O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi 1-ilovaga muvofiq


Download 431.67 Kb.
bet1/6
Sana22.03.2023
Hajmi431.67 Kb.
#1286100
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
287 15.05.2020




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.32.00 Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini va O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
a) ikki hafta muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi to‘g‘risidagi nizomni, faoliyatining reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari huzuridagi kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari haqidagi namunaviy nizomni hamda Tarmoqlar malaka ramkalari va kasb standartlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda barcha vazirliklar va idoralarga yuborilishini ta’minlasin;
b) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda axborot tizimlarini, jumladan, Kompetensiyalarni baholash bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar registrini, Kasb standartlari milliy registrini hamda Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestrini ishlab chiqsin va joriy qilsin;
v) Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga ta’lim sohasini isloh qilish tadbirlarini amalga oshirish, Milliy va tarmoqlar malakalar ramkalari, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori hamda professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga bevosita aloqador bo‘lgan dolzarb o‘zgarishlarni tizimli ravishda kiritib borishni ta’minlasin.
3. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bir oy muddatda kasb faoliyati turlarini belgilagan holda Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari ishini tashkil etsin.
4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-may,
287-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy malakalar ramkasi) tarmoqlar malakalar ramkalari, kasb va ta’lim standartlari, milliy va xalqaro darajada malakalarni tan olishning kasbiy ta’limning barcha darajalari uchun yagona mexanizmlarni nazarda tutuvchi, malakalarni tarmoqlararo va xalqaro taqqoslashni ta’minlovchi kompetensiyani baholash tizimi Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimining institutsional komponenti va asosi hisoblanadi.
2. Milliy malakalar ramkasi mehnat bozori va ta’lim sohasini integratsiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
3. Milliy malakalar ramkasi:
kasbga o‘qitish natijalari va o‘qitish natijasida olinadigan bilimlar, mahoratlar, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni uyg‘unlashtirish;
kasbga o‘qitish va mehnat bozorining malakalarga ehtiyojlari orasida o‘zaro aloqadorlikning mustahkam tizimini shakllantirish;
kasbga o‘qitish, mehnat tajribasi natijalarining malaka talablariga va kasb standartlariga mosligini baholash jarayonini amalga oshirishni;
milliy va xalqaro darajalarda malakalarni tan olishni ta’minlaydi.
4. Milliy malakalar ramkasini joriy qilish:
kasb standartlarini ishlab chiqishda — xodimlar malakasiga, ta’lim standartlarini ishlab chiqishda — bitiruvchilarning bilim darajalariga talablarni yagona nuqtai nazardan yoritish;
xodimlarni ishga qabul qilishda, tashkilot ichida va tashkilotlar orasida vertikal va gorizontal harakatlantirishda malaka talablarini belgilash;
xodimlar va ishga da’vogarlarning malakasini aniqlash materiallari va tartibotlarini ishlab chiqish;
respublika, hudud va tarmoq darajalarida, shuningdek, tashkilotlarda kadrlar tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish;
malakalarni rivojlantirish monitoringini va statistik tahlilni amalga oshirish uchun imkon yaratadi.
2-bob. Milliy malakalar ramkasining tuzilishi
5. Milliy malakalar ramkasi Yevropa malakalar ramkasiga va O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga mos bo‘lgan sakkizta malaka darajasini, shuningdek, mos malakalar darajalariga erishishning asosiy yo‘llarini ilovaga muvofiq o‘z ichiga olgan.
6. Milliy malakalar ramkasi jadval ko‘rinishidagi konstruksiya bo‘lib, unda har bir malaka darajasi bo‘yicha kasb faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan bilimlar, mahorat va ko‘nikma, shaxsiy va kasbiy kompetensiyalar, shuningdek, tegishli malaka darajasini egallash yo‘llari belgilanadi, aynan:
1) bilimlar — kasbiy faoliyatning quyidagi xususiyatlarini aks ettiradi:
a) foydalanilayotgan axborotning hajmi va murakkabligi;
b) bilimlarning innovatsiyaviyligi;
v) nazariy va amaliy bilimlar nisbati.
2) mahorat va ko‘nikmalar — quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:
a) kasb vazifalarini bajarishning variantliligi, vazifalarni hal qilish variantlarini tanlash zarurati va uning yo‘llarini ishlab chiqish;
b) ish holatining noaniqligi va uning rivojlanishini oldindan aniqlash imkoni yo‘qligi;
3) kompetensiyalar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:
a) rahbarlik ostidagi faoliyat;
b) mustaqil ijro intizomi;
v) rahbarlik faoliyati;
g) faoliyat ko‘lami — vakolat va mas’uliyatning kengligi, kasbiy faoliyatdagi mumkin bo‘lgan xatoning oqibatlari;
4) malakani egallash yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan ta’lim darajalari bilan ifodalanadi.
7. Milliy malakalar ramkasi asosida davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari ish beruvchilar birlashmalari bilan hamkorlikda tarmoqlar malaka ramkalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tegishli malaka darajalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi kasb standartlarini ishlab chiqadi.
8. Malaka muayyan ta’lim dasturi va/yoki amaliy tajriba natijasi hisoblanadi. Malakaning o‘zgarishi va darajasining o‘sishi, odatda, tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan muassasalarda malaka oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va qo‘shimcha ta’lim berish tizimining qo‘shimcha o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qitish natijasi hisoblanadi.
Ta’lim va o‘qitishning turli ko‘rinishlari tarmoqlar, malakalar tizimlarida hisobga olinadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
9. Zarur bo‘lganda Milliy malakalar ramkasiga, uning amalda qo‘llanish tajribasidan kelib chiqib, o‘zgarishlar kiritiladi.
10. Milliy malakalar ramkasiga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va shunday tajriba to‘plangan boshqa mamlakatlar ramkalari tuzilmalariga xos bo‘lgan quyidagi tamoyillar asos qilib olinadi:
malakalar darajalarining quyidan yuqoriga rivojlanishining uzluksizligi va izchilligi;
malakalar darajalari tavsifining barcha foydalanuvchilar uchun shaffofligi;
malakalar darajalari iyerarxiyasining mehnat taqsimoti tuzilmasiga va milliy ta’lim tizimiga mosligi;
Milliy malakalar ramkasi tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqishda jahon tajribasi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasiga
ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MALAKALAR RAMKASI


Download 431.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling