O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


Harbiy xizmatchilarning faoliyatida harbiy pedagogikaning ahamiyati


Download 493.41 Kb.
bet7/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

Harbiy xizmatchilarning faoliyatida harbiy pedagogikaning ahamiyati.
Harbiy ofitserlarning kasbiy faoliyatidagi samaradorlik eng avvalo ofitserning pedagogik madaniyatga egaligi, pedagogik ko‘nikma, bilim, qobiliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Pedagogik bilimlar ofitser uchun quyidagi hollarda zarur hisoblanadi.

  1. qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarga harbiy tayyorgarlikni samarali tashkil etishda;

  2. qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni savodli o‘qitishda, harbiy tayyorgarlik jarayonida jangovar holatlar haqida to‘liq ma’lumot berib borishda;

  3. harbiy xizmatchilarni psixologik-axloqiy jihatdan Vatan himoyasiga tayyorlashda;

  4. qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarning jipsligini ta’minlash, kuchli harbiy intizomni yuzaga keltirishda;

  5. ichki tartib-intizomga rioya etish va bo‘ysunish, harbiy xizmatchini sutkalik naryadga tayyorlashda;

  6. harbiy xizmatchilarda kasbiy bilimlarni takomillashtirish va kasbiy mahoratini shakllantirishda;

  7. shaxsiy kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirishning samarali yo‘llarini topishda.

Komandirlarning pedagogik bilimlarini takomillashtirish ham harbiy xizmatchilarni tarbiyalash jarayoni kabi dinamik xarakterga ega. Buning sababi harbiy pedagogikaning obyekti doimo o‘zgarib turadi rivojlanadi, shakllanadi. Demak, harbiy-pedagogik jarayonning shart-sharoitlari ham o‘zgarib turadi va o‘zgarib boradi.
Harbiy xizmatchilarning va ofitserlarning harbiy psixologik va pedagogik bilimlari davlat siyosati va davlat himoyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun uning o‘z metodologiyasi mavjuddir. Ushbu metodologiya esa bevosita pedagogikaning nazariyasi va metodikasiga suyanadi va uning asosiy elementlari quyidagilardan iboratdir:

  1. harbiy pedagogika va psixologiya fanining harbiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi;

  2. komandirlar tayyorlash tizimida harbiy pedagogika fanini o‘qitish va harbiy psixologiya faniga urg‘u berish;

  3. maxsus tashkil etiladigan yig‘inlar, seminarlarda harbiy pedagogik bilimlardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalanishi;

  4. ofitserlarning harbiy-pedagogik jarayonning amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etganligini tahlil qilish;

  5. harbiy ofitserlarning qo‘l ostidagilarni tarbiyalashda ilg‘or pedagogik tajribalardan foydalanish va tajriba orttirishlari;

  6. ofitserlarning psixologik-pedagogik bilimlarini boyitish ustida mustaqil ishlashlari;

  7. o‘quv markazlarda, o‘quv kurslarida, malaka oshirish jarayonida pedagogik-psixologik bilimlarni takomillashtirib borish.

SHunday qilib, harbiy ofitserlarning kasbiy psixologik-pedagogik bilimlarga ega bo‘lishlari, eng avvalo ularning pedagogik dunyoqarashi bilan bog‘liq va bu bilimlarni harbiy-pedagogik jarayonda qo‘llay olishlari esa qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarda Vatanga bo‘lgan muhabbatni shaklantirib borishga bevosita yordam beradi.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling