O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


Download 493.41 Kb.
bet22/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

Ta’lim funksiyasi: Harbiy xizmatchilarni zaruriy kasbiy bilimlar bilan ta’minlash, ko‘nikma va malakalar xosil qilish, mantiqiy fikrlashga va mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatishdan iboratdir.
Tarbiya funksiyasi: Harbiy xizmatchilarda kasbiy zarur sifatlarni shakllantirish, harbiy jamoada axloqiy-psixologik sog‘lom muhitni shakllantirishdan iboratdir.
Shakllantiruvchi funksiyasi: Kasbiy faoliyat bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda ijodiy fikrlashni yuzaga keltirish, harbiy xizmatchilarni intelektual va jismoniy qobiliyatlarini shakllantirishdan iboratdir.
Psixologik funksiyasi: harbiy xizmatchildarda psixologik muqim xarakterni shakllantirish, zamonaviy janglarda samarali harakat qilish ko‘nikmasini xosil qilishdan iboratdir.
Bugungi kundagi harbiy-qurolli kuchlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib o‘qitish jarayonida ilmiy tadqiqot funksiyasidan foydalanishdir. Bu funksiya universal xarakterga egadir. Ilmiy tadqiqot funksiyasi o‘zining mohiyatiga ko‘ra o‘qitish va o‘qishdagi ilmiy tadqiqot usullarini qo‘llab o‘qish va o‘qitishdagi mavjud muammolarni hal qilishga yo‘naltiriladi, inovatsion texnologiyalarni hayotga tadbiq etishga yordam beradi.
Undan tashqari bashorat (prognoz) qilish funksiyasi mavjud.Bashorat qilishda o‘qitish va tarbiyaning kelajagini bashorat qilishdan iboratdir. Ushbu funksiyalar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib bu funksiyalar ichida asosiy o‘rin ta’lim berish funksiyasiga qaratiladi.
Harbiy didaktikada o‘qitish jarayoni harbiy davlat siyosatining mohiyatidan kelib chiqadi. Uning tashkiliy-mazmunini davlatning harbiy – doktrinasi, harbiy fan, Umumharbiy nizomlar, harbiy-ijtimoiy va harbiy dasturlar, davlat ta’lim standartlari va harbiy mutaxassislarni tayyorlashda kvalifikatsion talablar tashkil etadi. Harbiy xizmatchilarni o‘qitishning o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.

  1. harbiy bilimlarning o‘ziga xosligi, harbiy xizmatchilarda ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, agressiv holatlar vaziyatlar yuzaga kelganda dushmanni yo‘q qilish;

  2. harbiy ishni o‘rganish (harbiy mutaxassislikka ega bo‘lish);

  3. harbiy xizmatchilarni o‘qitish xizmat burchini bajarishdan ajralmagan xolda bajarish;

  4. bir vaqtning o‘zida yakka va jamoa bo‘lib o‘qitish;

  5. harbiy xizmatchilarni tayyorlash amaliy yo‘nalishga ega bo‘ladi, masalan bunday ishlar na faqat auditoriyada, sinfda va labaratoriyada shuningdek harbiy poligonda, aerodromda va tankodromlarda;

  6. harbiy mahoratga ega bo‘lish qiyin jarayon bo‘lib, harbiy-texnik qurollar bilan ishlash, psixologik-fiziologik qiyinchiliklarni engishni taqozo etadi. Qiyinchiliklar harbiy xizmatchilarning qaysi qo‘shinlardaligi, qaysi joydaligi, hududdagi etnopsixologiya bilan ham bog‘liq bo‘ladi;

  7. pedagogik jarayon qonuniyatlari – har bir fan o‘z sohasining qonun va qoniyatlarini kashf etish va tadqiq qilishni o‘zining vazifalari deb biladi. Bu qonuniyatlar va hodisalarning mohiyati, munosabat va bog‘lanishlarni aks etadi. Pedagogik jarayon qonuniyatlarini bir butunligini aniqlash uchun bog‘lanishlar (aloqa) tahlil qilinishi kerak.

Harbiy xizmatchilarni o‘qitish ikki tomonlama xarakterga ega:
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish haqiqatdan ham ikki tomonlama xarakterga ega ekanligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. O‘qitishda asosiy subyekt bo‘lib pedagoglar hisoblansa, obyekt esa tinglovchilar hisoblanadi. Ushbu jarayonda ofitser-rahbar, pedagog asosiy subyekt sifatida auditoriyani boshqaradi, bilim beradi, tarbiyalaydi. O‘qitish jarayon sifatida o‘zining mantig‘iga egadir, mantiq esa xizmat, harbiy-kasbiy, jangovar holatlarning tahlili bilan bog‘liqdir.
Harbiy-pedagogik jarayon har tomonlama o‘qish jarayoniga mantiqiy yondashishni talab etadi. Ijodiy yondashish esa, ofitserlarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllanishida eng asosiy omillardan biridir.
Ta’lim olish jarayoni kursantlar tomonidan 3 ta yo‘nalishda olib boriladi.

  1. ma’ruzalarni tinglaydi, yozadi;

  2. mustaqil ravishda Umumharbiy nizomlarni o‘qiydi, o‘zlashtiradi, o‘quv qo‘llanmalari ustida ishlaydi;

  3. harbiy mashinalarni boshqaradi, o‘q otish mashg‘ulotlariga qatnashadi. Ushbu yondashuv ijodiylikka asoslanadi.

Harbiy xizmatchilarning bilish jarayoni bir qancha qiyin qarama-qarshiliklardan iborat jarayon hisoblanadi. Harbiy fanlarni bilish jang san’atini egallashga yaqindan yordam beradi, harbiy-kasbiy faoliyatni egallash faqat kursantlarga bog‘liq emas, balki tarbiya beruvchi, bilim beruvchi ofitser-pedagog rahbarlarga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘qish jarayonining natijasi, bilimni kursant qay darajada egallaganligi, komandir bilan kursantlarning o‘zaro munosabatlarida, qo‘yilgan vazifalarni qay darajada bajara olayotganlarida namoyon bo‘ladi, ularning o‘zaro munosabatlari ijtimoiy-psixologik muhitga, ayniqsa harbiy jamoadagi mikromuhitga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Harbiy-pedagogik jarayon bir qancha qismlardan va bir qancha bosqichlardan iboratdir. Harbiy-pedagogik jarayonning bosqichlari:
1) Tayyorgarlik – harbiy pelagogik jarayonni tashkil etish (rejalashtirish, diagnostika qilish).
2) Asosiy – harbiy-pedagogik jarayonni amalga oshirish, pedagogik hamkorlik, qayta aloqa va nazorat.
3) Xulosa – harbiy-pedagogik jarayon natijalarining tahlili.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling