O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


I BOB. HARBIY PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA


Download 493.41 Kb.
bet3/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

I BOB. HARBIY PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA

1-§. Harbiy pedagogkaning obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va kategoriyalari


Harbiy pedagogika harbiylik kasbi yuzaga kelgandan boshlab shakllana borgan va asta-sekin fan sifatida o‘qitila boshlagan. Harbiy faoliyatning tarkibiy qismlarini shaxsiy tarkibning harbiy tarbiyasi va harbiy o‘qitish jarayoni tashkil etadi. Harbiy tarbiyaning asosini esa shaxsiy tarkibni albatta jangovar faoliyatga tayyorlash va tarbiyalash tashkil etadi. Harbiy tarbiya avvalo har bir harbiy xizmatchining shakllanishiga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Harbiy tarbiyaning genezisi (kelib chiqishi) birdan yuzaga kelgan emas, balki harbiy jarayonlar va amaliyotdagi xatti-harakatlar orqali shakllana borgan. Vaqt, davr o‘tishi bilan harbiy xizmatchilarni tarbiyalash, o‘qitishga zarurat yuzaga kelgan. Tarbiyaning asosini hayotiy tajriba, maqollar, shaxsiy o‘rnaklar, qahramonliklardagi taqlidlar yuzaga keltira boshlagan. Harbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltirish harbiylarning jangga kirgan vaqtdagi va boshqaruvidagi kamchiliklar, tajribasizliklar, o‘quvsizliklar harbiy pedagogikaning yuzaga kelishiga va harbiy ta’lim va tarbiyani rasman yo‘lga qo‘yishga majbur etgan. O‘qitish va tarbiyalash avvalombor yo‘riqnomalarda (ko‘rsatmalarda), nizomlarda, buyruq va boshqa yozma manbalar orqali yo‘lga qo‘yilgan va bular keyinchalik qisqa kurslarda o‘qitilgan va oliy harbiy bilim yurtlaridagi o‘qishlarda o‘z aksini topa boshlagan.
“Harbiy pedagogika” fan sifatida shakllanishidan avval ham bir qancha o‘ziga xos to‘siqlardan o‘tib kelgan. Ayniqsa, bu fanning rivojlanishiga bir qancha harbiy sarkardalar o‘z hissasini qo‘shishgan va Harbiy pedagogika va psixologiyaning yuzaga kelishiga yaqindan yordam berishgan. Masalan: Davlat arboblari va sarkardalar Pyotr I, A.V.Suvorov, M.I.Kutuzov, D.F.Ushakov, S.O.Makarov, M.I.Dragomirov, G.K.Jukov, K.K.Rokosovskiy, I.S.Konev, S.M.Budenniy, P.S.Ribalko, M.N.Tuxachevskiy, Vasilevskiy va boshqalar.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Harbiy pedagogika alohida fan sifatida shakllana boshladi. Masalan: Harbiy qo‘mondonlar M.V.Frunze, M.N.Tuxachevskiy, I.E.Yakir va boshqalarning tajribasidan Harbiy pedagogika fanida keng foydalanishgan. Ikkinchi jahon urushidagi qozonilgan g‘alaba Harbiy pedagogikani yangi pog‘onaga ko‘tardi. Ushbu fanlarning maqsadi, vazifasi, kerak bo‘lsa predmeti va obyektini o‘zgartirdi. Ushbu fanlarning rivojlanishiga va shakllanishiga harbiy pedagoglar A.B.Bazakov, G.D.Lukov, V.A.Barabanshikov, N.F.Fedenko, V.P.Davidov, V.I.Gerasimov, V.I.Vdovyuk, V.Ya.Slepov, V.I.Xalzovlar o‘z hissalarini qo‘shishdi. Eng asosiysi, bugungi kunga kelib Harbiy pedagogika fan sifatida yangi bosqichga ko‘tarildi.
Harbiy pedagogika barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarida, boshqaruv akademiyalarida rasman fan sifatida o‘qitila boshlandi. Masalan: S.M.Budenniy nomidagi harbiy universitetda, Mixaylovskiy artilleriya akademiyasida, A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy kosmik akademiyada, Sankt-Peterburgdagi Ichki ishlar vazirligining harbiy ichki qo‘shinlar instituti, Harbiy-dengiz akademiyasida, Sankt-Peterburg Ichki ishlar vazirligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasida Chirchiq oliy harbiy tank-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil-muhandislik bilim yurti (bugungi kunda faoliyati tugatilgan), Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirgi Qurolli Kuchlar akademiyasi), Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti (hozirda Harbiy-texnik institut) va boshqa harbiy bilim yurtlarida hamda O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida harbiy kafedralar ochildi va harbiy pedagogika fan sifatida o‘qitildi. Ularda oliy ma’lumotli harbiy mutaxassislar tayyorlandi va tayyorlanmoqda.
Harbiy pedeagogikaning ob’yekti, predmeti, kategoriyalari, tamoyillari va mazmuni yuzaga keldi. Harbiy pedagogikaning obyekti – harbiy xizmatchilar va harbiy jamoa. Predmeti esa – harbiy-pedagogik jarayon. Shuningdek, o‘qitishdagi pedagogik jarayon, ta’lim-tarbiya, harbiy xizmatchilarni va harbiy jamoani harbiy xizmat vazifalarini bajarishga tayyorlash. Harbiy pedagogika bu umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Harbiy pedagogika fan bo‘lishi bilan birga, bu harbiy tarbiya san’ati hamdir. Chunki harbiy xizmatchilarni tarbiyalash bu mahorat va san’atlar yig‘indisidan iboratdir.
Harbiy tarbiya o‘zining mohiyatiga ko‘ra, bilimlardan tashqari harbiy qobiliyatni, mahoratni ham talab qiladi. Harbiy-pedagogik jarayon esa ikki qismdan iborat. Birinchisi ilm, ikkinchisi amaliy faoliyat, ya’ni o‘qitish va tarbiyalashning jamlanmasi. Pedagogikaning elementlari jarayon sifatida insonlarning xatti-harakatlarida o‘zining aksini topadi. Ta’limni shaxslar hayotining qaysi bosqichida olishidan qat’i nazar, baribir ular dunyoqarashining shakllanishiga qaratilgan bo‘ladi. Umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi bo‘lgan Harbiy pedagogika etnopedagogika va etnopsixologiya fanlari bilan ham bog‘liqdir. Etnopsixologiya fan sifatida Harbiy pedagogika fanining takomillashuviga xizmat qiladi.
Etnopedagogika esa avvalo, harbiy xizmatchilarning dunyoqarashi, Vatanga, burchga, xalqiga bo‘lgan e’tiqodini namoyon qiladi. Etnopedagogikada har bir xalqning Vatan uchun o‘zining sog‘lig‘ini, hayotini tikishi, harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazifalaridan iboratdir. Etnopedagogikaning o‘ziga xos xususiyati, tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, avvalo harbiy shaxslarning qaysi qanday oilada tarbiyalanganligi, urf-odati, an’analarining ta’siri ham muhim hisoblanadi. Harbiy pedagogika pedagogikaning boshqa sohalaridan shunisi bilan farq qiladiki, Harbiy pedagogika harbiy xizmatchilarni o‘qitish bilan birga, o‘qitish davrida kasbiy-amaliy faoliyatga ham tayyorlab, tarbiyalab borishadi. Masalan: harbiy xizmatchi naryadga tushadi, jamoat tartibini saqlashga jalb etiladi, ularni turli og‘ir vaziyatlarda xizmat qilishga tayyorlab boriladi. Harbiy pedagogika fan sifatida eng avvalo, Harbiy pedagogikaning metodologiyasiga suyanadi. Masalan: bular Harbiy pedagogika tarixiga, o‘qitish nazariyasiga (harbiy didaktika), harbiy xizmatchilarni tayyorlash nazariyasiga, oliy harbiy maktab pedagogikasi, harbiy tayyorgarlikning xususiy metodikasi.
Harbiy pedagogikaning predmeti uning kategoriyalarida namoyon bo‘ladi. Kategoriya bu – tarbiya, rivojlanish, ta’lim, mustaqil ta’lim, pedagogik jarayon, pedagogik hamkorlik, pedagogik ta’sirlardan tashkil topgan. Harbiy tarbiya keng va tor ma’noda tushuniladi. Ya’ni, keng ma’nodagi harbiy tarbiya deganda, harbiy xizmatchini bevosita va bilvosita tarbiyalash. Bunda tarbiya intellektning bir maqsadga qaratilganligi, intellekt orqali harbiy xizmatchilarni hayotga mehnat orqali tarbiyalashdan iboratdir. Tor ma’noda esa, harbiy tarbiya bir maqsadga qaratilgan tizimli ravishda harbiy shaxsga ta’sir ko‘rsatishdir. Undan tashqari, tor ma’nodagi harbiy tarbiya ma’lum bir tarbiyaviy vazifalarni bajarishdan iboratdir. Tor va keng ma’nolardagi harbiy tarbiyaning ham maqsadi bitta – harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
O‘zini o‘zi tarbiyalash jarayon sifatida harbiy xizmatchini ongli ravishda bir maqsadga qaratilgan jarayoni hisoblanadi.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling