O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika
Harbiy-pedagogik jarayonning tizim sifatida o‘ziga xosligi
Download 493.41 Kb.
|
Harbiy pedagogika
Harbiy-pedagogik jarayonning tizim sifatida o‘ziga xosligi
Harbiy-pedagogik jarayon tizim sifatida o‘ziga xoslikka ega. Uning mohiyatining o‘ziga xosligi bu avvalo harbiyning mehnati, harbiy kasbiy mahoratga ega bo‘lish har bir harbiydan mehnat, sabr, iroda talab qiladi. O‘z burchiga sidqidildan yondashmaslik yoki burchini bajarishni xohlamaslik Vatanga hiyonat darajasida tushuniladi va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Harbiy-pedagogik jarayon harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatida ofitserlar bilan hamkorlikda olib boriladi va amaliy faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. Harbiy bilimlar tizimi, ko‘nikma, mahorat bilan bog‘liq, harbiy bilimlar bevosita ularning kasbiy faoliyatini asosini tashkil etadi. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish, tarbiyalash va psixologik jihatdan tayyorgarlik shunday shakl va usullar orqali olib boriladiki, natijada kasbiy tayyorgarlikni samaradorligiga putur etkazilmaydi. Hech bir huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari harbiy xizmatchilarning o‘rnini bosa olmaydi va o‘rnini egallay olmaydi. CHunki, ularning maqsadi, vazifasi, obyekti, predmeti boshqa shaxslar hisoblanadi. SHaxsiy tarkibning savodliligi ularning harbiy-jangovar faoliyatida namoyon bo‘ladi. Masalan: texnikani bilish va ushbu bilimni faoliyatga qo‘llay olishi ham kasbiy bilimlarning mezonlaridan bir hisoblanadi. Harbiy faoliyat doimo zo‘riqish bilan bog‘liq, ya’ni kasbiy zo‘riqish esa shaxsiy sifatlar, iroda, tajriba, ko‘nikma bilan bog‘liqdir. Zo‘riqish hollari ayniqsa harbiy jangovar va favqulodda vaziyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Harbiy xizmatchilarda harbiy zo‘riqish pedagogik jarayonga, pedagogik faoliyatga bir tomondan salbiy jihatdan ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan harbiy xizmatchilarni pedagogik jarayondagi murakkab vaziyatlarni hal qila olishga o‘rgatadi. Harbiy-pedagogik jarayon o‘z mohiyatiga ko‘ra murakkab bo‘lishi bilan birga ko‘p bosqichli va ko‘p yo‘nalishga ega hisoblanadi. Harbiy xizmatchilar (pedagog mutaxassislar) o‘zining mohiyatiga ko‘ra tarbiya subyekti sifatida turli oilada tarbiyalangan, turli etnopsixologiyaga ega, turli yoshdagi va turli mutaxassisliklarga ega bo‘lgan obyektlar harbiy xizmatchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishadi, kerak bo‘lsa differensional yondashishadi. Harbiy pedagogika fan sifatida o‘ziga xos yana bir xususiyatga ega, ya’ni harbiy jamoani birlashtirish metodikasini, jamoaviy xarakterni shakllantiradi, jangovar vaziyatlarda bir-birini tushunish, bir-birini qo‘llash sifatini shakllanishiga yordam beradi. Harbiy-pedagogik jarayonda biron bir harbiy nafaqaga ketsa yoki boshqa bir hududga xizmatga yuborilsa, uning o‘rnini egallaydigan ofitserni tayinlaydi. SHundagina harbiy tarbiyadagi uzluksizlik yuzaga keladi. Harbiy tarbiyada ham barcha tarbiya jarayoni singari tanaffus bo‘lmaydi. Harbiy-pedagogik jarayonda tarbiya obyekti harbiy xizmatchilar, harbiy jamoalar bo‘lib, ularning har biri etuklik yoshida, o‘z dunyoqarashi, o‘ziga xos temperamentga ega bo‘lgan shaxslar hisoblanadi. Harbiy-pedagogik jarayonning o‘ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, avvalo jarayon bu siklli hisoblanadi. Sikllilik nimada namoyon bo‘ladi bu eng avvalo o‘quv yil bilan bog‘liq, o‘quv yili ham ikki qismdan iborat, ya’ni yozgi va qishki. SHuning uchun ham harbiy-pedagogik jarayonni tashkil etishda mavsumiylik ham muhim hisoblanadi. Download 493.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling