O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


-§. So‘rov – harbiy pedagogikaning usuli sifatida


Download 493.41 Kb.
bet16/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

2-§. So‘rov – harbiy pedagogikaning usuli sifatida


So‘rov usuli – bu pedagog tomonidan o‘rganilayotgan shaxsga nisbatan bevosita va bilvosita munosabatida, yozma va og‘zaki usulda qo‘llaniladi. So‘rov usuli orqali shaxs, guruh haqida qiziqtirayotgan ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. So‘rov usuli orqali harbiy xizmatchilardan to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin. Chunki so‘rovnomadagi savollar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi talab etiladi, shundagina respondentlar (so‘rovnoma ishtirokchilari) savollarga to‘g‘ri javob berishadi. So‘rov usulining o‘ziga xosligi shundan iboratki, javobni operativ (tezkor) usul orqali olish mumkin va savollarga olingan javoblarga joyida aniqlik kiritish mumkin. So‘rov usulini ish joyida, yashash joyida, dam olish joylarida ham o‘tkazish mumkin. So‘rov usuli orqali ba’zida shaxsning o‘zi bilan bevosita suhbat qilishingiz maqsadga muvofiq (qisqa bo‘lsa ham). Ushbu so‘rov usulini o‘tkazish orqali ikkala tomon ham o‘zlariga kerak bo‘lgan zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega. So‘rov usulidan tashqari, biografik anketa, hujjatlar tahlili va kuzatish usullaridan keng foydalanish mumkin.
Diagnostik suhbat usulini o‘tkazishdan maqsad respondentning ma’lumoti, tarbiyalanganligini, xarakteri darajasini bilishdan iboratdir. Diangostik suhbatda suhbatning mazmuni boshqa tomonga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Tajribaga yo‘naltirilgan suhbat bu pedagogik tadqiqotning o‘ziga xos turi hisoblanadi. Ushbu tajriba usulini o‘tkazishdan maqsad avvalo sotsiologik tadqiqotning boshqa usullarini o‘tkazib bo‘lganidan keyin o‘tkaziladi, sababi tajriba usuli boshqa usullardan olingan ma’lumotlarning nechog‘lik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashga xizmat qiladi.
Har qanday sotsiologik tadqiqotning o‘z maqsadi, vazifasi, roli va o‘rni bo‘lishi kerak. Suhbat o‘tkazishga tadqiqot o‘tkazuvchi tayyorgarlik ko‘rilishi lozim, chunki, har qanday tadqiqotni o‘tkazish tadqiqotchidan tadqiqotning maqsadini, vazifasini bilishni talab etadi.
So‘rov usuli sotsiologik tadqiqotning bir turi sifatida o‘ziga xos ba’zi bir kamchiliklarga ham ega, masalan: a) olinayotgan axborotning subyektivligi, ya’ni respondentlar ko‘pincha vaziyatni va munosabatini bo‘rttirib ko‘rsatishadi; b) olingan axborotda ma’lumotlar doimo ham vaziyatni aniq va to‘liq ko‘rsatmaydi; v) so‘rovdagi shaxsning noma’lumligi va hokazo.
Og‘zaki so‘rov – suhbat (yakka yoki guruhli) va intervyu;
Yozma so‘rov – anketa, test, intervyu (yozma shaklda).
Suhbat – bu harbiy pedagogikadagi sotsiologik tadqiqotning bir usuli sifatida eng ko‘p qo‘llaniladi. Suhbat usuli bu shaxsdan bevosita ma’lumotni olishga qaratilgan. Suhbat usuli asosan joy, vaqt, yosh, jins, kasb kerak bo‘lsa ma’lumot ham tanlamaydi. Suhbat usulida maqsad aniq bo‘lib, kerakli ma’lumotlarni yozib borish ham mumkin, eslab qolib keyin yozilishi ham amaliyotda qo‘llaniladi. Suhbat usuli orqali respondentlar bilan bo‘ladigan suhbatning rejasi tuziladi, ijobiy psixologik muhitni yuzaga keltiradi hamda suhbatdoshning xatti-harakatlari kuzatilib boriladi. Harbiy pedagogikada suhbat usuliga alohida e’tibor beriladi va suhbat tanishish maqsadida, aniqlash maqsadida tajriba va profilaktika yo‘nalishida bo‘lishi mumkin. Suhbat usulida suhbatdoshni javob berishga majbur qilish mumkin emas. SHuning uchun har qanday savollar oddiy, tushunarli kasbiy, shaxsiy sifatlar bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Suhbat so‘rovnomaga aylanib qolish kerak emas, suhbatning o‘z maqsadi, vazifasi, mantig‘i bo‘lishi lozim. Suhbat vaqtida olingan kerakli ma’lumotlar biron-bir qog‘ozga qayd qilib shu darajada kuchayib ketishi mumkin, natijada ko‘p materiallar esdan chiqib, yoddan ko‘tarilib ketishi mumkin.
Intervyu sotsiologik tadqiqotning bir turi hisoblanib, Harbiy pedagogika va psixologiyada keng qo‘llaniladi, intervyu bu shaxs yoki guruh bilan bevosita olib boriladi. Intervyu o‘tkazish orqali pedagog o‘zini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olishi mumkin.
Tanishish maqsadidagi suhbatning asosini shaxs haqidagi ma’lumotlar tashkil etadi. Ba’zida bevosita tanishish maqsadidagi o‘tkazilgan suhbatdan ko‘ngil to‘lmaganda u haqidagi ma’lumotlarni boshqa usullar orqali to‘ldirish mumkin, masalan avtobiografiyasini o‘rganish hujjatlar tahlili, kuzatish orqali.
Diagnostik39 usuldagi suhbat orqali shaxsning ma’lumotini, tarbiyalanganligini, xarakterini shaxsiy munosabatlarini (jamoaga, shaxsga nisbatan) bilish mumkin. O‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish.
Suhbat tajriba – sotsiologiyaning o‘ziga xos usuli bo‘lib qachon o‘tkaziladi, qachonki yetarli darajada ma’lumotlar yig‘ilganda va umumlashtirilganda va tahlillar yuzaga kelganda.
Suhbatni hech bir vaqt maqsadsiz o‘tkazishga yoki ma’nosiz uchrashuvga aylantirish kerak emas. SHuning uchun suhbat o‘tkazish usuliga ham quyiladigan ba’zi bir talablar mavjud, masalan: Suhbat o‘tkazishga diqqat bilan tayyorlanish; Suhbat majburlash xarakteriga ega emasligi; suhbat oddiy so‘rovga aylanib qolishi kerak emas va hokazolar.
Suhbatning natijalari harbiy pedagogikada subyektiv xarakterga egaligi bilan ajralib turadi, sababi turli dunyoqarashdagi shaxslar turli holatdagi, vaziyatdagi shaxslar bo‘lganligi sababli.
Intervyuning suhbatdan farqli tomoni shundaki intervyuda vaqt chegaralangan, maqsad qisqa javobida ma’lum bo‘ladi. Intervyuda beriladigan savollar oldindan tayyorlangan va savollar olinishi kerak bo‘lgan javobga qarab yo‘naltirilgan bo‘ladi va intervyu olinayotgan shaxsga aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollar berish mumkin. Ba’zida javobni mazmunini o‘zgartirish uchun shaxsning yuzidagi mimikasi va jestiga ham qarab e’tibor berib borish lozim bo‘ladi. Ba’zida intervyu beruvchi shaxsning ma’lumotlari hujjatlar asosida bo‘lishi ham mumkin.
Anketa – bu bir tizimga solingan savollar yig‘indisidan iboratdir. Anketa savollari maqsaddan kelib chiqib mazmunan bir-birini to‘ldiradi, ba’zida savollarning o‘zidan javob topish mumkin. Anketada biografik ma’lumotlar ko‘rsatilishi ham mumkin. Harbiy pedagogikada anketaning quyidagi turlari mavjud, ya’ni, bevosita va bilvosita.
Bevositada anketa o‘tkazuvchi shaxs anketa o‘tkazishda o‘zi bevosita ishtirok etadi. Bilvositada esa anketa o‘tkazuvchi shaxs anketa o‘tkazish jarayonida qatnashishi shart emas.
Anketani (yakka) shaxs va guruhlar bilan o‘tkazish mumkin. Tanlov asosida o‘tkazilishi va ommaviy shaklda o‘tkazilishi amaliyotda qo‘llaniladi.
Respondentlarga anketani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tushuntiriladi. Anketada asosiy ma’lumotlar ham olinishi va olinmasligi ham mumkin. Javob anketada turlicha bo‘lishi tabiiy. Masalan anketa ma’lumot olishga qaratilgan bo‘lishi va ma’lumotlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi ham mumkin. Anketa o‘rganilayotgan obyekt, undagi vaziyat, muhit haqida ma’lumot olishga qaratilgan bo‘ladi.
Anketani kirish qismida respondentlarga anketa o‘tkazishdan maqsad, unda respondentlarning roli va o‘rni, anketadagi ma’lumotni sir saqlanishi to‘g‘risidagi kafillik berish haqida aytiladi, ayniqsa anketani to‘g‘ri to‘ldirish muhim ekanligi tushuntiriladi.
Anketanig asosiy qismi savollardan iborat bo‘ladi va ushbu savollarga javoblar yoziladi. Ijtimoiy-demografik ma’lumotlar esa asosan biografik ma’lumotlar olishga qaratiladi. Anketaning savollari qisqa, lo‘nda bo‘lib, maqsadni ochib berishga yo‘naltiriladi. Anketani to‘ldirishga ma’lum vaqt ajratilish kerak. Anketani tuzishda savollar ochiq, yopiq, yarim yopiq va filtr savollar bo‘ladi. Ochiq savollar – bunda respondentlar savolga mustaqil javob berish kerak bo‘ladi.
Ochiq savollarga respondent tushunmay qolganda aniqlovchi savollar berishi mumkin.
Yopiq savollar – bunda berilgan savollarning maqsadi yashiringan bo‘ladi, asosan savollarga to‘g‘ri tushungan xolda javob berishi talab etiladi.
Yarim yopiq savollar yopiq savollardan farqli o‘laroq shunisi bilan farq qiladiki, yarim yopiq savolga respondent anketadagi qoldirilgan javob chiziqchasiga o‘zini fikrini yozib qo‘yishi mumkin. Anketani savollari monoton (bir xil zerikarli) bo‘lish kerak emas. Yopiq va yarim yopiq anketa savollari haddan tashqari katta, uzun bo‘lishi tavsiya etilmaydi va anketa savoliga alternativ javob berishi mumkin. Masalan: “javob berishga qiynalaman” degan javobni yozish kerak bo‘ladi. Ushbu band nimaga kerak degan savolga javob bitta ya’ni respondent qo‘yilgan savolga javob bera olmasa yoki qiynalsa o‘zini subyektiv fikrini yozib qo‘yadi. Anketada ko‘pincha filtr savollardan foydalanadi. Filtr savolda anketaga javob beruvchi shaxslar anketa savollariga javob bera oladimi yoki anketadagi savollardan xabardormi? Ushbu filtr savollardan doim ham foydalanavermaydi va bunga muhtoj ham bo‘lishi mumkin emas.
Test – bu standartlashgan topshiriqlardir. Testdagi savollar mavzularni mohiyatingi ochib beradi. Test testologiya talablariga javob berishi kerak bo‘ladi.
Test quyidagi belgilarga qarab xarakterlanadi.
a) obyektivligi bilan;
b) standartlashganligi bilan.
Obyektivligi shundan iboratki savollarning mohiyati obyektivlikka (haqiqatga) asoslanadi. Standartlashgan testda savollar haddan tashqari ko‘p bo‘lmasligi talab etiladi. Testlarning qolgan turlarini yoritish bizni obyektimizga kirmaydi.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling