O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


-§. Ofitserning pedagogik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish


Download 493.41 Kb.
bet25/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

2-§. Ofitserning pedagogik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish


Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalashda ofitserning pedagogik va kasbiy madaniyatini shakllantirish bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Avvalo, ofitserning o‘zida kasbiy madaniyat shakllangan bo‘lishi lozim. Kasbiy madaniyatni shakllantirish ko‘pgina omillarga bog‘liq.
Ofitser kasbiy madaniyatining shakllanishi o‘zining mohiyatiga ko‘ra bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi, ya’ni birinchi bosqich kursantlik davrida, ikkinchi bosqich kasbiy faoliyatida (amaliyotda xizmat qilib yurgan vaqtida), uchinchi bosqich malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonida hamda o‘z ustida mustaqil ishlash vaqtlarida.
Ofitser kasbiy faoliyatining shakllanganligi ularning kasbiy jihatdan etukligining mezonlaridan biri hisoblanadi. Kasbiy madaniyati shakllangan ofitserlarning xatti-harakatida faollik, harbiy jamoada ijobiy muhitni shakllantiradi. Ofitserda pedagogik madaniyatning shakllanishi davr talabidir.
Ofitser o‘zining kasbiy madaniyatini shakllantirishi uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Pedagogik madaniyat kasbiy madaniyatning bir bo‘lagi bo‘lib hisoblanadi. Pedagogik madaniyat o‘zining mohiyatiga ko‘ra, harbiy-pedagogik jarayon hisoblanadi. Ofitserning kasbiy madaniyatini shakllantirish o‘ta qiyin va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ofitserning kasbiy fikrlashi, nutq madaniyati, xizmat joyidagi madaniyati, pedagogik sezgisi, muomala madaniyati, kasbiy, axloqiy (etika) madaniyati, tashqi ko‘rinish madaniyati, pedagogik mahorati kabi omillar bilan belgilanadi.
Ofitser malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonida turli tarbiya usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib boradi, turli tarbiya usullarini o‘yin shaklidan foydalanib kasbiy mahoratini oshirib boradi.
Ofitser shaxsning pedagogik madaniyati eng avvalo, u tarbiya topgan, shakllangan muhitga ko‘p jihatdan bog‘liq, ayniqsa, ofitserning fe’l-atvori, temperamenti, qobiliyati pedagogik madaniyatini belgilaydigan mezonlardan biri hisoblanadi.
Harbiy xizmat – bu inson faoliyatining bir turi hisoblanadi va ushbu faoliyat doimo zo‘riqish (jismoniy), xaf-xatar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda inson taqdiri, uning hayotiga bo‘lgan xavf masalalari birinchi o‘ringa chiqib oladi. Ofitser favqulodda vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, qo‘l otidagilarni boshqarish, vahimaga tushmasligi uchun o‘qish va tarbiyalanish jarayonida yaxshi psixologik-pedagogik bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Bugungi kunda harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Masalan, elektron tir, harbiy texnikalarni multimediya vositalari orqali o‘rganish, kerak bo‘lgan vaqtlarda albatta haqiqiy jangovar texnika va qurol-yarog‘lardan foydlanish o‘zining ijobiy samarasini beradi. Ofitserning pedagogik madaniyatini shakllantirishda bevosita ularning harbiy xizmatchilarni voqea-hodisalarga pedagogik nuqtai nazardan ishontira olish qobiliyati ham muhim hisoblanadi. Kasbiy madaniyati shakllangan ofitserda “askarni tinglay olish” qobiliyati bo‘lishi kerak deydi, buyuk qo‘mondon K.K.Rokosovskiy.54 Ofitserdagi pedagogik madaniyatning shakllanganligini ko‘rsatadigan omillardan bir nechtasini sanab o‘tishimiz mumkin: yaxshilik (yordam) qilish, kuzatuvchanlik, to‘g‘ri talab qila olish, ziyolilik va h.k.
Harbiy-pedagogik madaniyatning shakllanganligini ko‘rsatadigan eng asosiy vosita bu til, muomala hisoblanadi. Muomalani tartibga soluvchi til bo‘lsa, muomalaning o‘zi Umumharbiy nizomlarga asoslanadi. Ofitserning muomala obyekti qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar va o‘zidan yuqori turuvchi qo‘mondonlik hisoblanadi. Ularning muomalasida subordinatsiya muhim rol o‘ynaydi. Subodrinatsiya lotincha (subordinatio) so‘z bo‘lib, past lavozimdagi shaxsning harbiy intizomga rioya qilgan holda bo‘ysunishini anglatadi55.
Harbiy xizmat amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, faqat Umumharbiy nizomlarga amal qilish muomalaga rasmiy tus beradi.
Ofitserning pedagogik madaniyati bevosita kasbiy axloqiy (etika) madaniyati bilan bog‘liqdir. Kasbiy-axloqiy madaniyati deganda axloqiy ong, axloqiy sezgilarning umumlashgan bir yo‘ldagi harakati tushuniladi. Kasbiy-axloqiy madaniyatning asosida axloq me’yorlari, tamoyillari, ayniqsa harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomlar talablariga qat’iy rioya qilish yotibdi. YUqori kasbiy-axloqiy madaniyatga ega bo‘lgan ofitserlarda harbiy libos (mundir)ga hurmat eng asosiy omillardan hisoblanadi. Ayniqsa, so‘z bilan ishning birligiga rioya qilish, intizomlilik, tashkilotchilik, halollik, o‘rnak bo‘ladigan darajadagi axloqi, kompyuter savodxonligi, til bilishi ham muhim hisoblanadi.
Ofitserning xizmat joyidagi umumiy madaniyati ham eng zarur sifatlardan hisoblanadi. Masalan, xizmat va kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta olishi, hujjatlar bilan ishlay bilishi, badiiy adabiyotlarni o‘qib borishi va o‘z ustida ishlash qobiliyati va h.k.
Ofitserning pedagogik mahorati – bu umumiy pedagogik madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogik mahoratga harbiy pedagog A.V.Barabanshikov shunday ta’rif bergan. “Pedagogik mahorat – bu psixologik va pedagogik fikrlashning sintezi, pedagogik bilimlar tizimi, ko‘nikma, hissiy-irodaviy sifatlar bo‘lib, bu pedagogga o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni samarali echishga yordam beradi”.56
Harbiy-pedagogik mahorati shakllangan ofitserda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat olib borish, muammolarni tezkor hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ofitserda yana bir xislat bo‘lishi kerakki, bu harbiy-pedagogik ko‘tarinkilikka (optimizmga) ega bo‘lish. Bu degani ofitser harbiy-pedegog sifatida o‘zining qobiliyatiga, bilimiga, imkoniyatlariga ishonish orqali tarbiyalanayotgan harbiy xizmatchilarda yuqori natijalarga erishish sifatlarini shakllantirishdir.
Pedagogik mahorat ofitserning obro‘si bilan ham bevosita bog‘liqdir. O‘z vaqtida, buyuk pedagog A.S.Makarenko “Agar tarbiyachi, obro‘ga ega bo‘lmasa, u pedagog bo‘lishga haqli emas”, degan edi.57
Pedagogik madaniyatga ega bo‘lish yoki pedagogik madaniyatli ofitser bo‘lish o‘ta qiyin, shu bilan birga, bu uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Jarayon deb aytishimizdan maqsad, avvalo bunday madaniyatga erishish uchun ofitserlar bir qancha bosqichlarni bosib o‘tishlari lozim. Pedagogik madaniyatning shakllanishi maktabda “Harbiy tayyorgarlik” fanini o‘qtish vaqtida boshlansa, harbiy xizmatni o‘tash va oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish vaqtida davom ettirilib, asta-sekin shakllanib boradi. Ba’zi ofitserlarda esa, pedagogik madaniyatning elementlari shakllanadi xolos. Pedagogik madaniyatning elementlari deganda nimalarni tushunishimiz mumkin. Birinchidan, kasbga bo‘lgan hurmat, kasbga bo‘lgan munosabat, kasbni ardoqlash, kasb orqali vatanparvarlik ruhining shakllanishi. Bu elementlar pedagogikada alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammolar hisoblanadi. Pedagogik texnika – bu kasbiy madaniyatning bir yo‘nalishi hisoblanadi. Pedagogik texnikaga ega bo‘lgan ofitser har bir harbiy xizmatchining ongiga yakka tarzda ta’sir etish, ular bilan suhbatlasha olish qobiliyatiga ega shaxslar hisoblanadi.Harbiy pedagogika fan sifatida ushbu elementlarning barchasini qamrab oladi va bir maqsad yo‘lida xizmat qiladi deb tushuntiradi. Ushbu yo‘l ofitser shaxsining tarbiyachi, rahbar sifatida shakllantirishga qaratilganligidir. Ofitserning kasbiy madaniyatiga bag‘ishlangan davlat tilidagi adabiyotlar uncha ham ko‘p emas. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlarining pedagogik mahorati va madaniyati, deydi Ch.R.Nasriddinov o‘zining Harbiy psixologiya va pedagogika o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi58da. “Ofitserning pedagogik madaniyatini tashkil qiluvchilarga quyidagilarni taalluqli deydi. Ulardagi:
a) siyosiy etuklik;
b) harbiy ishni bilish;
v) umumiy madaniyat;
g) yuksak axloqiylik;
d) pedagogik mahorat;
e) o‘z ustida ishlash.
Ofitserning pedagogik madaniyatini oshirish yo‘llari:

  1. o‘zining g‘oyaviy-siyosiy tayyorgarligini muntazam ravishda oshirib borish;

  2. harbiy bilimlarni rivojlantirish;

  3. psixologiya, pedagogika sohasidagi bilimlarni oshirish;

  4. harbiy axloq me’yorlariga qat’iy amal qilish;

  5. o‘z ustida ishlash va o‘zini o‘zi tarbiyalash;

  6. pedagogik mahoratni oshirish.

Bizningcha, Ch.R.Nasriddinovning fikrlarini tahlil qilar ekanmiz, ofitserning pedagogik madaniyatini tashkil qiluvchilar to‘g‘risida fikr yuritilganida harbiy kompetentlik tushunchasi tushirib qoldirilgan.
Ofitserning pedagogik madaniyati – bu CH.R.Nasriddinovning fikriga qaraganda o‘ta keng tushunchadir. Ushbu fikrni rivojlantirib “Ofitserning pedagogik madaniyati – bu keng tushuncha bo‘lib, maxsus tashkil etiladigan, bir maqsad yo‘liga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar va bilimlar yordamida amalga oshiriladigan pedagogik-psixologik jarayon hisoblanadi”, ofitserning madaniyatining shakllanishi nafaqat ofitserning o‘ziga, shuningdek, uni o‘rab turgan muhitga, jamoaga ko‘p jihatdan bevosita va bilvosita bog‘liq desak xato bo‘lmaydi.
Pedagogik madaniyatga ega bo‘lgan ofitser bu jamiyat uchun, harbiy xizmatchilar jamoasi, ayniqsa, kursantlar uchun namunali shaxs hisoblanadi. Pedagogik madaniyatning shakllanishi eng avvalo, nafaqat harbiy-nazariy bilimlarni talab qiladi, shuningdek amaliy tajriba va ko‘nikmalarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Ofitserning pedagogik madaniyatini shakllanishida nafaqat kasbdoshlari, qo‘mondonlik, harbiy xizmatchilarning bevosita yordami zarur. SHuningdek, har bir ofitserning yurish-turishiga, kasbiy madaniyatiga harbiy xizmatchilar majlisining ham bevosita ijobiy ta’siri bor. “Harbiy xizmatchilar majlisi” deganda nimani tushunishimiz mumkin.
Ofitserlar majlisining asosiy maqsadi:

  1. harbiy xizmatchidagi muammolarni ko‘pchilik yordamida muhokama qilish (axloqini, oilaviy munosabatlarini, kasbga munosabatini);

  2. ofitserlarni ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muammolarini jamoa yordamida amalga oshirish;

  3. ofitserlar majlisining yana bir maqsadi ofitserlar jamoasini jipslashtirish, harbiy qasamyodga, harbiy an’analarga sodiq bo‘lish, harbiy xizmatchilar o‘rtoqlik xislatlarini shakllantirish;

  4. ofitserlar majlisining yana bir o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, ofitserlarni jamoatchilik orqali tarbiyalash, jazolash usullarini qo‘llash esa, albatta ofitser shaxsining shakllanishiga xizmat qiladi.

Ofitserlar majlisidagi muhokama qilingan har bir voqea-hodisa albatta ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ofitserlar majlisining raisi albatta, harbiy qism komandiri, birlashgan ofitserlar majlisida esa, harbiy qismlarning komandirlaridan biri rais bo‘lib faoliyat ko‘rsatishadi. Ofitserlar majlisini o‘tkazish ham har bir ofitserning axloqiga, madaniyatining shakllanishiga bevosita va bilvosita yordam beradi, ta’sir qiladi.
Harbiy xizmatchilarning pedagogik-kasbiy madaniyatini shakllantirishda har bir ofitser bosh tarbiya subyekti hisoblanadi. Unga yosh harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatiladi. SHuning uchun ham, ofitserga, uning axloqiy sifatlariga, qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar bilan bo‘ladigan Umumharbiy nizomlar asosidagi muomalasiga nisbatan alohida yuksak talablar qo‘yiladi. Kasbiy madaniyatli ofitser harbiy xizmatga endigina kirib kelayotgan harbiy xizmatchilar bilan muloqotda bo‘ladi va ularga harbiy ta’lim-tarbiya jarayonida harbiy axloq me’yorlarini o‘zlashtirishlariga yaqindan yordam beradi.
Ofitser qo‘l ostidagi har bir harbiy xizmatchini tarbiyalashda o‘ylab gapirishi, kasbdoshlarining so‘zi, fikri, mulohazalarini tinglay olishi ham harbiy xizmatchilar jamoasida o‘zaro muomala munosbatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.


Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling