O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


Hujjatlar tahlili pedagogik tadqiqotning usuli sifatida


Download 493.41 Kb.
bet18/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

Hujjatlar tahlili pedagogik tadqiqotning usuli sifatida.
Harbiy-pedagogik tadqiqotlarda hujjatlar tahlili keng qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Hujjatlar tahlili harbiy xizmatchilarning individual psixologik xususiyatlarini, pedagogik tavsifini o‘qishga, yozishga halaqit beradigan omillarni o‘rganishga yaqindan yordam beradi. Harbiy xizmatchilarni kasbiy faoliyatga moslashishiga harbiy ofitser bo‘lib shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganiladi, ayniqsa shaxsiy sifatlar bilan birga, kasbiy sifatlarni shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar ham o‘rganiladi.
Hujjatlar tahlilida harbiy xizmatchining ijtimoiy kelib chiqishiga asosiy e’tibor qaratilishi kerak, shuningdek etnopsixologiyasi, hududiy jihatdan yashagan joyi (qishlog‘i, katta, kichik, shaxarda yashaganligi, uni shakllanishida ijtimoiy muhit oila, maktab, ishlab chiqarish jamoasi, o‘rtoqlari, tengdoshlari) uni hayotidagi asosiy voqea, hodisalar o‘rganilishi lozim.
Pedagogik tadqiqotda kontent – tahlil usuli asosiy usullardan biri hisoblanadi. Bu usul orqali o‘rganayotgan muammomiz bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin.
Kontent – tahlil (ingliz tilidan olingan bo‘lib content –mazmun) degan ma’noni anglatadi, masalan zarur axborotga ega bo‘lgan matnlarni tahlil qilish, (video yozuvlar, intervyu, anketadagi ochiq savolga javoblar tahlili).
Ushbu tahlillarda shaxslarning voqea, hodisalarga munosabati tahlil qilinishi va shaxs bilan shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganiladi. Ushbu ilmiy usul mazmuning tahliliga ko‘ra bir qancha mezonlarga javob beradi. Masalan ma’lumotlarning obyektivligi, ishonchliligi, tasdiqqa egaligi. SHunday qilib pedagogik tadqiqotlarda sotsiologiyaning barcha usullaridan kompleks foydalanish tavsiya etiladi.
Harbiy-pedagogik jarayonda pedagogik tadqiqotlarning usullarini kompleks qo‘llash orqali harbiy xizmatchilarning indiviual-psixologik, biologik jihatlarini bilish mumkin. Usullarni kompleks qo‘llash orqali psixologik-pedagogik muammolarni echishning optimal yo‘llarini topish mumkin, hamda harbiy xizmatchilarning harbiy shaxsiy kasbiy sifatlarini rivojlanish dinamikasi aniqlanadi.


Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling