O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


II. Kursantlarning o‘qish jarayoni


Download 493.41 Kb.
bet20/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

II. Kursantlarning o‘qish jarayoni.
a) bilimlarni egallashda faollik ko‘rsatish;
b) harbiy yo‘nalishdagi yangi bilimlarga ega bo‘lish;
v) voqea hodisalarni tahlil qilish, xulosa qilishdan oldin taqqoslash, tartibga solish;
g)ta’limning qonun-qoidalarini bilish, anglash.
d) kursantlarning har biri o‘zlarini harbiy sohadagi bilish va ko‘nikmalarini to‘g‘ri tushunib anglashi;
e) kasbiy faoliyatida (xizmat faoliyatida) yuzaga keladigan turli favqulodda vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal qila olish;
j) o‘zlarining yutuqlarini mustaqil baholay olish.
Harbiy didaktika maxsus fan sifatida o‘z predmeti qonuniyatlariga ega bo‘lib, o‘qitish jarayonini natijalarini boshqa kasbiy jarayonlarning bir-biri bilan bog‘liqligini ilmiy va amaliy tahlil qiladi, eng asosiysi rejadagi va rejalashtirilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi aniq shakl va vositalarni aniqlaydi.
Harbiy didaktika o‘z tarkibiga ko‘ra barcha harbiy fanlarni va barcha darajadagi o‘qitish faoliyatlarini hamda barcha ta’lim tizimini qamrab oladi.
Harbiy didaktika o‘rgatish bilan bog‘liq ekan, albatta harbiy ta’lim, harbiy ta’limni maqsadi, harbiy ta’limni yoritib berishga yo‘naltirilgan.


Harbiy ta’limni tashkil etish quyidagi sxema asosida amalga oshirilishi ijobiy natijaga olib keladi, masalan:

Ushbu sxemada (jadvalda) asosiy bosqich ya’ni bilish, malakalar va ijodiy faoliyat tajribasidan tashkil topdi. Ushbu bosqichlarga takrorlash umumlashtirish ham kiradi. Jadvalning ettinchi qismi o‘rganish kerak bo‘lgan barcha bosqichlarda erishilgan yutuqni ta’minlaydi.


Didaktika Turkiston zaminida ham mavjud bo‘lgan, lekin didaktika deb nomlanmagan va o‘qish, o‘qitish ta’lim jarayoniga atama sifatida kiritilmagan bo‘lgan. Masalan VII asrdan XX asr boshlariga qadar yashab ijod etib dunyoga o‘z bilimi bilan mashxur bo‘lgan allomalar Abu Nars Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Jaloliddin Devoniy, Abdurauf Fitrat, Axmad Donish, Abdulla Avloniy, Qori Niyoziy kabi buyuk shaxslar yaratgan asarlarida didaktik qarashlar, fikrlar, o‘z ifodasini topgan edi, ammo didaktik ta’lim va uning xususiyati haqida bir butun asar yaratilmagan.
Didaktika tushunchasi Rossiya pedagogikasida qo‘llanildi. Rossiyalik pedagog V.S.Kukushkinning “Didaktika” nomli o‘quv qo‘llanmasida ta’kidlanganidek, polyak olimi Yan Amos Kamenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarini yozganidan buyon 300 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham haqiqiy borliq qonuniyatlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi ifodalangan ta’lim va bilim nazariyasi haqida asar yaratilmagan. V.Kukushkinning o‘quv qo‘llanmasida D.D.Okannar, L.V.Zankov, L.S.Vigotskiy, A.I.Raximov, I.T.Karsavin tomonidan yaratilgan asarlarni tadbiq etib, didaktik bilim ma’naviy-amaliy bilim tarkibiga kiritilganini aytgan. Ushbu fikrda jon bor, chunki gap o‘rganishmi, o‘rgatishmi yoki “didaktika” deb nomlanishda emas, aksincha uning mazmuni shaklini belgilaydi. Professor U.Maxkamov va A.Zunnunovlar 42 tomonidan yozilgan “Didaktika” o‘quv qo‘llanmasida ham didaktikaning ba’zi jihatlarini yoritib berishga harakat qilingan.
Harbiy didaktika o‘zining mohiyatiga ko‘ra harbiy xizmatchilarni o‘qitish va o‘rganishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Harbiy didaktikaning o‘ziga xosligi, masalan harbiy didaktikaning obyekt, predmet, maqsad va vazifasi pedagogikaning boshqa yo‘nalishlaridan farq qiladi, farq faqat nomlanishda emas balki obyekti, predmeti, maqsadi va vazifasida hamdir. Harbiy-pedagogik jarayonni o‘rganar ekanmiz avvalombor harbiy didaktika quyidagi vazifalarni hal etadi:

  1. harbiy ta’limdagi o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlarini, rivojlanishini asosiy jihatlarini o‘rganadi;

  2. harbiy xizmatchilarni o‘qitishning shakli, usullari, texnologiyalari, mazmunini belgilaydi;

  3. o‘qitishning samaradorligini baholaydi, o‘qitish usullarini shakllantirishga qaratilgan talablarni o‘rganadi. Ushbu vazifalarni hal qilish orqali o‘qitishning yangi metodik usullarini yuzaga keltirish mumkin.

Harbiy didaktika harbiylarni o‘qitishda o‘ziga xos pedagogik jarayon hisoblanadi va ularning asosiy vazifasi shaxsiy tarkib o‘rtasida doimo harbiy-jangovar tayyorgarlikni amalga oshirishga harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatdagi xalq, Vatan oldidagi burchiga Konstitutsiyamizga xizmat qilishga tayyorlab borish.
Boshqa tomondan harbiy ta’lim qiyin ijtimoiy pedagogik jarayon hisoblanadi va uning asosiy funksiyasi quyidagilardan iborat:
1) Ta’lim berish – harbiy xizmatchilarni harbiy bilmlar bilan qurollantirish, harbiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishini ta’minlash, o‘qiyotgan fan va bilimlar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishni ta’minlash, mantiqiy fikrlash va mustaqil muammolarni echishga o‘rgatish;
2) Tarbiya berish orqali – harbiy xizmatchilarda zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish, harbiy jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish.
3) Psixologik – harbiy xizmatchilarni favqulodda vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, har qanday dushman tomonidan kutilmagan xatti-harakatlariga qarshi tura olish va zarba berishdan iboratdir.
4) Rivojlantiruvchi – harbiy xizmatchilarda turli vaziyatlarda turli imkoniyatlarini ishga solib muammolarni hal qilishga aqliy, mantiqiy ijodiy jihatdan yondashish.
Bugungi kunda harbiy sohada yangi yo‘nalish ya’ni tadqiqotchilik (izlanuvchilik) yo‘nalishi ham yuzaga kelmoqda. Masalan: bu yo‘nalish universal hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayoni va tarbiya jarayonidagi o‘zgarishlarni ilmiy tahlil etishdan va o‘qitish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni kiritishdan iborat.
Harbiy pedagogikada didaktika harbiylarni o‘qitishni qonuniyatlarini, tamoyillarini asoslaydi va o‘qitishning shakl, usul, uslublari orqali shaxsiy tarkibni tarbiyalashga xizmat qiladi. Ushbu funksiyaning bari bir-biri bilan bog‘liq, bir-birining mazmunini to‘ldiradi, bir maqsad yo‘lida xizmat qiladi, lekin bularning orasida asosiy o‘rinni o‘qitish funksiyasi egallaydi.
YUqorida qayd etilgan funksiyalarnining birgalikda amalga oshirilishi pedagogikada kompleks yondashuvni yuzaga keltiradi, ya’ni harbiy xizmatchilarni to‘laqonli shakllanishiga xizmat qiladi.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish davlat, jamiyat va siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib hamda manfaatdor vazirlik va tashkilotlarning me’yoriy-hujjatlari asosida tashkil etiladi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari asosida o‘qitiladi.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
a) bilimlaridagi o‘ziga xoslik ko‘nikma, malaka, sifat jihatlarini harbiy xizmatchilarda shakllantirish, yuzaga keladigan har qanday xavfni bartaraf etish, agressiv vaziyatlar yuzaga kelganda ularni bartaraf qilish.
b) Umumharbiy nizomlarni o‘qish, o‘rganish faoliyatida qo‘llay bilish ularning xizmat burchidir.
g) bir vaqtning o‘zida harbiy xizmatchilar yakka tartibda o‘qitiladi va tarbiyalanadi, shuningdek jamoada va jamoa orqali tarbiyalanadi va o‘qitiladi.
d) harbiy xizmatchilarni o‘qitish amaliy xarakterga ega bo‘lib, doimo sinfda, laboratoriyada, kutubxonada o‘qitilmaydi, balki reja asosida harbiy-dala poligonida, suvda, quruqlikda, havoda o‘rgatiladi, tankadromda, aerodromda saf maydonida trenajyor zallarida, o‘q otish poligonlarida amalga oshiriladi, o‘qitiladi.
e) harbiy xizmatchilarni o‘qitish-o‘rgatishda ayniqsa poligonlarda, maxsus mashq maydonlarida, cho‘llarda, qir-adir, tog‘lik hududlarda real voqelikka yaqin qilib mashqlar tashkil etiladi.
Ushbu jarayon harbiylardan jismoniy chiniqish, psixologik tayyorgarlik, ko‘nikma, malaka va ulardan iroda talab etadi.
O‘qitish jarayoni Nizom asosida tashkil etiladi, buyruq, ko‘rsatma bo‘yicha amalga oshiriladi.
Harbiy didaktika ham harbiy pedagogikaning boshqa sohalari kabi ikki tomonlama jarayonga ega, ya’ni obyekt bilan subyektning mavjudligi obyekt doimo ta’sirga beriluvchi, ta’sir ostida buluvchi ma’nolarida (eshituvchi) tushuniladi. Subyekt esa tarbiyalovchiga ta’sir etuvchi ma’nolarda tushuniladi va faoliyat olib boriladi. O‘qitishda asosiy vazifani subyekt bajaradi. Harbiy xizmatchilarni o‘qitishning o‘zini ichki mantig‘i mavjud, ya’ni mantiq shundaki, nafaqat o‘qitishda yoki o‘qishda hamkorlik, shuningdek harbiy-kasbiy tayyorgarlikda ham hamkorlik. Undan tashqari, harbiy xizmatchi bir qaraganda auditoriyada o‘qigandek yozib chizadi, konspeklashtiradi, shuningdek mustaqil ta’lim darslarida o‘zlarini ustida ishlashadi Nizomni, buyruqlarni, ko‘rsatmalarni o‘zlarini ustida ishlash jarayonida dunyoqarashini kengaytirib borishadi.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling