O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


O‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda kasbiy tajribaning etishmasligi


Download 493.41 Kb.
bet15/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

O‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda kasbiy tajribaning etishmasligi.
Ushbu qiyinchilik eng avvalo, harbiy-jangovar tayyorgarlik bilan va psixologik va pedagogik bilimlarni amaliyotda qo‘llashdagi muammolar bilan bog‘liqdir. Psixologik va pedagogik bilimlarning kerakli darajada etishmasligi funksional vazifalarni hal qilishda muammolarni keltirib chiqaradi. Kasbiy tajribaning etishmasligi albatta pedagogik ta’sir etish usullarini tanlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ushbu sanab o‘tilgan qiyinchiliklarning matonat bilan bartaraf etilishi albatta har bir ofitserning professional shakllanishiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganimizda, harbiy-pedagogik jarayonni takomillashtirishda hal qiluvchi rol komandirning kasbiy-pedagogik, huquqiy bilimlari bilan bog‘liqdir. Komandir tarbiyalovchi, shakllantiruvchi yo‘naltiruvchi imkoniyatlar egasi hisoblanadi.

II BOB. HARBIY PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODLARI

1-§. Empirik, pedagogik, nazoratdagi, nazoratsiz, bevosita, ochiq kuzatish, tabiiy va laboratoriya eksperimenti


Harbiy pedagogika sohasida ham ilmiy tadqiqot usullari barcha fanlar kabi o‘zining obyekti, predmetiga ega. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda harbiy pedagogika o‘zining maxsus yo‘nalishi, metodi va metodologiyasining mavjudligi bilan ajralib turadi.
Usul, uslub so‘zlariga pedagogikada, psixologiyada ko‘plab ta’riflar berilgan. Metod – ya’ni harbiy tadqiqot metodlari – harbiy o‘quv ta’lim jarayonining negizi. Metod harbiy ta’limda rejalashtirilgan maqsadni oxirgi xulosaga bog‘lovchi tarkibiy qism. U harbiy ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllarini vositalarini tizimini aniqlashga yordam beradi.
Harbiy pedagogikada tadqiqot usullari murakkab tushuncha. “Metod” – yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, tadqiqot, usuli, yo‘l demakdir. (Masalan tadqiqotni olib borishda maqsadga erishish usuli, yo‘li). Metod so‘zi falsafa lug‘atida maqsadga erishish usuli aniq tartibga solingan faoliyat deb aytilgan.35 Metod ta’lim jarayonida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishishda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi usul, yo‘l.
“Pedagogik ensiklopediya”da (1929 yilda nashr etilgan) “metod – oldindan belgilangan maqsadga erishish uchun qo‘llanilgan yo‘l” deb ta’riflanadi. Rus olimi M.A.Donilov va B.P.Esipov ta’lim metodini, o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyat usuli deb ta’riflaganlar. Hozir ko‘pchilik didaktika sohasidagi olimlar metodni o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayoni vazifalarini hal qilishga yo‘naltirilgan o‘zaro aloqa faoliyatlari sifatida ta’riflamoqdalar.36
Ilmiy tadqiqot usullari quyidagilarga bo‘linadi.
a) umumiylik usuli;
b) xususiy pedagogik usullar;
v) empirik va nazariy usullar;
g) tasdiqlovchi usullar;
d) son va sifat usullari;
e) mazmunli va norasmiy usullar;
yo) empirik materiallarni yig‘ish, tekshirish, inkor etish, tahlil qilish usullari;
j) materiallarni yozish usuli;
z) maxsus usullar;
i) tadqiqot natijalarini qayta ishlash usuli.37
Harbiy pedagogikada nazariy va empirik usullar doimo qo‘llaniladigan ishchi usul hisoblanadi.
Harbiy pedagogika tadqiqotlarda empirik usul asosiy usullardan biri hisoblanadi. Empirik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib empeiria-tajriba) ma’nosini anglatadi.
Emperizm ya’ni pedagogik jaryon qatnashchilarini amaliy jihatdan bilimiga qaratilgan bo‘ladi. Epmirik bilim nazariyaga ko‘proq yo‘l ochib beradi. Empirik jihatdan bilish, pedagogik metod bo‘lib, o‘tkazilayotgan tadqiqotni kengroq va chuqurroq bilishga, anglashga xizmat qiladi. Pedagogik tadqiqotni asosiy metodlarini quyidagilarga bo‘lib o‘rgangan.38
Pedagogik kuzatish, so‘rov-suhbat, anketa, test, intervyu pedagogik eksperiment, hujjatlar tahlili (kontent tahlil).
Kuzatish usuli. Kuzatish usuli pedagogik tadqiqotning metodi sifatida harbiy-pedagogik jarayonda qatnashchilarini bir maqsad yo‘lida yo‘naltirgan va tashkil etilgan ijtimoiy pedagogik jarayon hisoblanadi. Kuzatish usulining maqsadi, vazifasi, davomiyligi, obyektni tanlashi, predmeti va vaziyatlari hisobga olinadi. Kuzatishda vaqt, vaziyat olingan ma’lumotlar muhim hisoblanadi va barcha olingan va olinayotgan ma’lumotlar albatta qayd qilib boriladi.
Kuzatish usullarini quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganishimiz mumkin.
a) kuzatishning imkoni bo‘lgan va kuzatishning imkoni bo‘lmagan vaziyatlar;
b) kuzatuvchining o‘zini faoliyatda ishtiroki borligi yoki ishtiroki yo‘qligi;
v) ochiq yoki yopiq kuzatish;
g) tabiiy kuzatish yoki laboratoriya usullari orqali kuzatish;
d) doimiy kuzatiladimi yoki ahyon-ahyonda kuzatish.
Nazoratdagilarni kuzatish eng avvalo vaziyatni o‘rganadi, faktlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ushbu kuzatuvda tajriba usuli va yozib qayd qilish usulidan foydalaniladi. Nazoratdagilarni kuzatish eng avvalo pedagog –o‘rganayotgan shaxs bilan tanish bo‘lishi mumkin. Nazoratda bo‘lmagan shaxslarni kuzatish dastlabki kuzatish jarayonida amalga oshiriladi. Ushbu kuzatish jarayonida eng avvalo kuzatish jarayon bo‘lmaydi, kuzatuvchining kuzatishdagi mayda-chuyda xatti-harakatlari inobatga olinmaydi.
Ochiq kuzatish – bu harbiy xizmatchilarning xatti-harakati ochiq xarakterga ega bo‘lib kuzatilayotgan harbiy xizmatchini oldindan ogohlantirish mumkin. YOpiq kuzatishda harbiy xizmatchidagi zarur (kerak) bo‘lgan qiziqtirgan xususiyatlar kuzatiladi. Bunday kuzatishda harbiy xizmatchining, jamoadagi o‘rni, psixologiyasi albatta kuzatishning obyekti bo‘lishi mumkin. Kuzatuvda bevosita ishtirok etish bu voqea hodisani, nima bo‘layotganligini kuzatib borishdir.
Nazoratdagi kuzatuvda – vaziyatni oldindan nazoratga olishga harakat qilinadi va har bir holatlar qayd (registratsiya) qilib boriladi. Nazoratdagi kuzatuv ko‘p hollarda tajriba va yozib borish usullarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Olingan dalillar nazoratdagi kuzatuvning samarasini tashkil etadi. Nazoratga olinmagan kuzatuv muammo bilan tanishish jarayonida amalga oshiriladi. Nazoratsiz (rejasiz) kuzatuv ishlarini amalga oshishida kuzatuvchi shaxs uchun ataylab tuzilgan reja bo‘lmaydi.
Ochiq kuzatuv usulida harbiy xizmatchilar ogohlantiriladi. YOpiq kuzatuvda kuzatuvdagi harbiy xizmatchilar ular kuzatuv obyekti ekanligini bilmaydi. Bunday kuzatuv orqali harbiy xizmatchini, xizmatga bo‘lgan munosabatini, kasbga bo‘lgan e’tiborini bilishimiz mumkin. Ayniqsa jamoaga bo‘lgan munosabati va jamoadagi xatti-harakati o‘rganiladi.
Bevosita kuzatish – bu voqea-hodisani kuzatuvdagi jamoani, guruh ichida yurib kuzatadi. Tadqiqotchi boshqa shaxslardan ajralib turishi shart emas. Harbiy tayyorgarlikni amalga oshirishda kuzatuvchi harbiy shaxs tajribali bo‘lishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bilvosita kuzatish esa kuzatayotgan shaxs jamoada, guruhda ishtirok etib yurishi shart emas. Bilvosita kuzatish jarayonini amalga oshiruvchi shaxs kuzatishning maqsadi, vazifasini aniq bilib kuzatishi shart. Ko‘p hollarda bilvosita kuzatuvchi shaxs muammolarga o‘ralashib qolib maqsad esdan chiqib qolmasligi lozim.
Tabiiy eksperiment – bu tabiiy sharoitda yuzaga keladi va amalga oshiriladi.
Labaratoriya eksperimenti – bu suniy sharoitda amalga oshiriladi va faqat tabiiyni modellashtiradi. Kuzatishdagi sharoitni joyi, o‘tkazish vaqti, pedagog tomonidan belgilanadi. Bunday ishni tashkil qilishda qiziqtirayotgan masalaga chuqurroq yondashishni talab qiladi.
Kuzatishdagi tizimlilik doimo amalga oshirib boriladi. Odatda bunday kuzatish turida voqea hodisalar mayda-chuydasigacha e’tiborga olinishini talab qiladi. Bundan tashqari tasodifiy kuzatish usullari ham qo‘llaniladi. Tasodifiy kuzatish odatda rejalashtirilmaydi, lekin juda ko‘p axborot berish manbai hisoblanadi. Tasodifiy kuzatish o‘ta murakkab tadqiqot usuli hisoblanib, pedagoglardan chuqur bilim, kerak bo‘lsa jismoniy jihatdan katta kuch ham talab qilinadi. Pedagogik kuzatish metodlari quyidagi talablarga javob berish kerak bo‘ladi, ya’ni kuzatishda barcha xatti-harakatlar tabiiy bo‘lishiga yo‘naltiriladi, Kuzatishda maqsadni aniqligi, obyektivligi va natijalarni mantiqiy tahlili to‘g‘ri bo‘lishi talab etiladi. Ushbu usullarni qo‘llashda pedagog harbiy xizmatchilarni diqqatini o‘ziga tortishi (jalb etishi) man etiladi. Mazkur usullarni qo‘llashda tadqiqotlar o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilish talab etiladi.
Pedagogik tadqiqot usullarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, tadqiqotlar ba’zi hollarda ma’lum bir guruh, jamoa ustida olib borilsa, ikkinchi bir hollarda esa, butunlay notanish, begona obyektlar ustida olib borilishi mumkin.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling