O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


V BOB. HARBIY XIZMATCHILARNING OILAVIY TARBIYASI


Download 493.41 Kb.
bet26/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

V BOB. HARBIY XIZMATCHILARNING OILAVIY TARBIYASI

1-§. Harbiy xizmatchilar oilalarini mustahkamlash va ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasidagi davlat siyosati


Oila davlatimizning rivojlanishida eng asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Har qanday shaxs oilada tug‘iladi, tarbiyalanadi, shakllanadi. “O‘zbekiston Respublikasida oilani rivojlantirishga global jarajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida qaraladi”59.
Jamiyat oilalardan tarkib topadi. Jamiyatning ma’naviy yuksalishi, moddiy taraqqiyoti va madaniyat saviyasi oilaga bog‘liq. “Jamiyat poydevorini, eng avvalo, boy va badavlat, mehnat qadrini biladigan, ma’naviy sog‘lom va madaniy saviyasi baland minglab va millionlab oilalar tashkil etadi”60.
Oila o‘zining mohiyatiga ko‘ra, avlodlarni davom ettiradigan ijtimoiy institut hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bo‘limi “Jamiyat va shaxs” deb nomlanib, ushbu bo‘limning XIV bobi “Oila”ga bag‘ishlanadi va 63-modda “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi” deyilgan. Demak, Konstitutsiyada oila a’zolarining huquqlari ham belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining oilalarini mustahkamlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Oilasidan ko‘ngli to‘q harbiy xizmatchi vataniga, xalqqa sidqidildan xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 24 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini yanada takomillashtirish va isloh qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarorda ana shu muhim masala ko‘zda tutilgan. ushbu qarorga muvofiq, harbiy xizmatchilar va ularning oilasini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish choralari belgilangan. shu jumladan, ular uzoq muddatli ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishi hamda malakali tibbiy xizmatdan imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin.
SHuningdek, qarorda rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni ish bilan ta’minlash masalasi ham o‘ziga xos o‘rin olgan. Mazkur hujjat ijrosi bo‘yicha Toshkent shahrida 18 ta, Toshkent viloyatida 8 ta, Sirdaryo viloyatida 2 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, egalariga topshirildi. Birgina 2017 yilning o‘zida zaxiradagi 200 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar tegishliligi bo‘yicha ta’lim muassasasalariga o‘qituvchi lavozimiga ta­yinlandi.
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, xususan ularni uy-joy bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning muhim jihatlariga to‘xtalar ekan, zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi turar-joylarni barpo etish va harbiylarimiz uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira sotib olishini ko‘zda tutuvchi dastur tasdiqlangani, unga muvofiq, 2017 yilda 1 ming 224 nafar harbiy xizmatchining oilasi uchun 56 ta uy-joy qurish mo‘ljallanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Birgina mana shu misolning o‘zi ham milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida inson omili yotganligi, Vatan himoyachilarining ijtimoiy himoyasi doimo davlatimiz e’tiborida ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning o‘zi beshta bo‘limdan iborat bo‘lib, ushbu bo‘limlar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan. Bular:
Umumiy qoidalar;
– Harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlarning asosiy maqsadi, yo‘nalishlari va vazifalari;
– Harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlarni shakllantirish tartibi;
– Harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlarni rejalashtirish tartibi;
– Yetakchi psixolog – harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqchilar majburiyatlari.
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibini harbiy-vatanparvarlik ruhida va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash
tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik qo‘llanma”61da harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va yoshlar bilan ishlashni milliy, ruhiy o‘ziga xosliklar, xalq urf-odatlari, an’analari, harbiy xizmatchilarning xizmat mavqei, bilim darajasi, ularning dinga munosabatini inobatga olgan holda olib borilishi, harbiy xizmatchilar oila a’zolarida – harbiy xizmatchi oila a’zosi ekanligidan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish, oilalarning mustahkamlanishi, farovonligi va ravnaqi uchun kurashish, turmush o‘rtog‘iga harbiy xizmat vazifalarini bajarishda ruhan va ma’nan yordamchi bo‘lish xislatlarini rivojlantirish nazarda tutilishi qayd etilgan.
SHuningdek, psixologlar va boy hayotiy tajribaga ega harbiy hamda harbiy bo‘lmagan xizmatchilar ishtirokida yoshlarga oila psixologiyasi, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan tavsiya, yo‘l-yo‘riq hamda maslahatlar berib borilishini ta’minlash Milliy gvardiya tizimidagi yosh oilalar bilan ishlashning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling