O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


-§. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish tamoyillarining umumiy tavsifi


Download 493.41 Kb.
bet23/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

2-§. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish tamoyillarining umumiy tavsifi


Didaktikaning tamoyillari bu – o‘qitishning asosiy g‘oyasi va o‘qitishning tashkiliy shakl va usullarini umumiy qonuniyatlarini belgilaydi.
Tamoyil – g‘oya, asosiy qoida, faoliyatga xulqqa nisbatan qo‘yilgan asosiy talabdir.
O‘qitish tamoyili orqali ta’lim jarayoniga qo‘yiladigan didaktik talab tizimi aniqlanadi.
Mustaqillik davrida yaratilgan davlat standartlarida ta’limning maqsadini ifoda etishga e’tibor berildi, usul va shakllari belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida Respublikadagi Harbiy oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘ziga xos mazmun kasb etmoqda, ayniqsa yangi innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish, elektron tirlardan foydalanish samarali yo‘lga qo‘yilgan. Har bir oliy harbiy o‘quv yurtlarida Psixologik xizmat, “Ruhiy yengillashtirish” xonalari tashkil etildi.
1992 yil 28 fevraldagi “Respublikada yangi Oliy o‘quv yurtlari tashkil etish to‘g‘risida” gi Farmonga asosan Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, bir necha institutlar hamda ularning filiallari ochildi. Respublikada bugun 3 ta Akademiya, 21 ta universitet, 37 ta institut, 1 ta konservatoriya va 7 ta chet el oliygohlarining filiallari: Rossiyaning Gubkin nomidagi neft va gaz, Plexanov nomidagi Iqtisodiyot, Moskvaning Lomonosov nomidagi oliygohlari hamda Xalqaro Vestministr, Singapur Menedjmentni rivojlantirish, Turin politexnika va Inxa universitetlari filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bulardan tashqari O‘zbekiston oliygohlarining viloyatlardagi 15 ta filiallari va bir necha maxsus oliy harbiy bilim yurtlari mavjud.
Ushbu Oliy o‘quv yurtlarida kursant, talabalarni umumiy qabul qilingan didaktika asosida o‘qitishmoqda, lekin o‘qitish tamoyillari turli pedagoglarda turlicha, ayniqsa an’anaviy tamoyil bugungi kunda o‘z isbotini topdi, bularga o‘qitishning ilmiyligi, tizimliligi, ko‘rgazmaliligi, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, hayot bilan bog‘liqligi, ijodiy yondashuv, o‘qituvchining rahbarligida mustaqil fikrga ega ekanligi, o‘quv jarayonida guruh bo‘lib o‘qitish va yakka tartibda o‘qitish.
Bugungi kunda harbiy pedagogikada o‘qitish, ilmiy jihatdan tahlil qilish orqali harbiy ta’lim yo‘lga qo‘yilayapti, masalan:
a) harbiy xizmatchilarni o‘qitishning ijtimoiy zarurligi;
b) harbiy xizmatchilarni o‘qitishning ilmiyligi;
v) harbiy xizmatchilarni o‘qitishning amaliyotga yo‘naltirilganligi, o‘qitishni hayot bilan Qurolli Kuchlar faoliyati bilan bog‘liqligi;
g) ta’limni rivojlanishida uning xalqchilligi, ta’lim standartlariga mosligi;
d) ta’limning uzluksizligi va xakazolar.
Ta’limning xalqchilligi – bu ta’limning barcha fuqarolar uchun manzurligi, ta’limning ommaviyligi, ta’limda fuqarolar uchun diskriminatsiya43ning yo‘qligi.
Davlat ta’limi – davlat xalq jamiyat oldida ma’lumotli bo‘lishga mas’ulligi. Ilmiyligida esa, ta’limni rivojlanishini asosini ilm-fan tashkil etadi, ilmiylik ta’limning o‘zagini tashkil etadi. Uzluksizligi esa fuqarolarni umri davomida o‘z ustida uzluksiz ishlashi. Ta’lim va bilim fuqaroning turmush tarziga aylanishi tushuniladi.
XXI asr O‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirish davri hisoblanib ta’lim tizimida yangilanish yuzaga keldi, dasturlar, loyihalar, ta’limni rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Xalqaro ta’lim tizimiga yaqinlashtirilmoqda. YA’ni O‘zbekiston Respublikasi Bolonskiy 44 deklaratsiyasiga qo‘shildi.
1997 yilning 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan o‘qitish tizimida bakalavr va magistr mutaxassisliklari tashkil etildi, shu yilning o‘zida 1997 yil 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Oradan yigirma yil vaqt o‘tib 2018 yilning 5 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda talabalarni bilimi talabga javob bermasligi, pedagoglarni faoliyatini, bilimlarini pedagogik ko‘nikmasini baholash, zamonaviy tizimni mavjud emasligi va buni ta’lim tizimiga ta’siri, testlarning sifatini pastligi va uni abiturentlarning mantiqiy fikrlashiga ta’siri, Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘qligini muammo sifatida aytib o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “YOshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
2018-2019 o‘quv yilidan boshlab bakalavr 3 yil, magistr 1 yil o‘qitiladigan bo‘ldi. “Yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli yo‘nalishlar mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari kadrlar buyurtmachilar ehtiyojidan kelib chiqib mustaqil ishlab chiqish hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash masalalariga e’tibor qaratdi. 2019 va 2020 o‘quv yilidan boshlab Oliy ta’lim muassasalari talabaning o‘zlashtirish darajasi professor-o‘qituvchilarning faoliyatini baholashning asosiy mezoni” tamoyilini joriy etadi.45
2018 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibini ishga qabul qilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog-kadrlar va jamoatchilik kengashi a’zolari bo‘yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi46 deyiladi qarorda.
Umuman olganda ta’lim siyosatining asosiy vazifasi, zamonaviy ta’lim sifatiga erishish davlat, jamiyat, shaxs talablariga javoban berishdan iboratdir.
Harbiy pedagogikaning vazifasi bevosita ofitserlar tomonidan qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni barkamol qilib tarbiyalashga qaratilar ekan ularning asosiy vazifalaridan biri o‘qitish, qo‘l ostidagilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, kasbiy mahoratni oshirishdan iboratdir.
Ofitser tarbiya subyekti sifatida harbiy pedagogikaning barcha metod va metodikasini yaxshi bilishi kerak bo‘ladi, bularni bilishdan asosiy maqsad:
a) tarbiyalanayotgan harbiy xizmatchilarning harbiy faoliyatini samarali tashkil etish, harbiy safarbarlik holatini kerakli darajada ushlab turish;
b) shaxsiy tarkibni sifatli o‘qitish va harbiy tayyorgarlikka samarali rahbarlik qilish;
v) harbiy xizmatchilarni vatanparvarlikka o‘rgatishga kasbiy rahbarlik qilish;
g) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish;
d) harbiy-xizmatchilarni har tomonlama Vatan himoyasiga, sutkalik naryadni olib borishga tayyorlash;
e) qo‘l ostidagilar bilan ya’ni kadrlar bilan tarbiyani metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish;
j) qo‘l ostidagilarni boshqarishda kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish;
z) harbiy xizmatchilar bilan muomalada insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashish.
Harbiy pedagogikada tarbiya doimo tirik organizmga o‘xshab o‘zgaruvchan takomillashtiriladi.
Harbiy pedagogikani o‘qitishda ofitserlarni psixologik-pedagogik bilimlar bilan qurollantirish davr talabidir, bunga ya’ni:
harbiy bilim yurtlarida psixologiya va pedagogikani fan sifatida kengroq o‘qitish;
komandirlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda tizimlilik, ofitserlar bilan maxsus metodik yig‘ilishlarni tashkil etish va o‘tkazish;
ofitserlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslarida, markazlarida tajriba almashish, psixologik-pedagogik adabiyotlar bilan ishlashni o‘rgatish.


Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling