O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika
-§. Harbiy xizmatchilarning oilasini mustahkamlash, oilani saqlash uchun ba’zi bir metodik tavsiyalar
Download 493.41 Kb.
|
Harbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
4-§. Harbiy xizmatchilarning oilasini mustahkamlash, oilani saqlash uchun ba’zi bir metodik tavsiyalarturmush o‘rtoq tanlashda shoshilmaslik va adashmaslikni yosh harbiy xizmatchilarga tinimsiz uqtirish; agarda ajralish muqarrar bo‘lsa, vaqtni cho‘zmaslik va farzand ko‘rmaslikni tavsiya etish; ajralishda sud hukmini kutib, keyin uylanish; ajralishlda er-xotin o‘rtasida ijobiy munosabatni saqlab qolinishiga harakat qilish. Er-xotin ajralishi bolalari otasiz yoki onasiz o‘sishiga, ota va onadan ajralishiga olib kelmasligi kerak; ajralib ketgan ota-onalar farzandlariga sobiq turmush o‘rtoqlari to‘g‘risida salbiy ma’lumotlar berib, ular haqida salbiy tasavvur shakllantirishga harakatqilmasinlar, chunki bunday tasavvurning shakllanishi farzandlarning kelgusi hayotiga, shaxsiy oila munosabatlariga, qaynona-kelin munosabatlariga va farzand – ota-ona munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi; ajralish bu eng yaqin qarindoshlar taqdiriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini unutmaslik kerak. SHu sababli, asossiz yengil qarorlar chiqarishdan saqlanish. Bu borada katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ibratli kishilar bilan maslahatlashishni an’anaga aylantirishni qo‘llash kerak. Harbiylar oilasi o‘ziga xos ravishda turli ziddiyatlar va nizoli holatlardan iborat bo‘lishi tabiiydir. Lekin bu ziddiyatlarning bo‘lmasligi va oldini olishda ham o‘ziga xos qoidalarga rioya etish zarur: a) Turmush o‘rtog‘ining qiziqishi hamda ishlariga hadeb aralashmaslik va unga ishonish. Har qanday odamning hayotda o‘z qiziqishi va sevimli mashg‘uloti borligi tabiiydir. CHunki shu mashg‘ulot yoki qiziqish bilan band bo‘lish kishiga ko‘p quvvat bag‘ishlaydi. Lekin odamning shu ishi yoki faoliyatiga boshqalarning aralashuvi hatto turmush o‘rtog‘i bo‘lsa ham norozilik yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, dunyoga mashhur yozuvchi graf Lev Tolstoy bilan xotini dunyoda eng baxtli yashashlari mumkin edi. Tolstoy – boy-badavlat, mashhur yozuvchi edi. Asta-sekin boylikdan nafratlanib, o‘zi yozgan kitoblardan uyala boshladi. U barcha boyligini dehqonlarga bo‘lib berdi, yog‘och kosada ovqatlanish, chipta kovush kiyish, o‘z xonasini o‘zi yig‘ishtirishni odat qildi. Bularning hammasiga xotinining boylikka o‘chligi, pul, zeb-ziynatni yaxshi ko‘rishi sabab bo‘ldi. Xotini hatto Tolstoyning har br nashr qilingan kitobi uchun qalam haqqi – gonorarni talab qilardi, Tolstoy esa bundan nafratlanardi. Oqibat Tolstoy 82 yoshida sovuq oktabrning qorli tunida uyidan chiqib ketadi va 11 kundan keyin kichkina temir yo‘l stansiyasida vafot etdi. Uning so‘nggi vasiyati xotinining yoniga qo‘ymasliklari haqidagi iltimosi bo‘ldi. Xotini o‘z umrining so‘nggida, jon berayotib qizlariga aytgani “Otalaringning o‘lmiga men sababchi bo‘ldim”, - degan so‘zlar edi. Hozirgi keltirigan voqeada ayol kishining haddan ziyod turmush o‘rtog‘iga nisbatan talabchanligi, unga nisbatan o‘z xususiy buyumi yoki narsasi sifatidagi qarashi umr so‘nggida ana shunday afsus va nadomatlarga olib kelar ekan. b) Oilada mehr va muhabbatli bo‘lish, juftiga yashash imkonini berish! Hayotda shunday holatlar bo‘ladiki, er-xotin munosabatlarida e’tibor, g‘amxo‘rlik va xushmuomalalik sevgi, muhabbatga nisbatan ham o‘z ustunligini ko‘proq ko‘rsatadi. Oilaviy baxtga erishish uchun turmush o‘rtoqlarning mumkin qadar bir-biriga e’tiborli, g‘amxo‘r bo‘lishi borib-borib bu munosabat muhabbatga va sevgiga aylanishiga asos bo‘lar ekan. Nikohning muvaffaqiyati bu odamning o‘ziga loyiq odam topishigina emas, bu o‘zining ham shunday odam bo‘lishga qobil bo‘la olishidir. v) Tanqid qilmaslik! Insondagi asosiy hususiyatlardan biri o‘zini boshqalar tomonidan biror qilgan ishi yoki xatti-harakati uchun maqtov eshitishga hozirlik holati hisoblanadi. Tanqid esa, ayniqsa oila a’zolaridan kimdir tomonidan aytilsa, bu xuddi nayzadek jigar-bag‘rini ezishi, kishini hafa qilishi mumkin. Demak, agar oilaviy hayot baxtini saqlab qolish xohishi bo‘lsa, oila a’zolarini tanqid qilmaslik kerak. g) Hammani baxtli qilishning eng tez usulini bilish! Odatda odamlarda kim tomonidandir minnatdorchilik so‘zlarini va munosabatlarini kutish ehtiyoji mavjud bo‘lib, shuni amalga oshishi har qanday shaxsni o‘zini baxtli his qilishiga olib keladi. Erkaklar e’tibor bermaydigan bir fakt shuki, ayollar uchun eng muhim narsa kiyim hisoblanadi. 90 yoshga kirib ko‘zdan qolgan ayol ham hatto 40 yoshdagi rasmida qanday ko‘ylakda ekanligi bilan qiziqishi va eslashi mumkin. Erkaklar besh yil oldin qanday ko‘ylak kiyganligini umuman esidan chiqarib qo‘yishadi. Oilaviy baxtni saqlab qolish uchun oila a’zolari bir-biriga sidqidildan minnatdorchilik bildirishlari tavsiya etiladi. d) Diqqat e’tiborli bo‘lishni unutmaslik! Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ba’zan oddiy, mayda-chuyda odatlar: masalan “ ishga yaxshi borib keling”, “yaxshi borib keldingizmi” kabi so‘zlar, kutib olish, narsani darroq qo‘ldan olish kabi odatlar oilani mustahkamlashda katta ahamiyatga ega ekan. e) Baxtli bo‘lishni xohlash! Ayollar begona odamga xech qachon “Yana shu gapni qaytaryapsizmi? qancha qaytarish mumkin?” deb aytmaydilar. Hech qachon begona odamning cho‘ntagini, shaxsiy buyumlarini, xatlarini titkilamaydilar. Eng yaqin odamlariga esa bularning barchasini ravo ko‘rishlari mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, bizga eng qo‘pol, achchiq so‘zlarni gapiradiganlar o‘z oila a’zolarimiz hisoblanar ekan. Ba’zi odamlar o‘zining tushkun kayfiyatini hech qachon uyidagilarga bildirishmaydi. Ayrimlar esa ko‘chadagi barcha ko‘ngilsizliklar uchun bor dardlarini uyidagilarga to‘kib soladildar. j) Er-xotin munosabati masalalarida savodsiz bo‘lmaslik! “Oila” markazining tadqiqotlari natijalariga ko‘ra nikohning buzilishiga asosan to‘rtta omil sabab bo‘lar ekan: jinsiy nomutanosiblik; dam olish vaqtini qanday o‘tkazish fikridagi farq; moliyaviy qiyinchiliklar; psixik, jismoniy hamda emotsional buzilish. Bizningcha bular ham to‘liq omillar emas. E’tibor bering, jinsiy masala birinchi o‘rinda, moliyaviy masala esa faqat uchinchi o‘rinda turibdi. Hayotda quvonch va baxt his qilib yashashda, oilalarning mustahkam bo‘lishida ham bu masala muhimdir. Odamlarning aksariyati ma’lumotli hisoblangan hozirgi davrda ularning ko‘pchiligi ayni shu jinsiy masalada savodsiz ekanligi achinarli hodisadir. Doktor Batterfildning aytishicha: “Jinsiy munosabatlar er-xotinlikda qoniqish paydo qiladigan ko‘pgina omillarning bittasi hisoblanadi. Lekin shu narsa joyida bo‘lmasa, boshqa hech narsa joyida bo‘lmaydi”. Demak, oxirgi qoida: jinsiy munosabatlar haqida er-xotinlar o‘ziga xos ma’lumotlarga ega bo‘lishi, bir-birini psixologiyasini bilishga harakat qilishi lozim. Har bir oilada yangidan yangi tashvishu quvonchli hodisalar sodir bo‘lib turadi. Bir tomonlama ma’murchilik bo‘lsa, ikkinchi tomonda etishmovchilik bo‘ladi. Bir payt yaxshilik ketma-ket kelsa, boshqa payt noxushlik ustma-ust keladi. Bir zamon xatoga yo‘l qo‘yilsa, boshqa zamon yutuqlar qo‘lga kiritiladi. XULOSA“Harbiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasida harbiy pedagogikaga oid barcha ma’lumotlarni bitta o‘quv qo‘llanma darajasida yoritishning, qamrab olishning iloji yo‘q. Lekin, shunga qaramasdan, o‘quv dasturida ko‘rsatib o‘tilgan mavzularning barchasini yoritib o‘tishga harakat qilindi, shuningdek, harbiy pedagogika o‘quv dasturi mavzularining hajmidan tashqariga chiqishga ham majbur bo‘ldik. Pedagogika insonshunoslik (inson tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi) haqidagi yagona fan hisoblanadi, jumladan, harbiy pedagogika ham harbiy xizmatchilarni tarbiyalash, o‘qitish, shakllantirishga qaratilgan fandir. Harbiy pedagogika dinamik xarakterga egadir. SHuning uchun ham ushbu fanni o‘qish ofitserlar uchun ham juda ham muhimdir. Muhimligi shundaki, ularning kasbiy faoliyati harbiy xizmatchilar bilan bevosita bog‘liq. Pedagogik bilimlar inson ongini (harbiy xizmatchilar ongini) o‘zgartiradi, ularni pedagogika sohasini anglashiga yordam beradi. Harbiy didaktika fani orqali inson o‘zini o‘zi anglaydi, atrof-muhitdagi voqea-hodisalarga munosabati o‘zgaradi, safdoshlarini, yaqinlarini bilishga xizmat qiladi. Harbiy pedagogika fani harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatida uchraydigan har qanday qiyinchiliklarni fanning yutuqlaridan foydalangan holda engishga yaqindan yordam beradi. Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘zining mohiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ofitserlari va kursantlariga ularning qiyin kasbiy faoliyatida harbiy pedagogika, ta’lim-tarbiya sohasidagi bilimlarini boyitishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz. Har bir ofitser-pedagog, rahbar sifatida yillar davomida shakllanib borar ekan, ularning orasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan pedagog-izlanuvchilarning etishib chiqishiga bizda shubha yo‘q. Agarda, pedagog izlanuvchilar etishib chiqmaganda ham ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi kursantlari uchun harbiy-pedagogik bilimlarni, tarbiyani beruvchi qo‘llanmalardan biri hisoblanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmani mukammal darajada yozilgan deb ayta olmaymiz, bu qo‘llanmada ham ba’zi bir fanlardagi o‘quv qo‘llanmalari kabi kamchiliklar mavjud, bunga professionallar ko‘zi bilan qarash kerak bo‘ladi. “Harbiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi Milliy gvardiya kursantlari uchun zarur bo‘lgan, hali yana qaytadan to‘ldirilishi va mazmunan boyitilgan holda chop etilishi lozim bo‘lgan adabiyot hisoblanadi. Download 493.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling