O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


Mustaqil ta’lim – kategoriya sifatida


Download 493.41 Kb.
bet5/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

Mustaqil ta’lim – kategoriya sifatida harbiy xizmatchilarning o‘z ustida izlanishi, o‘qishi, dunyoqarashini shakllantirishi tushuniladi. Harbiy xizmatchilarning mustaqil ta’limida o‘qituvchi, tarbiyachi, dars jarayoni degan tushunchalar bo‘lmaydi, mustaqil ta’lim harbiy xizmatchilar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim harbiy xizmatchining bilim bazasini boyitishiga, dunyoqarashini kengaytirishiga qaratiladi.
Rivojlanish – bu harbiy xizmatchilarning shakllanish jarayoni hisoblanadi. Harbiy xizmatchilarning rivojlanishida o‘qish tarbiyalash jarayoni muhim hisoblanadi. Rivojlanish ko‘p jihatdan harbiy xizmatchining ongiga, uni o‘rab turgan muhitga va xizmatchining o‘ziga bog‘liq. Rivojlanish deganda harbiy pedagogika fanida jismoniy, aqliy jihatdan o‘zlarida o‘zgarish tushuniladi.
Harbiy pedagogik jarayon – bu maxsus tashkil etilgan pedagog bilan kursant-tinglovchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikdagi jarayondir. Jarayon ta’limni, tarbiyani va shaxs rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Harbiy pedagogikada mustaqil fikrlash – bu faxmlash, anglash, fikr yuritishdan boshlanadi.1
Mushohada – biror-bir fikrni mantiqiy jihatdan tashkil qilish.
Harbiy tafakkur – harbiy xizmatchi ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini saralab olish va amaliyotga qo‘llash.
Harbiy pedagogikaning funksiyasi quyidagilardan tashkil topgan ya’ni, tushuntirish, tasvirlash, aytib berish, bashorat qilish. Harbiy pedagogika ham boshqa fanlar singari o‘z predmetini kashf etish va tadqiq qilishni o‘zining vazifasi deb biladi. Bu qonuniyatlarda hodisalarning mohiyati, munosabati va bog‘lanishlar aks etadi. Harbiy pedagogika umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida sharq allomalarining ham fikrlariga suyanadi va asoslanadi. CHunki xalqning mentaliteti, etnopsixologiya shuni talab qiladi.
Al Farobiy o‘z asarlarida bilimning ikki bosqichi hissiy va aqliy bilim haqida fikr bildirib, hissiy bilimning darajalari, kelib chiqishi, rivojlanishiga munosabat bildiradi va bilimlarning kelib chiqishi haqida shunday deydi: “Inson bilimlarning aql va sezish a’zolari orqali qo‘lga kiritadi. Seziluvchi obrazlar his etish orqali, aqliy obrazlar esa seziluvchi obrazlar orqali bilinadi”.2
Harbiy pedagogika boshqa fanlar bilan aloqada bo‘lgani uchun fanlararo fan hisoblanadi va umuman olganda, shaxslarni o‘rganadigan fanlarga suyanadi. Masalan: falsafa harbiy pedagogikani fan sifatida o‘rganishda metodologik asos hisoblanadi. Falsafaning g‘oyalari pedagogikaning konsepsiyalarini yuzaga kelishiga yordam beradi. Harbiy pedagogika fan sifatida harbiy xizmatchi va uning faoliyati va tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun falsafiy bilimlarga suyanadi, bunga esa tarixda misollar yetarli. SHaxs bor ekan demak uning axloqiy tomonlari, erkinligi va tarbiyasi albatta falsafaning obyekti hisoblanadi. Falsafaning tarixiga murojaat etadigan bo‘lsak ikkita bir-biriga qarshi konsepsiya mavjud. Birinchi konsepsiya Suqrot va Platon bilan bog‘liq. Ularning fikricha, insonning rivojlanishida uning tabiatan mazmuni muhim rol o‘ynaydi, insonga tashqi omillarning ta’sirini ikkinchi darajali deb qaraydi va hisoblaydi. Ikkinchi konsepsiyada Demokrit va Epikurning nuqtai nazari muhim hisoblanadi. Insonni shakllanishiga tashqi vaziyatning, muhitning ta’siri kuchli hisoblanadi. Ushbu ikkala konsepsiya bugungi kungacha saqlanib qolgan bo‘lib, pedagogik-falsafiy muammolarni yechishga qaratilgan3pedagogik muammolar esa inson va uning tarbiyasi bilan bog‘liqdir.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalashda harbiy psixologiya va pedagogika fanlarining roli va o‘rni o‘zgacha. Psixologiya ya’ni harbiy psixologiya va harbiy pedagogikani bir biri bilan bog‘lab turishi va bunda obyektning bir xilligidir. Harbiy pedagogika va harbiy psixologiyaning obyekti albatta bevosita yosh psixologiyasi va pedagogikasidagi harbiy xizmatchilardir. Harbiy psixologiya inson psixologiyasini rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, Harbiy pedagogika esa tarbiyalashning usuli, shakli uslublarini va harbiy xizmatchilarning rivojlanishini o‘rganadi. Tarbiya, ta’lim, o‘qitish jarayoni ­– psixikaning rivojlanishidan boshqa narsa emas.
Undan tashqari, harbiy pedagogika va harbiy psixologiyada tadqiqot usullaridagi umumiylikning mavjudligi. Ushbu o‘rinda shuni aytishimiz lozimki, harbiy pedagogika albatta psixologik bilimlardan bevosita va bilvosita foydalanadi. Buning aksi harbiy psixologiya ham harbiy-pedagogik bilimlarga suyanadi. Ikkala fandagi usullar ham pedagogik va psixologik omillarning tizimlashishiga xizmat qiladi. Harbiy psixologiya va pedagogikada test, so‘rov, empirik usullarni tadqiqotda qo‘llashda albatta umumiylik bor. Biz, mumtoz pedagoglarning bu boradagi ko‘plab fikrlarini o‘qiganmiz. Harbiy pedagogika uchun harbiy psixologiya eng kerak va zarur fanlardan biri hisoblanadi.
Harbiy pedagogikada harbiy xizmatchilarni kasbga tayyorlash va tarbiyalash uchta asosiy yo‘nalishda olib boriladi, bular: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya. Ushbu tarbiyalarning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarda irodani shakllantirishga yo‘naltiriladi. Iroda qachon shakllanadi, qachonki tarbiyadagi uchta yo‘nalish bir xil jarayonga bo‘ysunganda, bir maqsad yo‘lida xizmat qilganda.
Harbiy pedagogika psixologiyaga nisbatan metodologik funksiyani bajaradi. Metodologiya esa pedagogikaning qator metodlarida namoyon bo‘ladi, ya’ni namuna, majburlash, o‘rnak bo‘lish. Harbiy pedagogikaning asosida nafaqat pedagogikadagi mavjud usul va uslublarga asoslanishi kerak, shuningdek bugungi kundagi ilg‘or pedagogik nazariyalar va amaliyotning natijalariga suyanish lozim. Shuningdek, ilg‘or pedagogik nazariyalar va amaliyotlar harbiy xizmatchilarning foydali va kerak yo‘nalishda tarbiyalashga bevosita yordam beradi.
Harbiy pedagogika biologiya fani bilan ham bog‘liqdir. Ayniqsa inson fiziologiyasi, anatomiyasi va tibbiyoti. Harbiy xizmatchilarni rivojlanishining biologik, fiziologik, psixologik jihatdan bilish uchun, albatta tibbiyot va tibbiyot psixologiyasini chuqur bilish zarur. Harbiy pedagogika sotsiologiya fani bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lib, sotsiologik tadqiqotlarning natijalaridan harbiy pedagogika fanini o‘qitishda bevosita foydalaniladi. Sotsiologiyaning natijalari harbiy pedagogika fanining mazmunini boyitadi, masalan taqqoslash, statistik tahlil, sotsiologik ma’lumotlar tahlili ekspert baholash va hokazolar.
Harbiy pedagogika harbiy tarix bilan ham bog‘liq. Chunki Abdulla Qodiriyning “Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir” degani ham bejiz emas. Harbiy tarix o‘z ichiga Harbiy pedagogikani ham qamrab oladi. Harbiy pedagogika ham harbiy tarix faniga asoslanadi. Harbiy pedagogika albatta xalq pedagogikasi bilan bog‘liqdir. Xalq pedagogikasi folklorga, laparlarga, ertaklarga, dostonlarga, qo‘shiqlarga suyanadi, shuning uchun ham xalq pedagogikasiga etnopedagogika tushunchasi yaqin hisoblanib, aynanlikni tashkil etmaydi. Xalq pedagogikasi asrdan-asrga xalqda vatanparvarlik ruhini shakllantirib keladi. Xalq pedagogikasi har bir oilada mavjud va har bir oilaga kirib bora oladi. Harbiy pedagogika, etika, estetika, notiqlik san’ati, etnografiya, menejment fanlari bilan ham bevosita bog‘liqdir.
Ushbu yuqorida nomi zikr etilgan fanlarning Harbiy pedagogika fani bilan bog‘liqligini aytib o‘tishimiz bilan birga, Harbiy pedagogikani ham ushbu nomlari zikr etilgan fanlarga bevosita ta’siri bor ekanligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Harbiy pedagogika tadqiqotining natijalari ham bevosita boshqa fanlar tomonidan qo‘llaniladi va foydalaniladi.
Xalq pedagogikasi o‘lmas bir jarayon hisoblanib, xalqni vatanparvarlikka, xalqni sevishga, insoniylikka, adolatli bo‘lishga o‘rgatadi.
Xalq pedagogikasi targ‘ibotchilari, tashviqotchilari bizlarga o‘xshab oliy o‘quv yurtlarida pedagogik ta’lim, bilim olgan emas, balki xalqning urf-odatlari, an’analari asosida tarbiyalab, shakllantirib, dunyoqarashini o‘stirib borishgan. Harbiy pedagogika ham o‘zining mohiyatiga ko‘ra amaliyot, amaliy faoliyat bilan bog‘liqdir. Harbiy amaliyot Harbiy pedagogikaning nazariyasi rivojlanishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Amaliyotdan ma’lumki, Harbiy pedagogikaning obyekti, subyekti o‘zgaruvchan ya’ni dinamik xarakterga ega, chunki tarbiyaning mohiyati ham o‘zgaruvchandir. Tarbiya shaxsning individual xususiyati bilan ham bog‘liqdir. Individual (o‘ziga xoslik) tarbiyada ham individual yondashishni talab etadi. Harbiy pedagogika pedagogikaning boshqa yo‘nalishlaridan shunisi bilan farq qiladiki, ushbu fan harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda ularda axloqiy-psixologik sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda boshliqning qanday harakatlar qilishi, harbiy vaziyat esa inson sog‘lig‘i, ruhiy holati bilan bog‘liqligini o‘rgatadi. Harbiy pedagogika fan sifatida Harbiy pedagogikaning metodologiyasini, tarixini, nazariyasini o‘z ichiga oladi.

Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling