O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


Harbiy pedagogikaning kategoriyalari


Download 493.41 Kb.
bet4/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

Harbiy pedagogikaning kategoriyalari
Harbiy pedagogika fani pedagogikaning boshqa turlari kabi o‘zining kategoriyalariga ega. Masalan:
Harbiy-pedagogik jarayon – bu komandirlarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyati bo‘lib, bu faoliyat bir maqsadga qaratilgan va maxsus tashkil etiladi. Harbiy-pedagogik jarayon komandirlar, shtab ofitserlari, tarbiyaviy tizimdagi ofitserlar, jamoat tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
Harbiy xizmatchilarni tarbiyalash – bu shunday jarayonki, harbiy xizmatchilarning rivojlanishiga, shakllanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi, natijada harbiy xizmatchilarda harbiy xizmatga munosabat, qarashlar o‘zgaradi, kasbiy ongi shakllanadi.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish – bu bir maqsadga qaratilgan o‘zaro hamkorlik jarayoni bo‘lib, boshliqning qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarga kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka berishidir.
Harbiy xizmatchilarni psixologik tayyorlash – bu harbiy xizmatchilarni harbiy-kasbiy faoliyatni bajarishga tayyorlash va psixik turg‘unlikni shakllantirishdan iborat.
Harbiy xizmatchilarni kasbiy jihatdan rivojlantirish – bu harbiy xizmatchilarning son va sifat, psixik, intellektual, jismoniy, kasbiy o‘zgarishlarini o‘rganish orqali ularni kasbiy jihatdan rivojlantiradi.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish – bu jarayon bo‘lib, harbiy xizmatchilarni tizimli o‘qitish orqali ularda ko‘nikma, malaka hosil qilishga harakat qilinadi. Harbiy ta’limning maqsadi – harbiy xizmatchilarning xizmat vazifalarini, burchlarini samarali bajarishlariga yo‘naltiriladi. Harbiy pedagogikada yuqoridagi maxsus kategoriyaldan tashqari quyidagi kategoriyalardan foydalaniladi. Ofitserning kasbiy-pedagogik madaniyati, o‘zini o‘zi tarbiyalash, harbiy xizmatchilarning o‘z ustida ishlashi orqali bilim olishi.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish – bu jarayon sifatida ta’lim oluvchi bilan ta’lim beruvchini o‘zaro hamkorligi natijasida bilim, malaka, ko‘nikmalarni hosil qildirishdan iboratdir. Ta’lim beruvchi pedagog o‘zining mohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi (1997 yil 29 avgustdagi) qonunining 5-moddasiga asosan faoliyat olib boradi. Ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchining o‘zaro ijobiy hamkorligining asosida samarali tarbiyaviy faoliyat yuzaga keladi. Harbiy o‘qitish bilan harbiy tarbiyaning farqi shundan iboratki, o‘qitish jarayon sifatida ma’lum bir maxsus subyektlar tomonidan tashkil etilgan va ma’lum vaqtni, ma’lum bir vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladigan kompleks jarayondir. Harbiy tarbiya esa albatta bir maqsadga qaratilgan, lekin ma’lum maxsus subyektlar tomonidan va turli ma’lumotga ega, turli yoshdagi jinsdagi shaxslar tomonidan olib boriladi. Harbiy tarbiya harbiy ta’limga o‘xshab tizimli ravishda olib borilmaydi. Harbiy tarbiya xizmatchilar orasida uyda, ko‘chada, mahallada, ishxonada, kechqurun, ertalab, tushlik vaqtida va kerak bo‘lsa kechqurun uxlash vaqtidan oldin ham olib boriladi. Harbiy tarbiya vaqt, joy, kerak bo‘lganda, muhit tanlamaydi.
Harbiy ta’lim bu – pedagoglar tomonidan maxsus tashkil etilgan, ma’lum bir maxsus dasturlar asosida o‘qitiladigan, ma’lum bir vaqtni, jarayonni o‘z ichiga oladigan, yangi innovatsion texnologiyalar asosida olib boriladi. Ta’lim orqali harbiy xizmatchilar tarbiyalanadi va dunyoqarashi o‘zgarib shakllantiriladi.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling