O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika
-§. Harbiy-pedagogik jarayonning vazifalari, mazmuni va mohiyati
Download 493.41 Kb.
|
Harbiy pedagogika
5-§. Harbiy-pedagogik jarayonning vazifalari, mazmuni va mohiyatiHarbiy-pedagogik jarayon – bu maxsus tashkil etilgan, bir maqsadga yo‘naltirilgan komandirlarning, shtab harbiy xizmatchilarini tarbiyalash tizimi bo‘lib, harbiylar va harbiylar jamoasining faoliyati jarayon sifatida bir maqsadga qaratiladi. Tinchlik davridagi harbiy-pedagogik jarayon – bu harbiy qism va bo‘linmalarda yuqori harbiy tayyorgarlikni saqlash orqali harbiy o‘qish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishdir. Harbiy-pedagogik jarayon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan xolda davlatni ichki va tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir. Harbiy-pedagogik jarayonning asosiy maqsadi –harbiy xizmatchilarni va harbiy jamoani ularga yuklatilgan vazifalarni urush va tinchlik davrida muvaffaqiyatli hal etish orqali Vatanni himoya qilish. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalashda har bir harbiy xizmatchida va harbiy jamoada yuqori jangovar holatni saqlab qolish ayniqsa jismoniy, axloqiy-psixologik holatni yuzaga keltirish va g‘alabaga yuqori iroda orqali erishishni yuzaga keltiradi. Harbiy-pedagogik jarayon tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1) harbiy-pedagogik jarayon tizimining vazifalari; 2) tizimining mazmuni 3) harbiy-pedagogik jarayon tizimini tashkil etish 4) ushbu jarayonning obyekti va subyekti Harbiy-pedagogik jarayonning vazifalari bevosita uning maqsadi bilan birdir, maqsad va vazifadagi birlik esa oldingi marraga erishishda juda ham qo‘l keladi. Asosiy vazifaga quyidagilar taalluqli: a) harbiy xizmatchini bir maqsad yo‘lida, ya’ni vatanparvar qilib tarbiyalash orqali uni professional harbiy etib shakllantiradi; b) harbiy xizmatchilarni harbiy, ijtimoiy, texnik, kasbiy bilimlar bilan qurollantirish orqali ularni turli kutilmagan vaziyatlardan to‘g‘ri chiqib ketishi turli nostandart holatlarni hal eta olish malakasini yuzaga keltiradi; v) harbiy xizmatchilarni ma’naviy, intelektual, jismoniy kuchga ega bo‘lishini ta’minlash; g) shaxsiy tarkibda hissiy-irodaviy hislatni shaklantirish, harbiy xizmatdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga psixologik tayyorlash; d) harbiy bo‘linmalarda Umumharbiy nizomlar asosida xizmatni tashkil etish, harbiy xizmatchilarda bir-biriga ishonish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash hissini yuzaga keltirish. Tizimning mazmuni quyidagi tarkibiy qismlardan iborat. Tarbiya, ta’lim, rivojlanish, psixologik tayyorgarlik, o‘zini o‘zi tarbiyalash va o‘zining dunyoqarashini takomillashtirish. Harbiy-pedagogik jarayonni tashkillashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi, ya’ni: harbiy-pedagogik jarayon; tayyorgarlikning turlari – harbiy, ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi avvalombor o‘quv mashg‘ulotlarda; jangovar xizmatning pedagogik jihatlari; madaniy-ommaviy sport va tarbiyaviy ishlar. Harbiy-pedagogik jarayonning vazifalarini obyekt va subyektning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati tashkil etadi. Harbiy-pedagogik jarayonning subyekti bu – eng avvalo komandirlar, shtab harbiy xizmatchilari, tarbiya tizimidagi ofitserlar, harbiy hisobdagi bosh mutaxassislar, serjantlar, jamoat tashkilotlari hisoblanishadi. Harbiy-pedagogik jarayonni tashkil etishda asosiy rolni harbiy qism komandirlari o‘ynaydi. Harbiy komandir shaxsiy tarkibni barcha tomonlariga javob beradi ya’ni hayotiga, sog‘lig‘iga va faoliyatiga. Harbiy-pedagogik jarayonning obyekti bu – harbiy xizmatchilar, harbiy jamoalardir. SHuni aytish kerakki, subyekt va subyektiv yondashish nuqtai nazaridan olib qaraganimizda barcha harbiy hizmatchilar, harbiy qism va o‘quv muassasalari harbiy subyektlarni tashkil etadi va bular harbiy-pedagogik jarayonning faol qatnashchilari hisoblanishadi. Harbiy jamoa pedagogik ta’sir etish obyekti hisoblanib, harbiy xizmatchilarni tarbiyalashga o‘z faoliyatini bir qismini yo‘naltiradi. SHuning uchun komandirlar tomonidan har bir jamoani va harbiy xizmatchining psixologiyasini o‘rganish talab etiladi. Download 493.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling