigan qo‘llanmasiga aylanishi lozim, deb o‘ylaymiz.
O‘quv qo‘llanma fanning o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, beshta bobni o‘z ichiga qamrab olgan, shundan I-IV boblari pedagogika fanlari doktori, dotsent R.M.Maxmudov va V bobi o‘qituvchi G‘.Z.Ikmatullayev tomonidan yozilgan.


Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling